(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » Eng yaxshi dars ishlanma korik-tanlovining ahamiyati xususida

Eng yaxshi dars ishlanma korik-tanlovining ahamiyati xususida

  • 10-06-2016, 10:03
  • ziyo11
  •  
  • 2177
  •  
  •  
  Ozbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining 2015-yil 31-oktabrdagi 6-sonli Hay`at qarori hamda Xalq ta`limi vazirligining 2015-yil 30-dekabrdagi 343-sonli  hamda viloyat xalq ta`limi boshqarmasining 2016-yil 11-yanvardagi 7-sonli buyruqlari ijrosini ta`minlash, oqituvchilar orasida ilgor, tashabbuskor,ijodkor, fidoyi, kompetentli, yoshlarni barkamol qilib tarbiyalayotgan, ta`lim-tarbiya jarayonida ilgor pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanib, ijobiy natijalarga erishayotgan oquvchilarning faolligini oshirish, ularni qollab-quvvatlash va ijodiy izlanishlarini rivojlantirish va tajribalarini hamda dars ishlanmalarini jamoatchilik orasida ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan "Eng yaxshi dars ishlanma korik tanlovi bizning 11-DIUMning  barcha pedagog xodimlar uchun qizgin jarayon kasb etdi desak, mubolaga bolmaydi. Chunki tanlov Nizomi e`lon qilingan kundan e`tiboran har bir  oqituvchi kasbiy mahoratidan kelib chiqqan holda tanlovga qatnashish istagi borligini ma`lum qildi va ozlarining kop yillik tajribalarni ishga solib, bor mahoratini namoyon etdilar.Dastlab,maktabimizning inoq pedagogik jamoasi  korik-tanlov Nizomi bilan yaqindan tanishib, uning dolzarbligi, maqsadi va vazifalari nimadan iborat ekanligi xususida ozaro fikr almashdilar.Bu jarayonga  OIBDO  Mavjuda Usmonova bosh bolib, barcha pedagog xodimlarga ozining fikr-mulohazalarini tavsiya etib, yaqindan komaklashib turdi.Pedagoglarning ozaro bir-birlarini qiziqtirgan muammolariga shu yerning ozida yechim topilib, korsatmalar berib borildi.
  Korik-tanlov shartlariga kora, har bir pedagogning  mualliflik huquqi saqlanib, ish yuzasidan tekshiruv jarayoni dostona muhitda amalga oshirilishi,hech qanday soxtalikka yol qoyilmasligi, ish biron manbadan kochirma bolmasligi, adabiyotlar  royxati aniq korsatilishi, qisqa annotatsiya yozilishi va dars ishlanmaning umumiy hajmi 6 sahifadan oshmasligi, shuningdek, 2016-yilning 10-martiga qadar belgilangan saytga yuklatilishi nazarda tutilgan edi.Tanlovning birinchi bosqichida har bir fan yonalishidan viloyat miqiyosida eng yaxshi deb topilgan 5 tadan dars ishlanma tanlab olindi. Mana shu tanlab olingan  ishlar ikkinchi bosqichda Respublika miqiyosida  tahlil qilinib, tanlab olindi.Eng yaxshi dars ishlanma deb topilgan ishlar qatorida maktabizning oqituvchilari borligi pedagoglarimiz jamoasiga xursandchilik ulashdi. Jumladan: geografiya fani boyicha Abdiyev Rustam hamda  boshlangich ta`lim yonalishi boyicha Azimov Asqar faxrli 1-orinni, biologiya fani boyicha Nosirova Lobar 2-orinni, jismoniy tarbiya fanidan Shodiyeva Munojot 3-orinni qolga kiritdilar. Ushbu galabalar maktab jamoasiga kotarinki ruh bagishladi. Shu kabi tanlovlarga zor ishtiyoq bilan ishtirok etish konikmalari shakllandi. Bu esa maktabimiz jamoasining yana bir ulkan  yutugi desak, aslo, yanglishmagan bolamiz.    
Ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi
Kamola ULUG`MURODOVA

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish