(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » Is gazidan ehtiyot boling!

Is gazidan ehtiyot boling!

  • 11-03-2017, 20:10
  • ziyo11
  •  
  • 1432
  •  
  •  
Statistik malumotlarga kora, respublikada songi uch yil ichida kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bolgayotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bogliq. Malumki is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng kop uchraydigan zaharli birikma bolib, tabiiy gaz, yoqilgi, komir, otin choglari toliq yonmasligi oqibatida hosil boladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi boladi.

Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi boyalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning toliq yonmasligi natijasida zaharlanish mumkin.

Is gazi organizmga nafas azolari orqali tasir etadi. Ushbu gaz gemoglobin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma -  karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning toqimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, ogir xolatlarda esa  - anoksiyaga olib kelishi xamda shu tariqa inson hayotdan koz yumishi mumkin.

Tahlillarga kora, is gazidan zaharlanish holatlarining aksariyati quyidagi sabablarga kora yuzaga kelmoqda:
  • fuqarolar tomonidan gaz va muqobil yoqilgi (komir, otin va boshqa) turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya etmaslik;
  • nostandart (qolbola yasalgan) yoki sertifikatga ega bolmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanish;
  • isitish pechlarining dudburonlarini notogri ornatish;
  • gaz yoki boshqa muqobil yoqilgiga moslashtirilgan isitish pechlari (anjomlari)ni dam olish (uxlash) xonalariga olib kirish;
  • havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olov (komir va otin choglari)dan foydalanish;
  • havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib (tosib) qoyish.
Yuqorida korsatib otilgan sabablarga kora isitish uchun foydalanilayotgan yoqilgi (gaz, komir, otin va boshqa)ni chala yonishi natijasida is gazi hosil boladi.

Yuqoridagi sabablarni kelib chiqishiga yol qoymang. Is gazidan zaharlanishdan ogoh boling!

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish