
Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim
maktab bitiruvchi o`quvchilari bilan yil
davomida har oyda reja asosida testlar so`rovlar, davra suhbatlar o`tkazilib
boriladi. Bular: "Qiziqishlar xaritasi”, "Kasb tanlash motivlari”,
"Differensial diagnostik so`rovnoma”, "Shaxs tiplari va ularga mos kasblarni
aniqlash”, "Kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatlarini aniqlash” kabi
metodikalardan iborat. Bundan tashqari o`quvchilar o`rtasida "Men tanlagan
kasb”, "Kasbim faxrim” mavzularida insholar tanlovi, turli kasb egalari bilan
uchrashuvlar, "Kasblar olamiga sayohat” mavzusida ko`rgazmalar, akademik litsey
va kasb-hunar kollejlariga va shahar
hududidagi ishlab chiqarish korxonalariga sayohatlar reja asosida uyushtirib
boriladi.