(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » Boshlang`ich sinflarda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash mavzusida viloyat seminari

Boshlang`ich sinflarda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash mavzusida viloyat seminari

  • 24-12-2014, 17:06
  • rustam
  •  
  • 5043
  •  
  •  

Boshlang`ich sinflarda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash mavzusida viloyat seminariMamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so`ng bir qancha islohotlar amalga oshirildiki, ularning sarhisobi esa bugungi kunda yaqqol ko`rinib , yuksalib bormoqda. Prezidentimiz I.A.Karimovning : "Farzandlarimiz bizning kelajagimiz. Xalqimiz ertasining qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq -deya ta`kidlagan fikrlari o`qituvchilar zimmasiga katta ma`suliyat yukladi. Yurtimiz ravnaqi uchun o`zining ijobiy ishlari va yuqori bilim salohiyati bilan hissa qo`sha oladigan yoshlarni voyaga yetkazish har bir pedagog oldida turgan asosiy maqsadlardan biridir.

Bu borada viloyatimizda ham bir qancha samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy shahridagi 11-DIUMda "Boshlang`ich sinflarda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash mavzusida viloyat seminari bo`lib o`tdi. Har bir fandan o`tkazilgan ochiq darslar bir birini takrorlamasligi bilan, interfaol metodlar va zamonaviy texnika vositalaridan foydalanib o`tilgan darslar seminar qatnashchilariga katta taassurot qoldirdi. Tajribali o`qituvchilar qatorida yosh o`qituvchilar ham o`zlariga berilgan ochiq darslarni mahorat bilan ko`rsatib berdilar. Ayniqsa o`qituvchilardan Husainova Muborak, Nurova Mohira, Berdiyeva Risolat, Adizova Ulbosh, Kenjayeva Shahlo, Kamolova Nilufar, Azimov Asqar, Imomova Dilora, Radjabova Gulnoz tomonidan o`tkazilgan dars va tadbirlar ushbu talim muasssasidagi kadrlar salohiyati va o`quvchilar bilimining yuqori saviyada ekanligidan dalolat beradi. O`quv amaliy seminar dastur asosida ko`tarinki ruhda o`tdi. Misol tariqasida ulardan lavhalar keltiramiz.Boshlang`ich sinflarda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash mavzusida viloyat seminari
Boshlang`ich sinflarda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash mavzusida viloyat seminari
Boshlang`ich sinflarda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash mavzusida viloyat seminari
Boshlang`ich sinflarda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash mavzusida viloyat seminari
Boshlang`ich sinflarda iqtidorli o`quvchilar bilan ishlash mavzusida viloyat seminari"Har bir o`qituvchi o`z darslarini  zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etishdi. Dars  jarayonlarini kuzatar ekanmiz o`quv fanini o`zlashtirmoqchi bo`lgan o`quvchining kayfiyati, qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkuri, aqliy va kasbiy qobiliyatlari rivojlannayotganligini guvohi bo`ldik.  Men ishonamanki , zamonaviy bilimlar sari keng yo`l ochish mana shu maktabning yutug`idir- dedi VXTB boshlang`ich ta`lim metodisti Rahmonova Shahlo.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, seminar ta`lim sohasini isloh qilish dasturi maktabda to`g`ri yo`lga qo`yilganligidan, o`quvchilar bilimi DTS talablari asosida ekanligidan dalolat beradi.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish