(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » Maktabning mo`tabar ayoli

Maktabning mo`tabar ayoli

  • 7-03-2019, 14:26
  • ziyo11
  •  
  • 115
  •  
  •  

 

 
6-mart kuni Navoiy viloyati Xotin-qizlar qo`mitasi tomonidan Jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko`rsatgan, o`zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishi va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo`shgan maktabimiz direktori Djumaniyazova Gulnora Erkinovna xotin-qizlar ilk bor "Mo`tabar ayol ko`krak nishoni bilan taqdirlandi.
 
Prezidentimiz Farmoni bilan ta`sis etilgan mazkur ko`krak nishoni bilan taqdirlash uchun Respublika komissiyasiga 684 ta hujjat taqdim etilgan. Respublika darajasidagi idora va tashkilotlardan 103 ta hujjat qabul qilib olingan.

Ular barcha sohalarda yetakchi, matonatli, fidoyi va e`tirof nomiga munosib mo`tabar ayollarimizdir.

Ko`krak-nishoni bilan mukofotlanganlarga eng kam oylik ish haqining to`rt baravari miqdorida biryo`la to`lanadigan pul mukofoti topshirilgan.

Maktab jamoasi direktorimiz Djumaniyazova Gulnora Erkinovnani "Mo`tabar ayol" ko`krak-nishoni sovrindori bo`lgani bilan tabriklaymiz. 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish