(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » GEOGRAFIYA fanidan test savollari. 8-Sinf

GEOGRAFIYA fanidan test savollari. 8-Sinf

  • 14-05-2014, 01:23
  • admin1
  •  
  • 16450
  •  
  •  
GEOGRAFIYA fanidan test savollari. 8-Sinf 
 
8-Sinf uchun GEOGRAFIYA fanidan test savollari

1.Milliy iqtisodning ikki muhim sohasi va ayni vaqtda manbaini belgilang?
A) Moddiy ishlab chiqarish sohasi
B) Qishloq xo`jaligi
C) Sog`liqni saqlash
D) Moddiy ishlab chiqarish va moddiy ne`mat ishlab chiqarmaydigan sohalar
 
 
2.Quyidagi tarmoqlardan qaysi biri moddiy ne`mat yaratmaydigan sohaga kirmaydi?
A) Fan       B) Ta`lim      C) Sog`liqni saqlash     D) yo`llarni ta`mirlash
 
3. Ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi nima?
A) Asosan bir xil mahsulot ishlab chiqarisni tashkillashtirish
B) Korxonaning turi
C) Mo`l ko`l mahsulot ishlab chiqarish
D) Ishlab chiqarish vositalaridan samarali foydalanish
 
 
4. Ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to`planishi nimaning oqibati?
A) Ishlab chiqarishning markazlashuvi
B) Ishlab chiqarishdagi raqobatning
C) Fan va texnika taraqqiyotining
D) Barcha javoblar to`g`ri
 
 
5. Korxonalarning hududiy joylashuvida mustaqillik tufayli qandday jarayon kechmoqda?
A) Ulkan korxonalar barpo etish (gigantamiya)ni susaytirish
B) O`rtacha va kichik korxonalar barpo bo`lishi kuchaydi
C) Qishloq joylarda ham sanoat ob`yektlari barpo qilish
D) Barcha javob to`g`ri
 
 
6. Yoqilg`i sanoatining O`zbekistonda mavjud bo`lmagan tarmoqlarini belgilang?
A) Ko`mir     B) Slanets     C) Neft      D) Torf
 
7. Elektroenergetika sanoatining O`zbekistonda mavjud bo`lmagan tarmoqlarini belgilang?
A) Gidroenergetika     B) IES          C) AES         D) Suv qalqish elektr stansiyalari
 
8. Murakkab mashinasozlik korxonalarining joylashuvida qanday omil ustuvor ahamiyat kasb etadi?
A) mutaxassis kadrlar
B) xomashyo boyliklari
C) yoqilg`i-energiya omili
D) transport omili
 
 
9. Qurilish materiallari korxonalarining joylashuvida qaysi omil ahamiyatsiz sanaladi?
A) xomashyo zahirasi   B) tabiiy sharoit     C) inson omili    D) transport
 
10. Mashinasozlikning milliy iqtisodiyotdagi barcha tarmoqlar bilan muqarrar aloqada bo`lishini nimalar taqozo qilmoqda?
A) Ishlab chiqarishning tobora samarador bo`lishiga ehtiyoj
B) Kishilarni og`ir mehnatdan xalos qilish
C) Kishilarning usluksiz ortib borayotgan ma`naviy ehtiyojini qondirish uchun bo`sh vaqt yaratish zaruriyati
D) javoblarning barchasi to`g`ri
 
 
11. Qishloq xo`jaligi mashinasozlikning asosan qaysi tarmog`iga bog`liq?
A) Stanoksozlik
B) Avtomobilsozlik
C) Uy-ro`zg`or buyumlari ishlab chiqarish
D) Traktorsozlik
 
12. Agrosanoat majmuasini (ASM) rivojlantirish darajasi nimalarda namoyon bo`ladi?
A) ASM tarmoqlararo ishlab chiqarish aloqalarining jadallashuvida
B) Qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari soni ko`payishida
C) Ishlab chiqarish asosiy fanlari salmog`ida
D) javoblarning barchasi to`g`ri
 
 
13. Binokorlik korxonalarining hududiy joylashuvi qanday omillarga bog`liq?
A) xomashyo (manbai) zahirasi va geografik o`rniga
B) binokorlik ishlarining texnik ta`minlanishiga
C) qurilish ishlari ko`lamiga
D) tabiiy sharoitga
E) javoblarning barchasi to`g`ri
 
 
14. Irrigatsiya va melioratsiya mashinasozligining yirik markazi qaysi shaharda joylashgan?
A) Namangan       B) Andijon       C) Toshkent          D) Nukus
 
15. Respublikaning milliy tarkibida o`zbeklar necha foizni tashkil etadi?
A) 50      B) 80     C) 78     D) 83
 
16. Respublikamizdagi neft va gaz konlarining eng ko`pi qayerda joylashgan?
A) Farg`ona vodiysi
B) Buxoro-Xiva oralig`i
C) Ustyurt
D) Surxondaryo
 
17. Intensiv qishloq xo`jaligi deb nimaga aytiladi? 
A) Yalpi qishloq xo`jalik mahsuloti hajmi maydon birligiga agrotexnik vositalardan ko`proq foydalanish hisobiga oshsa
B) Qishloq xo`jaligi mahsulotining hajmi chorva mollarining mahsuldor zotlarini yaratish hisobiga oshsa
C) Qishloq xo`jaligining rivojlanishi sarf qilingan mehnatning miqdoriga ko`ra belgilansa
D) Qishloq xo`jaligining rivojlanishi mehnatning sifatiga, mashina va o`g`itlardan foydalanish darajasiga qarab belgilansa
 
 
18. Ekstensiv qishloq xo`jaligi deb nimaga aytiladi?
A) Yalpi qishloq xo`jalik mahsuloti hajmi maydon birligiga agrotexnik vositalardan ko`proq foydalanish hisobiga oshsa
B) Qishloq xo`jaligi mahsulotining hajmi chorva mollarining mahsuldor zotlarini ko`paytirish hisobiga oshsa
C) Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirish, ekin maydonlarini kengaytirish va chorva mollari sonini oshirish hisobiga ko`paysa
D) Qishloq xo`jaligining rivojlanishi mehnatning sifatiga, mashina va o`g`itlardan foydalanish darajasiga qarab belgilansa
 
 
19. Respublikamizda yagona tamaki yetishtiradigan tumanni belgilang?
A) Denov    B) Urgut    C) Parkent      D) Ishtixon
 
20. Kanop yetishtirishda va uni qayta ishlashda yetakchi viloyatni toping?
A) Samarqand       B) Toshkent      C) Jizzax      D) Surxondaryo
 
21. Quyidagilarning qaysi biri dehqonchilik tarmog`i emas?
A) paxtachilik      B) pillachilik       C) Sholichilik      D) Polizchilik
 
22. Respublikadagi qaysi shaharda atlas ishlab chiqaradigan fabrika bor?
A) Marg`ilon        B) Qo`qon        C) Samarqand        D) Andijon
 
23. Olmaliq tog`-metallurgiya kombinati nima eritishga ixtisoslashgan?
A) Volfram       B) Rux          C) Qo`rg`oshin       D) Mis

24. Bog`dorchilik va uzumchilikning asosiy rayonlari qaysi zonada joylashgan?
A) tog` va cho`l zonasida
B) tog` oldi va tog` zonasida
C) sug`oriladigan yerlar va cho`l zonasida
D) dasht va cho`l zonasida
 
 
25. Respublikamizda kartoshka eng ko`p yetishtiriladigan viloyatni aniqlang?
A) Samarqand      B) Toshkent       C) Jizzix         D) Surxondaryo
 
26. Qorako`l qo`ylari Respublikamizning qaysi viloyatlarida boqiladi?
A) Buxoro, Namangan, Samarqand, Sirdaryo
B) Navoiy, Farg`ona, Buxoro
C) Buxoro, Navoiy, Qoraqalpog`iston
D) Farg`ona, Namangan, Xorazm
 
 
27. O`zbekiston jahonda qaysi tur mineral resurslar bo`yicha yetakchi o`rinlarda turadi?
A) oltin, uran, mis, gaz, volfram
B) oltin, ko`mir, neft, temir, alunit
C) qo`rg`oshin, tuz, marmar, kaolin
D) fosforit, soda, oltingugurt
 
 
28. O`zbekiston siyosiy tuzumiga ko`ra qanday davlat?
A) Prezidentlik Respublikasi
B) Yarim prezidentlik respublikasi
C) Parlamentar Respublika
D) Konstitutsion monarxiya
 
29. Potensial tabiiy resurslar qaysi bandda to`g`ri ko`rsatilgan?
A) foydali qazilmalar
B) chuchuk suv
C) daryo
D) quyosh energiyasi
 
30. Ko`kdumaloq, Polvontosh, Mingbuloqdan nima qazib olinadi?
A) gaz       B) neft        C) mis      D) ko`mir
 
31. O`zbekiston eng uzun masofada qaysi davlat bilan chegaradosh?
A) Turkmaniston     B) Tojikiston     C) Afg`oniston        D) Qozog`iston
 
32. Suv resurslarining asosiy iste`molchisi nima deb o`ylaysiz?
A) sanoat    B) qishloq xo`jaligi     C) maishit xizmat        D) aholi E) chorvachilik
 
33. Cho`llardan qanday maqsadlarda foydalanish imkoniyati bor?
A) chorva va yem-xashak
B) sug`orib dehqonchilik qilish
C) zavod va fabrikalar qurish
D) aholi manzilgohlari qurish
 
 
34. O`zbekistonda aholi zichligi 1 km.km.ga qancha kishiga teng?
A) 59 kishi     B) 26,4 kishi     C) 62 kishi    D) 45 kishi
 
35. Respublikamizning qaysi qismida aholi zichligi eng yuqori?
A) Mirzacho`l    B) Farg`ona vodiysi      C) Qashqadaryo    D) Toshkent
 
36. Mamlakatimizda aholining o`rtacha yoshi necha yoshga teng?
A) 30     B) 24    C) 69    D) 50
 
37. Respublikada aholining eng ko`p qismi qaysi sohada band (27,9%)?
A) sanoatda     B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
C) qurilish       D) savdo
 
 
38. Respublikada aholining 13,5 %i  qaysi sohada band?
A) sanoatda    B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
C) qurilish      D) savdo
 
39. Respublikada aholining 8,5 %i  qaysi sohada band?
A) sanoatda      B) boshqa tashkilotlarda
C) qurilish        D) savdo
 
40. Respublikada aholining 4,9 %i  qaysi sohada band?
A) sanoatda     B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
C) qurilish       D) transport va aloqada
 
41. Respublikada aholining 9,8 %i  qaysi sohada band?
A) sanoatda       B) boshqaruv tashkilotlari
C) qurilish         D) savdo va umumiy ovqatlanishda
 
 
42. Respublikada aholining 3,2 %i  qaysi sohada band?
A) sanoatda        B) sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya
C) qurilish          D) uy-joy kommunal xo`jaligi, maishiy xizmat ko`rsatish
 
 
43. Respublikada aholining 7,5 %i  qaysi sohada band?
A) sanoatda    B) boshqaruv tashkilotlari
C) qurilish      D) sog`liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ijtimoiy ta`minotda
 
 
44. Respublikada aholining 13,8 %i  qaysi sohada band?
A) sanoatda    B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
C) qurilish      D) fan, ta`lim, madaniyat va san`at
 
 
45. Respublikada aholining 1,5 %i  qaysi sohada band?
A) sanoatda    B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
C) qurilish      D) boshqaruv tashkilotlari
 
 
46. Respublikada aholining 9,4 %i  qaysi sohada band?
A) sanoatda       B) qishloq va o`rmon xo`jaligida
C) qurilish         D) boshqa tashkilotlarda
 
 
47. Respublikamizdagi neft va gaz konlarining eng ko`pi qayerda joylashgan?
A) Farg`ona vodiysi       B) Buxoro-Xiva oralig`i
C) Ustyurt                  D) Surxondaryo
 
48. Olmaliqdagi tog`-metallurgiya kombinati nima eritishga ixtisoslashgan?
A) volfram     B) rux     C) qo`rg`oshin     D) mis
 
49. Mamlakat aholi tarkibida nech yoshgacha bo'lgan o'smir va qiz bolalar soni va salmog'i oshmoqda?
A) 14    B) 16    C) 18    D) 20
 
50.  O`zbekistonning rangli metallarga boy joyini belgilang?
A) Qurama tizmasi
B) Chotqol tizmasi
C) Nurota tizmasi
D) Morguzar tizmasi

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish