1. Qaysi yoshdan boshlab maktabga bersam
bo`ladi?
Javob: 7 yoshdan boshlab maktabga
bergan ma`qul
2. Farzandim xotirasini mustahkamlash uchun nima
qilishim kerak?
Javob: Ko`proq she`r yodlash, xotira
mashqlarini o`tkazish, til o`rganishga qiziqtirish kerak
3. Og`zaki nutqini rivojlantirish uchun
nima qilish kerak?
Javob: Ko`proq suhbatlashish,badiiy
kitoblarni o`qishga qiziqtirish
4. Farzandim ko`proq televizor va
kompyuter qarshisida o`tiradi,nima qilsam bo`ladi?
Javob: Bo`sh vaqtlarida sport va fan
to`garaklariga qatnashishini ta`minlang
5. Nima uchun farzandim do`stlari bilan
emas, yolg`iz bo`lishni istaydi?
Javob: Ko`proq bolalar o`rtasida
bo`lishni ta`minlash,harakati va fikrini cheklamaslik kerak
6. Farzandimni darslarni
o`zlashtirishida qaysi partada o`tirishi muhimmi?
Javob: Darga qiziqqan o`quvchi uchun
bu muhim emas
7. Farzandim kasal bo`lgandan so`ng
o`qishlari pasayib ketdi.Nima uchun?
Javob: Oradagi bo`shliqni to`ldirish
uchun ishlab, ruhiyatiga ijobiy ta`sir o`tkazish kerak
8. Farzandimga qo`l telefoni
bersam bo`ladimi?
Javob: Agar turar joyingiz maktabdan
uzoq bo`lsa, nazorat qila olsangiz, darslarga xalaqit bermasa ishlatish mumkin
9. Farzandim chap qo`lda yozadi uni o`ng
qo`lda yozishga o`rgatishim shartmi?
10. Farzandim ertalab o`rnidan turishga
qiynaladi.Nima qilay?
Javob: Kun tartibiga qat`iy rioya
qilishga o`rgating
11. Farzandimni o`qish tezligini oshirish
uchun nima qilishim kerak?
Javob: Har kuni 30 minut kitob
o`qishini nazorat qilib turing
12. Farzandimni xulqi o`zgargan ,nima qilay?
Javob: Darsdan tashqari birga
o`ynaydigan o`rtoqlarini kuzating
13. Bolamning ko`rish qobiliyati past
lekin u ko`zoynak taqishni xoxlamaydi,qanday maslahat berasiz?
Javob: Kelajagi ,sog`ligi uchun ko`zoynak
muhimligini tushuntirish kerak
14. Farzandim darslarga faol qatnashishi
uchun nima qilishim kerak?
Javob: Yaxshi baho olib kelganda uni
rag`batlantiring
15. arzandim ingliz tilidan qanday o`qiydi?
Javob: Birinchi, ikkinchi chorakdagidan ancha o`zgargan
16. Men qanday qilib farzandimga ingliz tili fanidan uy ishlariga yordam berishim mumkin?
Javob: Yangi chiqayotgan darsligimizda ota-onalar burchagi bor. Bunda ota-onalarga mos tarzda mashqlar tushuntirilgan. Shundan foydalaning
17. Farzandim necha yilda bemalol ingliz tilida gaplashadigan bo`ladi?
Javob: Bu farzandingizning muntazam fan bilan shug`ullanishiga bog`kiq
18.Yangi so`zlar yodlatishning qanday oson yo`llari bor?
Javob: Iloji boricha so`zlarni bir-biri bilan bog`lab o`rgating
19. Darslikdan tashqari qanday kitoblarni olib berishim mumkin?
Javob: Yoshiga mors tarzdagi kitoblarni tanlaganingiz ma`qul
20. Internetdagi yoki kompyuterdagi inglizcha o`yinlarning zararli tomonlari bormi?
Javob: Har bir narsaning me`yori bor. Agar o`yin aqlni charxlaydigan intelektual o`yin bo`lsa, daqiqasini chegaralab ruxsat berishingiz mumkin
21. Aytishlaricha ikki xil ingliz tili bor ekan, Britancha Va Amerika tili. Qaysi biri farzandimiz uvhun qulay?
Javob: Britancha ingliz tili
22. Maktabingizda o`zbek xalq ertaklarining ingliz tilidagi variant bormi?
Javob: Ha, maktab kutubxonasida ingliz tiliga oid burchak bo`lib, unda fanga oid ko`p kitoblar bor
23. Tovushlar bilan bog`liq muammolarni qandayhal qilish mumkin?
Javob: Farzandingizga so`zlashuvga oid cd disklarni qo`yib bering
24. Qanday qilib ko`proq she`r, qo`shiq o`rgatish mumkkin?
Javob: Darslikdan tashqari,o`quvchining bo`sh vaqtida ingliz tilidagi multifilm, film va qo`shiqlarni qayta-qayta qo`yib bering va natijada ularning matni yod bo`lib qoladi