(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » MUHAMMAD YUSUF ERK KUYCHISI

MUHAMMAD YUSUF ERK KUYCHISI

  • 4-04-2014, 17:35
  • rustam
  •  
  • 3348
  •  
  •  

MUHAMMAD YUSUF  ERK KUYCHISIMUHAMMAD YUSUF – ERK KUYCHISI

O, ota makonim,

Onajon o‘lkam,

O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga.

Senday mehribon yo‘q,

Seningdek ko‘rkam,

Rimni alishmasman bedapoyangga.

O‘zbek adabiyoti go‘zal bir chamanzorki, un­da gul ko‘p, chechaklar bisyor. Bu bo‘s­tonda bir-biriga o‘xshamaydigan, bir-birini tak­rorlamaydigan dilbar shoirlarning qalb tuhfasi bo‘lmish she`rlari ifor yanglig‘ tara­ladi.

Xalq dardini baralla  aytgan, yurtga muhab­batini betakror misralar bilan ta`rif eta olgan ijodkor, xalqimizning ardoqli farzandi, O‘zbe­kiston xalq shoiri Muhammad Yusuf mislsiz iste`dod sohibi edi. O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafuddinov Muhammad Yusufga shunday ta`rif bergan edilar: "Muhammadjon kamdan-kam tug‘iladigan iste`dod egasi bo‘­lish bilan birga, kamdan-kam shoirda uchray­digan xislat egasi – shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning emas, shuhrat uning ortidan quvib yurardi".

Yurtimizning istiqlolga yuz tutgani shoir ijo­dida tub burilish yasadi, yangi ufqlarni ochdi. Muhammad Yusufning millat va yurt istiqboli sha­rafiga bitgan go‘zal she`rlari samimiyligi va soddaligi, badiiy mukammalligi bilan millionlab insonlar qalbida aks sado berdi. Uning  "Vata­nim" she`ri chinakam she`riyat yurtni qanday kuylamog‘i lozimligini isbotlagan shoh asar bo‘lib qoldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Menimcha, shoirning bu she`ri matni asosida yaratilgan qo‘shiqni eshitmagan, zavq ila ting­lamagan inson topilmasa kerak.

Aslini olganda, moziyda yuz bergan voqealarni eslab, ulug‘ ajdodlarimiz nomini birma-bir sanab, ularga hamd-u sanolar  aytish tarzida yozil­gan she`rlar nihoyatda ko‘p. Ularning deyarli barchasida Manguberdi, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur, Cho‘lpon, Fitratlar tilga olinadi, hammaga ma`lum shoirona ta`riflar bilan ulug‘lanadi. Tan olish kerak, biroq ularning hammasi ham Muhammad Yusuf  ijodi singari mashhur bo‘la olmadi.

Shoir  Vatandan tuygan mehrini ona mehriga qiyos etadi. Agar yurt "o‘g‘lim" desa, har qanday qiyinchilikka tayyorligini aytadi, "padar­kushdan pana qilib Ulug‘bekni quchgisi" keladi. Bobur, Alisher Navoiy, Ulug‘bek kabi ismlar bag‘rida xalq, millat fazi­latlarini mujassam qilib, xalq tarixini, uning eng achchiq va zafarli kunlarini ko‘z o‘ngidan birma-bir o‘tkazadi. U mustaqil Vatanni qutlar ekan, haqli ra­vishda xalq nomidan tashakkur bildiradi.

Ha, Muhammad Yusuf chinakam xalqparvar, yurtsevar shoir edi. Uning zavol bilmas she`riyatini mukammal o‘r­ganish, yod olish biz o‘quvchilarning burchimiz sanaladi.

 

Aziz tengdoshim, biz ham shoir yozishga ulgura olmagan  she`r-u dos­tonlarni yozib, she`riyatning nurli yo‘lida Muhammad Yusuf ijodining davomchisi bo‘laylik, uning pok ruhini shod aylaylik!  

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish