“Eng yaxshi dars ishlanma” ko‘rik-tanlovining ahamiyati xususida

  O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2015-yil 31-oktabrdagi 6-sonli Hay`at qarori hamda Xalq ta`limi vazirligining 2015-yil 30-dekabrdagi 343-sonli  hamda viloyat xalq ta`limi boshqarmasining 2016-yil 11-yanvardagi 7-sonli buyruqlari ijrosini ta`minlash, o‘qituvchilar orasida ilg‘or, tashabbuskor,ijodkor, fidoyi, kompetentli, yoshlarni barkamol qilib tarbiyalayotgan, ta`lim-tarbiya jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanib, ijobiy natijalarga erishayotgan o‘quvchilarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va ijodiy izlanishlarini rivojlantirish va tajribalarini hamda dars ishlanmalarini jamoatchilik orasida ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan "Eng yaxshi dars ishlanma” ko‘rik tanlovi bizning 11-DIUMning  barcha pedagog xodimlar uchun qizg‘in jarayon kasb etdi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki tanlov Nizomi e`lon qilingan kundan e`tiboran har bir  o‘qituvchi kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda tanlovga qatnashish istagi borligini ma`lum qildi va o‘zlarining ko‘p yillik tajribalarni ishga solib, bor mahoratini namoyon etdilar.Dastlab,maktabimizning inoq pedagogik jamoasi  ko‘rik-tanlov Nizomi bilan yaqindan tanishib, uning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari nimadan iborat ekanligi xususida o‘zaro fikr almashdilar.Bu jarayonga  O‘IBDO‘  Mavjuda Usmonova bosh bo‘lib, barcha pedagog xodimlarga o‘zining fikr-mulohazalarini tavsiya etib, yaqindan ko‘maklashib turdi.Pedagoglarning o‘zaro bir-birlarini qiziqtirgan muammolariga shu yerning o‘zida yechim topilib, ko‘rsatmalar berib borildi.
  Ko‘rik-tanlov shartlariga ko‘ra, har bir pedagogning  mualliflik huquqi saqlanib, ish yuzasidan tekshiruv jarayoni do‘stona muhitda amalga oshirilishi,hech qanday soxtalikka yo‘l qo‘yilmasligi, ish biron manbadan ko‘chirma bo‘lmasligi, adabiyotlar  ro‘yxati aniq ko‘rsatilishi, qisqa annotatsiya yozilishi va dars ishlanmaning umumiy hajmi 6 sahifadan oshmasligi, shuningdek, 2016-yilning 10-martiga qadar belgilangan saytga yuklatilishi nazarda tutilgan edi.Tanlovning birinchi bosqichida har bir fan yo‘nalishidan viloyat miqiyosida eng yaxshi deb topilgan 5 tadan dars ishlanma tanlab olindi. Mana shu tanlab olingan  ishlar ikkinchi bosqichda Respublika miqiyosida  tahlil qilinib, tanlab olindi.”Eng yaxshi dars ishlanma” deb topilgan ishlar qatorida maktabizning o‘qituvchilari borligi pedagoglarimiz jamoasiga xursandchilik ulashdi. Jumladan: geografiya fani bo‘yicha Abdiyev Rustam hamda  boshlang‘ich ta`lim yo‘nalishi bo‘yicha Azimov Asqar faxrli 1-o‘rinni, biologiya fani bo‘yicha Nosirova Lobar 2-o‘rinni, jismoniy tarbiya fanidan Shodiyeva Munojot 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Ushbu g‘alabalar maktab jamoasiga ko‘tarinki ruh bag‘ishladi. Shu kabi tanlovlarga zo‘r ishtiyoq bilan ishtirok etish ko‘nikmalari shakllandi. Bu esa maktabimiz jamoasining yana bir ulkan  yutug‘i desak, aslo, yanglishmagan bo‘lamiz.    
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Kamola ULUG`MURODOVA
10-06-2016, 10:03
Ortga qaytish