(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » Matonatga qo'yilgan haykal

Matonatga qo'yilgan haykal

  • 28-04-2017, 08:43
  • ziyo11
  •  
  • 1474
  •  
  •  

Biz o'tmishni yodga olish zarurati haqida so'z yuritganimizda, ko'pincha orida qolgan qiyinchiliklar, saboqlami xotirlashni nazarda tutamiz. Lekin masalaning boshqa tomoni ham bor. Kechagi kunlar xususida fikrlaganda, ajdodlarimizning ezgu ishlari, yorug' niyatlarini ham ko'nglimizdan o'tkazamiz. Birinchi Prezidentimizning "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" degan so'zlarida juda katta ma'no borligiga yana bir karra imon keltiramiz. Xuddi shuningdek, har yili mustaqillik shodiyonasini nishonlashdan oldin erta tongda "Shahidlar xotirasi"ni ziyorat qilish, marhumlar haqiga duoi fotiha o'qish an'anasi o'zbekning azaliy qadriyatiga qanchalik yarashganini dildan his etamiz.

Islom Karimov Mustaqillik maydonini o'zbekning eng aziz va jozibador go'shasiga aylantirish uchun, avvalo, "Motamsaro ona" haykali timsolida "Xotira maydoni"ni barpo etganligida ham yuqoridagi hikmiat asos bo'lgan bo'lsa, ne ajab?! Zotan, o'zligini unutmagan inson hayotining eng quvonchli damlarida ham o'zidan oldin o'tganlarni, aynan unga ezgulik tilagan ajdodlami shukronalik bilan yodga oladi, ruhini shod etadi. Shundan keyingina unga bayram tatiydi. 
"Xotira maydoni"ga kelgan o'zbekistonlik turli millat farzandlari shu "Motamsaro ona" siymosida o'z volidasini ko'rganda, bugungi avlodlarimiz avvalgi "Noma'lum soldai" obidasi o'rnida nomlari aniq bitilgan urush qurbonlarining o'chmas bitiklari oldida ko'zga yosh olib Yurtboshiga minnatdorchilik bildirganlarida, bu savobli ishning bahosini hech bir mezonda o'lchab bo'lmasligiga iqror bo'lasiz. "Sen doim qalbimdasan, jigarim!" degan ona so'zlariga javoban: "Men ham onajonimni umrbod unutmayman" degan kalom aks-sado berganiga ishongingiz keladi.
O'tgan yil bahorda qiziq bir holat yuz berdi. Yurtimizga Koreya Prezidenti tashrif buyurishi arafasida ishchi guruhi tarkibida kelgan bir hamkasbimiz bilan suhbatda bo'ldik. Mehmon Toshkentning chinakam go'zalligiga qoyil qolganini aytdi. Gap orasida so'rab qoldi:
- Mustaqillik maydonidagi "Motamsaro ona"ning ismlari kim? Qaysi viloyatda tug'ilgan? Men bir lahza jim qoidim. Xalqimiz tarixini to'liq bilmagan odam shunday savol berishi tabiiy, albatta. U kishi "Hayotda haykalning asl prototipi bormi?" deb so'rayotgan edi. Men imkon darajasida tushuntirishga harakat qildim:
- Bu haykal ming-minglab o'zbek onalari xotirasiga o'rnatilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida deyarli har bir xonadondan kimdir urushga borgan. O'sha Siz ko'rgan ona yo o'g'lini, yo erini jangdan - Bu haykal ming-minglab o'zbek onalari xotirasiga o'rnatilgan.
Ikkinchi jahon urushi yillarida deyarli har bir xonadondan kimdir urushga borgan. O'sha Siz ko'rgan ona yo o'g'lini, yo yerini jangdan qaytishini kutgan. Umri poyoniga yetganda esa, u kutgan odami kelmasa, bu dunyodan "armon bilan" ketgan.
 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish