(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » "Orasta qizlar" to`garagi faoliyatidan ...

"Orasta qizlar" to`garagi faoliyatidan ...

  • 7-12-2015, 13:35
  • ziyo11
  •  
  • 2121
  •  
  •  
  Maktabimizga 2015-yil 1-dekabr kuni Ozbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o`rinbosari, Respublika Xotin-qizlar  qomitasi raisi E.E.Basitxanova  tashrif buyurdi. Maktabning "Orasta qizlar togaragi faoliyati bilan  tanishib, maktabning faollar zalida oquvchi qizlar bilan suhbatlashdi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23 yilligi  bayrami bilan tabriklab, asosiy qonunimiz Konstitutsiyada mustahkamlangan   Xotin-qizlarning huquq va erkinliklari  va bugungi kunda yoshlarga beriladigan keng imkoniyatlar  haqida gapirdi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18, 45-moddasida  nazarda tutilgan ayollaring jamiyatdagi orni, teng huquqliligi haqida toxtalar ekan, Ozbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi deputatlarining 50 nafaridan ortig`ini ayollar tashkil etishi va hozirgi kunda davlat ishlarini boshqarishda ayollarimizning orni va faoliyati haqida toxtaldi. Davlatimiz rahbarining 2015-yilning 26-noyabr kuni Namangan viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida sozlagan nutqi haqida  gapirdi. Erta turmushning oldini olish, qizlarning hayotga jismoniy va manaviy tayyorlash masalasi, yuksak manaviyatli, jismonan baquvvat qizlarni  tarbiyalash,ularning bosh vaqtlarini unumli otkazish hamda hayotiy konikmalarni oshirish, jismoniy va psixologik  salomatligini mustahkamlashga erishish, mustahkam oila qurishga bolgan ijobiy hamda erta turmushga chiqishning salbiy  oqibatlari  va  oila muqaddasligi, yurt ravnaqi, kelajagimiz  poydevorini mustahkamlash, avvalo,  ayollarning aql-idroki, manaviyatiga bog`liqligiga   toxtaldi. Ayol nafaqat inson baxtu-saodati, balki jamiyat taraqqiyoti, yurt farovonligi bilan har jihatdan  chambarchas bog`lanib ketgan tushunchadir. Mustaqillik bergan nematlar ichida eng aziz va eng bebahosi bolmish ona va bola salomatligi xususida qayg`urish, "Orasta qizlar togaragi faoliyati  masalasi hukumat siyosatining ustuvor yonalishlari qatoridan orin olganligiga toxtalib oz fikr mulohazalarini bildirdi. 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish