(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » Izlanishlar samarasi va natijalar...

Izlanishlar samarasi va natijalar...

  • 8-04-2017, 17:48
  • ziyo11
  •  
  • 1855
  •  
  •  

2014-yil maktab "Eng obod ta’lim muassasasi” va  www.11-maktab.uz veb-sayti "Yilning eng yaxshi maktab veb-sayti” ko’rik-tanlovlari 1-o’rin sovrindori.


Maktab kompleks reyting ko’rsatkichlar natijalariga ko’ra, Respublikada:          
  • 2011-yil I o’rin
  • 2012-yil I o’rin
  • 2013-yil I o’rin
  • 2014-yil I o’rin 
  • 2015-yil I o’rin
  • 2016-yil I o’rin
O’qituvchilar soni:  164  nafar 
Jumladan:  Toifasiga ko’ra: 
oliy toifali: 27 nafar 
1-toifali:    35 nafar 
2-toifali:    73 nafar 
Mutaxassis: 35 nafar
  • Davlat mukofoti sovrindorlari - 2 nafar 
  • "Xalq ta’limi a’lochisi” ko’krak-nishoni sovrindorlari– 32 nafar
  • Ilg`or pedagogik ish tajribani Respublika miqyosida ommalashtirilishi – 17 nafar 
  • Go’zal Jumaniyozova (Dilso’z) 2007-yil maktab bitiruvchisi. 2013-yil estrada yo’nalishi bo’yicha "Nihol” Davlat mukofoti sovrindori.
  • To’ymurodova Nigora 2011-yil maktab bitiruvchisi. 2013-yil Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.
"Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi sovrindorlari:
  • 2012-yil Abdiyev Rustam  (geografiya, 1-o’rin) 
  • 2013-yil Jumayev Samar   (fizika, 1-o’rin)
  • 2013-yil Salohiddinova Shoira (tarix, 3-o’rin)
  • 2014-yil Turayev Jo’rabek (ingliz tili, faol ishtirokchi)
  • 2015-yil Norbo’tayev Sardor (tarix, 1-o’rin)
  • 2015-yil Hakimov Firuz (fizika, 1-o’rin)
  • 2016-yil Azimov Asqar (Boshlang`ich ta’lim, 2-o’rin)
  • 2016-yil Sharipova Dildora (Biologiya, 2-o’rin)
  • 2016-yil Rajabova Komila (Ona tili va adabiyot 3-o’rin)
  • 2014-yil "Prezident asarlarini o’rganamiz” ko’rik-tanlovi Respublika bosqichida 2013 yil 9 sinf o’quvchisi Ibodullayev Ilhom 1 o’rin, 9-sinf o’quvchisi Xudoyqulova Sabina oliy o’rin sovrindori.
  • 2014-yil 9-sinf o’quvchisi Bobonazarova Mahdiya "Jaholatga qarshi ma’rifat” ko’rik tanlov viloyat bosqichi g`olibi.
  • 2014-yil 5-sinf o’quvchisi Jo’rabekova Iroda va 6-sinf o’quvchisi Rahmonov Abbos "Kamalak yulduzlari” ko’rik-tanlovining Respublika bosqichi g`olibi.
  • 2014-yil 9-sinf o’quvchisi Qarshiboyev Sunnat "Yilning eng yaxshi o’quvchi veb sayti” ko’rik-tanlovi Respublika bosqichi sovrindori.
  • 2015-yil geografiya fani o’qituvchisi Abdiyev Rustam http://.geografiya.uz veb-sayti bilan Respublika miqyosida Xalq ta’limi tizimida o’tkazilgan "Yilning eng yaxshi veb-saytlar” ko’rik-tanlovi Respublika bosqichi 2-o’rin sovrindori.
  • 2015-yil 3-sinf o’quvchisi Fayzullayeva Madina Chimkent shahrida badiiy gimnastika bo’yicha o’tkazilgan Xalqaro musobaqa 1-o’rin sovrindori. 
  • 2015-yil O’zbekiston xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan o’tkazilgan "Xotin-qizlar qo’mitasining eng namunali boshlang`ich tashkiloti” ko’rik-tanlovida maktab xotin-qizlar qo’mitasi raisi Nuriddinova Gulzoda Respublika bosqichi g`olibi 
  • 2015-yil 9-sinf o’quvchisi Norqulova Dinara Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasi tomonidan o’tkazilgan "Tinglab tushunish” musobaqasining Respublika bosqichi g`olibi. 
  • 2015-yil Azimova Vazira Oqiljonovna Xalq ta’limi vazirligi va Britaniya konsulligi hamkorligida tashkil etilgan «Yilning eng yaxshi ingliz tili o’qituvchisi» ko’rik-tanlovi g`olibi, 2016-yil yanvar oyida Buyuk Britaniya «St.Mark & St.John» universitetida  tajriba almashib qaytdi.
  • 2016-yil "Eng yaxshi dars ishlanmasi” ko’rik-tanlovi Respublika bosqichida geografiya fani o’qituvchisi Abdiyev Rustam va boshlang`ich ta’lim o’qituvchisi Azimov Asqarlar 1-o’rinni, biologiya fani o’qituvchisi Nosirova Lobar 2-o’rinni va jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Shodiyeva Munojot 3-o’rinni egalladi.
  • 2016-yil "Eng yaxshi fan kabineti mudiri” ko’rik-tanlovi viloyat bosqichida biologiya kabineti mudiri Nosirova Lobar va kimyo kabineti mudiri Jalilova Irodalar 1-o’rin sovrindori.
  • 2016-yil "Polvonlaringizni bilasizmi?” Respublika ko’rik-tanlovida maktab jamoasi faxrli 3-o’rinni egalladi.
  • 2016-yil maktabning geografiya fani o’qituvchisi Abdiyev Rustam O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan o’tkazilgan «Yangi internet tashabbusi» ko’rik-tanlovi g`olibi.
  • 2016-yil "Kamolot” YoIH tomonidan o’tkazilgan "Kamalak yulduzlari” Respublika bolalar festivalining Respublika bosqichida 8-sinf o’quvchisi Tohirova Mohinabonu "Ijod” yo’nalishi bo’yicha 1-o’rin sovrindori.
  • 2017-yil Xalq ta’limi vazirligi va Britaniya konsulligi hamkorligida tashkil etilgan «Yilning eng yaxshi ingliz tili o’qituvchisi» ko’rik-tanlovida  ingliz tili fani o’qituvchisi Axmedov Axad faol ishtirok etganligi uchun Buyuk Britaniyaning nufuzli o’quv yurtida malaka oshirib keldi.
  • 2017-yil fevral oyida "Kamolot” YoIH  Respublika Kengashi tomonidan o’tkazilgan "Zukko kitobxon” intellektual o’qinida maktab jamoasi   1-darajali diplom va 600 ming so’m miqdordagi kitoblar jamlanmasini qo’lga kiritdi.
  • 2017-yil Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil qilingan "Jannat onalar oyog`i ostidadir” mavzusida o’tkazilgan rasmlar va she’rlar tanlovida 7-sinf o’quvchilari Alimov Alisher va Imomova Muxlisalar munosib taqdirlandi.
  • 2017-yil fan olimpiadasining viloyat bosqichida maktabning 11 nafar 9-sinf o’quvchisi sovrinli o’rinni egallab, umumjamoa hisobida 1-o’rinni egalladi. 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish