(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » ONA TILI fanidan TEST savollari. 9-Sinf

ONA TILI fanidan TEST savollari. 9-Sinf

  • 13-05-2014, 13:01
  • admin1
  •  
  • 11773
  •  
  •  

ONA TILI fanidan TEST savollari. 9-Sinf 


9-Sinf uchun ONA TILI fanidan test savollari

1. N. Rabg`uziyning "Qissasi Rabg`uziy” asari necha qissadan iborat va qissalarning asosiy qismi kimlar haqida?
a) Mavlono Faxriddin, Nuh, Iso, Muso, 93 qissadan
b) Muhammad, Sulaymon, Boysung`ir Mirzo, 70 qissadan
c) Ya’qub, Dovud, Nuh, Muqanna, Sulaymon, 94 qissadan
d) Nuh, Muso, Iso, Ya’qub, Muqanna, Sulaymon, 72 qissadan
e) Dovud. Muhammad, Iso, Nuh, Qutayba, 91 qissadan
 

2. Yusuf Xos Hojibning "Til arslan turur, ko`r, eshikda yatar, Aya evlug, arsiq bashingni yeyur” misralarida qanday badiiy san’at turidan foydalanilgan?
a) Talmeh
b) Tajohil-ul-orif
c) Tajnis
d) Husni ta’lil
e) Tashbeh

3. So`zlar takroriga asoslangan san’atlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni belgilang.
a) tasdiq
b) tasbe
c) tarde aks
d) a,b,c javoblar
e) tajnis

4. Xalq dostonlarida uchraydigan ifoda va tasvirlar folklorshunoslikda nima deb ataladi?
a) Asotirlar
b) Epik qoliplar
c) a,b javoblar to`g`ri
d) Lirik chekinish
e) To`g`ri javob berilmagan
 
5. Quyida berilgan: "Ravshan” dostonining asosiy timsollaridan biri Hasanxonga berilgan tasvir necha bo`g`inli misralarda berilgan va Hasanxonning qanday holati tasvirlanmoqda? "Qulon yurmas yerlardan Quvib o`tib boradi, Bulon yurmas yerlardan Buvib o`tib boradi”
a) 8 bo`g`inli, maydon talashayotgan otlar holati
b) 7 bo`g`inli, o`g`lini qutqarish uchun ketayotgan ota holati
c) 7 bo`g`inli, jang tasviri holati
d) 8 bo`g`inli, maydon talashayotgan raqiblar holati
e) Barcha javoblar to`g`ri
 

6. Turdi Farog`iy yashagan davrdosh beklar nomini aniqlang.
a) Subxonqulixon, Nodir Muhammad
b) Nodir Muhammad, Abdulaziz
c) Subxonqulixon, Oqbo`tabiy
d) Barcha javoblar to`g`ri
e) a,c javoblar to`g`ri
 

7. Sharq adabiyotida "Xamsa” yozish an’anasini boshlab bergan ijodkor nomi tog`ri ko`rsatilgan javobni belgilang.
a) Firdavsiy
b) Ganjaviy
c) Jomiy
d) Dehlaviy
e) Navoiy

8. H. Hakimzoda Niyoziyning romanlarini belgilang.
a) "Haqiqat”
b) "Kim to`g`ri?”, "Uchrashuv”
c) "Baxtsiz kuyov”, "O`ch”
d) "Yangi saodat”, "Uchrashuv”
e) "Loshmon fojiasi”, "Kim to`g`ri?”
 

9. Turli tazyiqlarga qaramay "Shuhrat”, "Osiyo” nomli gazetalar chiqargan vatanparvar ijodkor kim?
a) A. Avloniy
b) Hamza
c) Fitrat
d) Cho`lpon
e) To`g`ri javob berilmagan

10. Ch. Aytmatovning "Oq kema” qissasidagi oq kema ramziy obraz bo`lib qanday ramziy ma’no anglatadi?
a) Ozodlik, oqlik, erkinlik
b) To`kislik, mehr-oqibat
c) G`urur, shon-shuhrat
d) O`rzu-niyat
e) Barcha javoblar to`g`ri
 

11. She’riy nutq nima?
a) Muayyan bir o`lchov asosidagi ritmga xoslik
b) Musiqiy jarangga egalik
c) Hissiy jihatdan to`yintirilgan nutq
d) Barcha javoblar to`g`ri
e) a va c javoblar to`g`ri
 

12. Afsonalar qanday janr?
a) Afsonalar og`zaki va yozma adabiyotning eng ko`hna va keng tarqalgan janri
b) Afsonalarda xalq qahramonligi ifodalanadi
c) Arablar afsonalarga "asotirlar” deb atashgan
d) Afsonalar chegara bilmaydi
e) To`g`ri javob berilmagan
 

13. A. Navoiyning "Hayrat ul-abror” dostonining hajmi qancha?
a) 8000 misraga yaqin     b) 7000 misraga yaqin     c) 7500 misra     d) 8766 misra     e) 7976 misra

14. Sarguzasht dostonlar to`g`ri berilgan qatorni aniqlang.
a) "Sab’ai Sayyor”
b) "Qissai Sayfulmuluk”
c) "Yusuf va Zulayho”
d) "Saddi Iskandariy”
e) "Hayrat ul-abror”

15. Arabcha "intilish”, "niyat”, "bag`ishlov” ma’nolarini anglatadigan janr …
a) Doston   b) To`rtlikc) Qasida   d) a va c javoblar   e) noma

16. Qofiya so`zining lug`aviy ma’nosi qaysi javobda to`g`ri berilgan?
a) arz etmoq, murojaat etmoq
b) ergashmoq, izidan bormoq
c) yashirilgan, berkitilgan
d) bo`lak, qism
e) Barcha javoblar to`g`ri
 
17.Bizgacha yetib kelgan, ijodiy merosi hajmi 18 she’r 400 satr atrofida bo`lgan shoir ...
a) Turdi Farog`iy     b) Ogahiyc) Munis     d) Muqimiy     e) Zavqiy
 
18.A. Navoiyning "Ko`p o`qudum Vomiqu, Farhodu Majnun qissasin, O`z ishimdin bul ajabroq dostone topmadim” misralarida qanday she’riy san’at turi qo`llanilgan?
a) tanosib       b) tarde aks       c)tasbe       d) talmeh       e) To`g`ri javob berilmagan
 
19. A. Qodiriyning ilk bor qamalishiga sabab bo`lgan maqola qaysi?
a) "Ravot qashqirlari"
b) "Yig`indi gaplar”
c) "1918-yil yodgori”
d) "Ulug` ayyom”
e) "Matbuot kuni”
 
20. Ismoil Buxoriy 16 yoshida qancha hadis yozib olgan, undan nechtasi sahih?
a) 600ming hadis, 7275 ta
b) 700ming hasis, 9619 ta
c) 800ming hadis, 9671 ta
d) 10ming hadis, 8215 ta
e) 500ming hadis, 4840 ta
 
 
21.A. Navoiy Qosim Anvorning g`azallarini yod olganida necha yoshda edi?
a) 3-4 yoshda      b) 4-5 yoshda      c) 5-6 yoshda      d) 6-7 yoshda      e) 7-8 yoshda
 
22.Alisher Navoiyga Samarqandda homiylik qilgan kishi kim edi?
a) A. Xojibek
b) Abulqosim Bobur
c) Husayn Boyqaro
d) Fayzulloh Abulays
e) Mirsaid

23.Taronai ruboiyning qofiya tuzilishini aniqlang.
a) a-a-b-a
b) a-b-a-a
c) b-a-s-a
d) a-a-a-b
e) a-a-a-a
 
24.Nuhning qaysi o`g`li iymonga kelmadi?
a) Xom            b) Kan’on            c) Yofas            d) Som            e) Hech qaysi o`g`li
 
25.Rabg`uziy yozuvchi bo`lishi bilan birga qanday mansabda ishlagan?
a) Vazir              b) Devonbegi              c) Qozi              d) Mudarris              e) Amir
 
26.Ergash so`zlar ko`chma ma’noda qo`llangan qatorni aniqlang.
a) Keng ko`cha, chiroyli uy, achchiq sovuq
b) Kumush qoshiq, temir intizom, tilla soat
c) Kumush qish, qora sovuq, tilla bola
d) Tikansiz gul, qo`li gul, gul o`tqazdim
e) Kumush zarralar, temir eshik, qora qalam
 
 
27.So`zlashuv uslubida qo`llaniladigan so`zlar qatorini aniqlang.
a) Bashar, mozor, yaxshi, kasal
b) Ado etmoq, behuda, yopiq
c) Rostdan, bo`ldi, mayli
d) Barvasta, chiroyli, voqea
e) Chidamli, barobar, g`arib

28."Uning Haydar hojiga qanday munosabati bor?” Ushbu gapda so`roq olmoshi qaysi bo`lak vazifasida kelgan?
a) ega
b) to`ldiruvchi
c) hol
d) aniqlovchi
e) kesim
 
29.Grammatik vosita orqali bog`langan birikmani toping.
a) serhosil dala
b) ma’noli so`z
c) katta daryo
d) berilgan so`z birikmalari grammatik vositalarsiz bog`langan     
e) ertak haqida so`zlamoq
 
 
30.Qaysi qatordagi juft so`zlarda ma’no umumlashadi va kengayadi?
a) qozon-tovoqb) kecha-kunduzc) past-balandd) qovun-tarvuz  e) a va d
 
31.O`zbek tilining ichki imkoniyatlari asosida paydo bo`lgan so`zlarni ko`rsating
a) parta, pero, a’lo
b) A’zam, daho, ruchka
c) baxt, televizor, radio
d) guldasta, qoniqarsiz, vatandosh
e) jemper, mikrofon, muallim
 
 
32."Bundan chiqdiki, biz zolim boy-u siz batrak ekansizda!” Ergash gapning qaysi turi?
a) Ega ergash gapli qo`shma gap
b) Hol ergash gapli qo`shma gap
c) To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap
d) Aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap
e) To`g`ri javob berilmagan
 
33."Toza barglar solamiz, qurtimizga yoqsin deb” Ergash gap bosh gapga qanday vosita bilan bog`langan?
a) – deb so`zi orqali
b) ko`makchi orqali
c) bog`lovchilar orqali
d) ohang yordamida
e) to`g`ri javob berilmagan
 
34."Toza barglar solamiz, qurtimizga yoqsin deb” Ergash gapning qaysi turi qo`llanilgan?
a) payt ergash gapli qo`shma gap
b) ravish ergash gapli qo`shma gap
c) maqsad ergash gapli qo`shma gap
d) to`g`ri javob berilmagan
e) a va b
 
 
35.Ergash gapning qaysi turida bosh gapning kesimi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalanadi?
a) ega ergash gaplarda
b) kesim ergash gaplarda
c) to`ldiruvchi ergash gaplarda
d) to`siqsiz ergash gaplarda
e) natija ergash gaplarda
 
 
36."Qozonga nima tushgan bo`lsa, cho`michga ham o`sha chiqadi” Ushbu maqol ergash gapning qaysi turiga mansub?
a) natija ergash gapli qo`shma gap
b) sabab ergash gapli qo`shma gap
c) shart ergash gapli qo`shma gap
d) ega ergash gapli qo`shma gap
e) kesim ergash gapli qo`shma gap
 
 
37.Quyidagi she’r parchasidagi yasama so`z qanday yasalgan? "Omon bo`l, onajonim, dil quvonchim, sururim”
a) otdan ot yasalganb) otdan fe’l yasalganc) fe’ldan sifat yasalgan
d) fe’ldan ot yasalgane) yasama so`z mavjud emas.
 
38.Ham so`zi qanday vaqtda bog`lovchi sanaladi?
a) hamma vaqt
b) faqat teng bog`lovchilar o`rnida qo`llanganda
c) uyushning bo`laklarning oxirida takrorlanib kelganda
d) faqat uyushgan bo`laklarning oldida kelganda
e) ham so`zi bog`lovchi emas, yuklama hisoblanadi
 
 
39."Sobir anhor bilan hovuz o`rtasidagi supaga joy qildirib berdi-da, o`zi qayoqqadir ketdi” Ushbu qo`shma gapning turini aniqlang.
a) ergashgan qo`shma gap
b) bog`lovchisiz qo`shma gap
c) ayiruv bog`lovchili bog`langan qo`shma gap
d) zidlov bog`lovchili bog`langan qo`shma gap
e) biriktiruv bog`lovchili bog`langan qo`shma gap
 
 
40.Bog`lovchisiz qo`shma gap tarkibidagi soda gaplarning mazmuni bir-biriga zid bo`lsa ular orasiga qanday tinish belgisi qo`yiladi?
a) vergul        b) nuqtali vergul        c) tire        d) ikki nuqta        e) hech qanday belgi qo`yilmaydi
 
41.Yordamchisiz bog`langan qo`shma gap qaysi qatorda berilgan?
a) Ulug` odam o`z zamonasidan o`tib ketadi, aqlli odam esa har qanday sharoitda ham zamonasi bilan qadam-baqadam boradi, ayyor undan foydalanib qolishga urinadi, tentak zamona yo`liga tug`anoq bo`ladi
b) Baxt topilmas hech bir zamonda, El qul bo`lsa, bo`lsa yalang`och Jannatlarni yaratgan odam Natijada o`zi qolsa och
c) Ona – Vatn ulug` bir kemadir, bu kemaga tushganlarning tillari har xil bo`lsa ham, dillari bir xil
d) b va c javoblar
e) To`g`ri javob berilmagan
 
 
42.Tire noto`g`ri qo`llangan qatorni aniqlang.
a) O`zbekiston – mustaqil davlat
b) Til – millatning boyligi va bebaho mulkidir
c) Men – o`qituvchiman
d) Sen – yetim emassan
e) Ona yerim – oltin tuprog`im
 
 
43.Qaysi qatorda payt ergash gapli qo`shma gap berilgan?
a) O`yingni o`g`ri bossa, o`g`lingni sandiqqa solib qo`yib, qo`shningni chaqirmaysan
b) Hosilimiz bo`lsa to`kin, to`ylarimiz to`xtamas
c) Oftob butun olamga baravar nur sochsa ham, sahroda yantog`u, bustonda gul bitadi
d) Qiz bola – go`zal lola, Yuzda hayosi bo`lsa
e) To`g`ri javob berilmagan
 
 
44. Quyidagi gapda egalar qaysi so`z turkumi bilan ifodalangan? "Bor – boricha, yo`q – holicha” 
a) Taqlidiy so`z bilan
b) Olmosh bilan 
c) Bosh kelishikdagi ot bilan
d) Sifatdosh bilan
e) Modal so`z bilan
 
45. "Yozuvchining mahorati shundaki, butun bahorni atigi chigitdek keladigan gura ichiga qamab bera oladi” Mazkur gap qo`shma gapning qaysi turiga mansub? 
a) Bog`langan qo`shma gap
b) Bog`lovchisiz qo`shma gap
c) Ega ergash gapli qo`shma gap
d) Kesim ergash gapli qo`shma gap
e) c va d javoblar
 
 
46. O`zbek tilidagi so`z yasash yo`llari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan? 
a) Qo`shimchalar qo`shish
b) So`zlarni qoshish
c) So`zlarni yangi ma’noda ishlatish
d) So`zning boshqa turkumga ko`chishi
e) a,b,c,d javoblar
 
47. "Dutor chalib o`tirsam, tori uzilib ketdi” Ushbu gap ergash gapli qo`shma gapning qaysi turiga mansub? 
a) Sodda yoyiq gap
b) Kesim ergash gapli qo`shma gap
c) To`ldiruvchi ergash gapli qo`shma gap
d) Payt ergash gapli qo`shma gap
e) Sabab ergash gapli qo`shma gap
 
48. "Yigit ham shunaqa bo`ladimi?” Ushbu gap qaysi qatorda to`g`ri izohlangan? 
a) Sodda yig`iq gapb) Sodda yoyiq gapc) Bir bosh bo`lakli gap
d) a va ce) b va c
 
49. Qaysi qatordagi gapda qo`shma ravish mavjud? 
a) Majlis kechroq boshlandi 
b) O`quvchilar sayohatga ertaga ertalab keladilar 
c) Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarou 
d) Biz dunyoda yashaymiz va ishlaymiz 
e) Barcha javoblar to`g`ri 
 
 
50. "Qor yog`di – don yog`di” mazkur gap tuzilishiga ko`ra qanday gap? 
a) O`xshatish ergash gapli qo`shma gap
b) Payt ergash gapli qo`shma gap
c) Natija ergash gapli qo`shma gap
d) Sodda yig`iq gap
e) Bog`lovchisiz qo`shma gap

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish