(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » Ko'rgazmalilik tamoyillari

Ko'rgazmalilik tamoyillari

  • 21-04-2017, 19:16
  • ziyo11
  •  
  • 1573
  •  
  •  
Zamonaviy didaktikada o‘qitishning ko‘rgazmalilik tamoyili – o`qitish jarayonida  mavzuni yoritish uchun turli tuman mos ko`rgazma vositalardan foydalanishdir. 

Olimlarning o‘tkazgan tadqiqotlari natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki o‘quvchilarning ma’lumotlarni qabul qilish va o‘zlashtirish darajasi quyidagicha ekan:
  • Matnni o‘qiganda - 10 %
  • Eshitishda - 20 %
  • Ko`rishda - 30 %
  • Ko`rib-eshitishda - 50 %
  • Boshqalar bilan muloqot qilganda - 70 %
  • O‘z boshidan o‘tkazganda - 80 %
  • Boshqalarga o‘rgatganda - 95 %
Maktablarda asosan "Boshqalar bilan muloqot qilganda” va undan keyingilaridan foydalanilmagani sababli eng yuqori o‘zlashtirish "Ko`rib-eshitishda” bo‘lganligidan darslarni ko`rgazmali shaklda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir.

Ko`rgazma vositalarining yangi funksiyasi - o`quvchilarning tushunish faoliyatini boshqarish deb aytish mumkin. Ko`rgazmali vositalar yordamida o`quvchilarni  olgan bilimlarini umumlashtirishga va ularni  kerakli yerda tatbiq etishga o`rgatish mumkin.

Demak, ko`rgazma vositalardan foydalanishning  talablaridan biri  ularning didaktik va tarbiyaviy imkoniyatlarini tatbiq etishdir.    
  
Ko`rgazmalilik shakllaridan foydalanish nafaqat matnli ma’lumotlarni to`ldiradi, balki ularning o`zi ham ma’lumot tashuvchi bo`lib, o`quvchining fikrlash faolligi darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Tasviriy (rasm, fotoportret, fotoreproduksiyalar, tabiat manzarali suratlar, arxitektura va boshqa atrof-muhitning fototasvirlari) va  shartli-grafik (jadvallar, sxemalar, blok-sxemalar, grafik chizmalar, diagrammalar, kartalar, kartasxemalar va boshqalar) ko`rgazmali vositalar va zamonaviy multimediya dasturlar (audio va videofragmentlar, animatsiya), kitoblar va elektron kitoblar uchun ham yaxshi natija beruvchi didaktik vositalar sanaladi, hamda  o`quvchilarning intellektual ong faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. 

Ko`rgazmali materiallar turlarini va ularning hajmini qanday tamoyilga asoslanib tanlanadi? Bu savolga quyida javob olish mumkin. 

Tajribalarning ko`rsatishicha ko`pincha illyustrativ ma’lumotlar quyidagi holatlarda ishatiladi:
  • o`quv materiallarining tushunilishi qiyin bo`lgan, qo`shimcha  ko`rgazmali tushuntirish talab etiladigan joylarda;
  • biror bir bo`lim bo`yicha fikrlarni umumlashtirish, bo`lim mazmunini tizimlashtirish (modul, mavzu yoki paragraf yakunida) maqsadida, o`quv materiallarini umumiy jonlantirish va motivatsiyani kuchaytirish maqsadida;
  • Ko`rgazmali materiallar hajmi o`quv materiallari mazmuni va o`quvchilar  yoshining psixologik o`ziga xosligiga qarab olinadi. 
Pedagogik psixologiya tadqiqotlariga ko`ra bilimni shakllantirishda ko`rgazmali vositalarning hissasi quyidagicha:
  • matn - 25-30 % gacha,
  • ko‘rgazmali material  - 10-15 % gacha,
  • amaliy mashg`ulotlar va treninglar - 35 % gacha,
  • o`qitishning to`g`ri tanlangan uslubi va vositalari - 25 % gacha,
  • testlar - 5 % gacha

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish