(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Biologiya fanidan laboratoriya ishlarining elektron versiyalari - virtual laboratoriya ro‘yxati.

Biologiya fanidan laboratoriya ishlarining elektron versiyalari - virtual laboratoriya ro‘yxati.

  • 13-11-2016, 19:27
  • ziyo11
  •  
  • 4002
  •  
  •  
Botanika  5-sinf
2-laboratoriya mashg‘uloti: «Mikroskonning tuzilishi bilan tanishish».
3-laboratoriya mashg‘uloti: «Piyoz po‘stidan va chigit tuklaridan preparat tayyorlash va ularni mikroskopda ko‘rish».

4-laboratoriya mashg‘uloti: «Ildizning tizimlari bilan tanishish».

Botanika  6-sinf
1-laboratoriya mashg‘uloti: «Gul».
2-laboratoriya mashg’uloti: «Ko’p ho’jayrali yashil suv o’tlari».

 
Biologiya fanidan laboratoriya ishlarining elektron versiyalari - virtual laboratoriyalarni yaratish mavzular ro‘yxati. 
1-laboratoriya mashg‘uloti:   «Gulli o‘simliklarning organlari bilan tanishish».
Bu mavzuda gulli o‘simliklarning organlari: ildiz, poya, barg, guli bilan tanishtiriladi. Buning uchun kompyuterga gulli o‘simliklar rasmlari kiritiladi. Rasmda tasvirlangan o‘simlikning ildizi, poyasi, bargi, guli to‘liq ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Tasvirlangan rasmlar tagiga ildiz, poya, barg, gul so‘zlari yozilib, shu so‘zlarga kursor olib borilib bosilganda ildiz, poya, barg, gul tuzilishlari ekranda namoyon bo‘lishi kerak. O‘simlik organlarini o‘rganishda qo‘l lupasidan foydalaniladi.
 
2-laboratoriya mashg‘uloti:  «Mikroskonning tuzilishi bilan tanishish».
Biologiyadan laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan o‘simlik va hayvon organlari, to‘qima ho‘jayralarning morfologiyasini, mikroorganizmlarning tuzilishini o‘rganishda optik asbob - mikroskopdan foydalaniladi.
Kompyuter ekraniga mikroskopning rasmi joylashtiriladi. Rasm   tagiga   mikroskop   qismlari:   obyektiv,   okulyar,   tubus,   shtativ, makrovint, mikrovint, buyum stolchasi, ko‘zgu, kondensor so‘zlari yoziladi.
Kursorni yozilgan har bir so‘z ustiga olib borib bosilganda mikroskopning shu qismi ekranda namoyon bo‘ladi.
 
3-laboratoriya mashg‘uloti: «Piyoz po‘stidan va chigit tuklaridan preparat tayyorlash va ularni mikroskopda ko‘rish».
Piyozni qurigan po‘stidan tozalab, etli po‘stidan bir bo‘lakni kesib olinadi. Pinset bilan po’stdagi yupqa shaffof pardani ajratib olinadi, uni buyum oynasi ustidagi bir tomchi suvga suyiladn.
Usti qoplagich oyna bilan yopilib, ortiqcha suv filtr qog’ozi yordamida shimdirib olinadi va mikroskopning buyum stolchasiga qo’yib ho’jayra tuzilishi kuzatiladi.
Namlangan chigit tuklaridan ajratib olinadi va buyum oynasidagi bir tomchi suvga kuyiladn, usti qoplagich oyna bilan yopiladi, ortiqcha suvfiltr kogozi bilan shimdirib olinadi va mikroskopda kuzatiladi.
 
4-laboratoriya mashg‘uloti:  «Ildizning tizimlari bilan tanishish».
Ildiz tukchalari joylashgan qismidan skalpel yordamida kesib olinib, buyum   oynasiga qo’yiladi. Tomizgich   yordamida bir tomchi suv tomiziladi va qoplagich oyna bilan yopiladi.
Tayyor bo’lgan vaqtinchalik preparat mikroskopda ko’riladi. Ildiz qinchasi va uchidan tayyorlangan doimiy mikropreparatlardan ho’jayralari ko‘rib ular o’rtasidagi farqlar aniqlanadi.
 
Botanika  6 - sinf  
1-laboratoriya mashg‘uloti:  «Gul».
Gulning asosiy qismlari bilan gul modeli yordamida tanishtiriladi. Pinset yordamida na’matak gulining kosachabarglari, tojibarglari, changchi va urug’chilari ajratib olinadi va lupa yordamida kuzatiladi.
Lola gullari ham shunday holatda ajratib olinadi, lupada ko’rilib ularning bir-biridan farqlari aniqlanadi. Lupa yordamida changchi va urug’chining tashqi tuzilishi aniqlanadi.
Qarag’ay changlaridan tayyorlangan doimiy mikropreparatni mikroskopning buyum stolchasiga o’rnatilib, buyum stolchasidagi qisqichlar yordamida mahkamlanadi va mikroskopda ko’riladi.
 
2-laboratoriya mashg’uloti:   «Ko’p ho’jayrali yashil suv o’tlari».
Tomizgich yordamida xlorella o’simligi o’stirilgan suvdan bir tomchi olinib, buyum oynachasiga tomiziladi,usti qoplagich oyna bilan yopilib chetidagi ortiqcha suv filtr qog’ozi yordamida shimdirib olinadi.
Tayyor bo’lgan vaqtinchalik mikropreparat mikroskopning buyum stolchasiga mahkamlanadi va mikroskopning kichik obyektivida ko’riladi.
 
Biologiya 9 - sinf  
 
 
1-laboratoriya mashg‘uloti:  "1. Pichan tayoqcha bakteriyasini mikroskopda ko'rish"
Asbob va materiallar. Mikroskop va u bilan ishlash uchun zarur  jihozlar, pichan ivitmasi, metilen ko'k bo'yog'i, akvarium devori yoki ko'lmak suvdan olingan suv o'tlar.
1. Kolbaga suv bilan birga bir necha pichan bo'laklardan soling va kolbaning og'zini paxta bilan berkiting.
2. Kolbadagi aralashmani 15 daqiqa davomida qaynating.
3. Qaynatilgan aralashmani filtrlab 20-25 °C haroratda bir necha kun saqlang.
4. Hosil bo'lgan aralashmani sirtidagi yupqa pardadan shisha naycha yordamida bir bo'lagini olib uni buyum oynasiga joylashtiring.
5. Buyum oynasini qoplag'ich oyna bilan berkitib uni mikroskop ostida kuzating.
6. Qoplagich oyna ostiga suyultirilgan siyoh yoki metilen sinkasi (ko'k bo'yoq) tomizing.
7. Havo rang ostida harakatchan bakteriyalar bilan birga yaltiroq ovalsimon tana-chalar ya'ni, sporalar ham ko'rinadi.
 
"2. Ko'k-yashil suv o'tini mikroskopda ko'rish"
1. Akvarium devori yoki boshqa ko'lmak suv tubidagi suv o'tlari hosil qilgan yupqa pardani nina yordamida oling.
2. Undan preparat tayyorlab mikroskopning avval kichik, so'ngra katta obektivlarida kuzating.
3. Yupqa parda ingichka ko'phujayralilardan tashkil topganiga e'tibor bering.
4. Ipchalar ko'k-yashil rangda bo’lib ularning tebranayotganligini kichik va katta obektivlarda kuzating.
5- Katta   obyektivda   har bir ipcha bir xildagi mayda yadrosiz va xloroplastsiz hujayralardan tuzilganligiga e'tibor bering. 6. Hujayraning o'rta qismi rangsiz va chekkalari esa pigmentlardan iborat biroz to'qroq rangda ekanligini kuzating.
 
2-Laboratoriya mashg'uloti: "O'simlik va hayvon hujayralarini o'rganish"
Asbob va materiallar: mikroskop, buyum va qoplovchi oyna, filtr qog'oz, qizil piyoz epidermisi, odamning og'iz bo'shligidagi shilliq qavat hujayralari, yod eritmasi, toza qoshiqcha.
1.   Piyoz epidermisi hujayralarini kuzatish. O'simlik hujayrasi holatining rasmini chizing.
2.   Og'iz boshligidagi shilliq qavat hujayralarini kuzatish.
a) Toza buyum va qoplag'ich oynalarni tayyorlab, buyum oynasi o’rtasiga ikki tomchi yod eritmasidan tomizing.
b) Og'zingizni oching va toza qoshiq bilan yuz lunjining ichki tomoni yuzasidan qoshiqchani bir necha marta yurgazib olingan namunadan mikropreparat tay­yorlab uni mikroskopda kuzating.
d) Hujayraning shakli, donador sitoplazma va yadroga etibor bering.
e) O'simlik va hayvon hujayralarining farqini aniqlang.
 
3-Laboratoriya mashg'uloti: "O'simlik hujayrasida plazmoliz va deplazmolizni kuzatish"
Hujayra shirasida suvda eriydigan birikmalar ko'p bo'Iadi. Agar biz hujayrani tuzli eritmaga botirsak, hujayra tarkibidagi suv, hujayra tashqarisiga chiqa boshlaydi. Bunda hu­jayra tarangligi yo'qolib hujayra pardasi asta-sekin burisha boshlaydi. Bu hodisa plazmoliz deb alaladi. Agar shu hujayra yana toza suvga botirilsa, u o'zining avvalgi holatiga qaytadi, ya'ni deplazmolizhodisasi ro'y beradi.
Asbob va materiallar: qizil piyoz, NaCI eritmasi, mikroskop.
1.   Elodeya epidermisidan o'tkir pichoq bilan 3x4 mm qalinlikda bo'lakchalar tayyorlanadi. Pinset yordamida uni ajratib olib, predmet oynasidagi bir tomchi suvga botiriladi. Qoplovchi oyna bilan yopib mikroskop ostida kuzatiladi. Hujayra holatining rasmini chizing.
2.   Buyum oynasining bir tomoniga osh tuzi eritmasidan bir tomchi tomiziladi. Ikkinchi tomondan esa filtr qog'oz yordamida qoplovchi oyna tagidan suv tortib olinadi. 5-7 daqiqadan so'ng hujayra pardasi torayib, burisha boshlaydi. Bunda plazmoliz ro'y beradi.
3.   Buyum oynasidagi osh tuzi eritmasi yana yuqorida ko'rsatilgan yo'I bilan toza suvga almashtiriladi. 5-7 daqiqadan keyin hujayra dastlabki holatiga qaytadi. Bu deplazmoliz hodisasi bilan bog'liq.
 
 
4-Laboratoriya mashg'uloti: "Amilazaning kraxmalga ta'siri"
Amilaza fermenti kraxmalni shakargacha parchalaydi. Amilaza fermenti unayotgan donlarning tarkibida va odam so'lagida ko'p bo'ladi. Shuning uchun ferment shirasini unayotgan don maysalaridan (sumalakni eslang) yoki solakdan tayyorlash mumkin. Buning uchun og'izni bir-ikki xo'plam suv bilan yaxshilab chayqaymiz, so'ng bir xo'plam suvni 2-3 daqiqa davomida og'izda ushlab turiladi va bo'sh stakanga solinadi. Shu yo'l bilan tayyorlangan so'lak eritmasi amilaza fermenti shirasi hisoblanadi. Tajriba uchun yana yodning 1% li va kraxmalning 0,5% li eritmasi tayyorlanadi.
1.   Ikkita quruq probirka olamiz.
2.   Birinchi probirkaga 1-2 ml suv va 1-2 ml kraxmal eritmasi quyiladi va yaxshilab aralashtiriladi. Uning ustiga 1 tomchi yod tomiziladi. Ko'k rang hosil bo'ladi.
3.   Ikkinchi probirkaga 1-2 ml amilaza fermenti shirasidan va 1-2 ml kraxmal eritmasidan quyamiz va 5 daqiqa o'tgandan keyin 1 tomchi yod tomiziladi. Bunda probirkada ko'k rang emas, balki qizg'ish yoki sariq rang paydo bo'ladi. Bu kraxmalni ferment ta'sirida parchalanganidan darak beradi.
 
5-Laboratoriya mashg'uloti: "O'simlik bargida organik moddalarning hosil bo'lishi"
Ma'lumki, o'simlik barglarida hosil bo'ladigan asosiy organik modda kraxmaldir. U quyosh nuri ta'sirida hosil bo'ladi. Agar biron-bir usul bilan bargning ma'lum qismiga quyosh nurining ta'siri to'sib qo'yilsa, o'sha joyda kraxmal hosil bo'lmaydi. Bu hodisani quyidagi tajribada tekshirib ko'rish mumkin.
Asbob va materiallar: Etil spirti, yodning 1% li eritmasi, yorongul, xona o'simligi, ochiq joyda o'sayotgan barg sathi katta birorta o'simlik (otquloq yoki chinor daraxti).
Ish tartibi:
1. O'simlik bargini ostki va ustki tomonini to'sadigan qora qog'oz olib, har ikkala tomonidan bir xil ko'rinishga ega shakl (uchburchak, to'rtburchak) kesib olinadi va u bilan bargga qistirg'ichlar yordamida biriktirib qo'yiladi. 2 soat o'tgandan keyin barg kesib olinadi, qog'oz olib tashlanadi va qaynab turgan suvda 2-3 daqiqa ushlanadi, so'ngra pigmentlardan tozalash uchun spirtga solinadi, keyin spirtdan olib suvda yuviladi. So'ngra bargni yod erilmasi solingan idishga olamiz. Shisha tayoqcha yordamida barg tekislansa bargning ochiq joyida ko'k rangli dog' hosil bo'lganini ko'ramiz. Bargni yopib qo'yilgan joylari rangsiz bo'ladi, chunki kraxmal hosil bo'lmaydi.
 
 
6-Laboratoriya mashg'uloti: "G'o'za, pomidor, nomozshomgulning  chatishtirish natijasini  gerbariy asosida o'rganish"
 
Ishning maqsadi: o'quvchilarga irsiylanishga oid bilimlarni gerbariyiar asosida mustahkamlash.
Kerakli jihozlar: G'oza, pomidor, nomozshomgulning har xil navlaridan tayyorlangan gerbariylar, g'o'zaning oq, qo'ng'ir, mallarang, novotrang lolalari, pomidorning turli shakl va rangdagi mevalari.
Ishning borishi: O'quvchilar 3 guruhga bo'Iinadi. Har bir guruh alohida o'simliklar ustida ishlab, ish natijalarini e'lon qilib, himoya qiladi.
Topshiriqlar
1. Pomidor o'simligining har xil navlari gerbariylarini o'rganib chiqing. Domi­nant, resessiv belgilarini aniqlang, poya, barg, meva shakllarini o'rganib chi­qing va taqqoslang.
2. G'o'za o'simligini har xil navlaridan tayyorlangan gerbariylarni o'rganib chiqing.
Dominant, resessiv, oraliq belgilarini aniqlang. Tola ranglarini turlicha bo’lish sababini o'rganing.
3. Nomozshomgul o'simligini qizil, oq, pushti gulli navlarini gerbariylar asosida o'rganing. Poya, barg, gul tuzilishini taqqoslang.
Ish natijalari asosida quyidagi jadvalni to'ldiring va masalani eching.
O'simlik turi Dominant belgi Resessiv belgi Oraliq holda hosil bo'ladigan belgi
G'o'za      
Pomidor      
Nomozshomgul      
1. Go'zada malla rangli tola oq tola ustidan dominantlik qilgani uchun F, bo'ginda novvot rang tolasi forma hosil bo'ladi. Agar F, duragaylar resessiv organizmlar bilan o'saro chatishtirilsa Fbda qanday natiga olinadi.
2. Nomozshomgulning qizil va oq gultojibargli formalari o'zaro chatishtirilsa F( va Fbo'g'inda qanday ajralish knzatiladi? Tahliliy chatishtirish o4tkazilsa-chi?
 
7-8-Laboratoriya mashg'uloti: "Genetikadan masala va mashqlar yechish"
Genetikadan masala yechish yoki bajarish nazariy bilimlar qay darajada o'zlastirilganligiga uzviy bo'g'Iiqdir. Agar o'quvchi genetikadan zarur nazariy bilimga ega bo'lmasa, masala yoki mashqlarni mustaqil ravishda yecha olmaydi.
Shunga ko'ra, o'qituvchining masala, mashq yechishni o'rgatishi ularga puxta va atroflicha bilim berishdan boshlanishi kerak. Dastur (alablariga mos bilimlarni o'quvchilar puxta o'zlashtirishlari uchun har bir mavzu o'tilayotganda o'qituvchi jadval, diafilm yoki kinofilmlami ko'rsatish orqali tayyor bilim bermasdan, balki o'quv mate-rialini qismlarga (fragmentlarga) ajratgan holda, ularning faolligini oshirish kerak. Ya'ni muammoli savollar berish, dialog usulda dars o'tish, doskadan keng foydalanish, ma-salan, ota-ona va duragaylar turii tog* interning genotipini va fenotipiti yozish, mono-, di-, poliduragaylardan gametalar olish, duragaylar orasidagi xilma-xillikni doskada tahlil qilish yoki genlarning o'zaro ta'sir mexanizmini yozib tushuntirish muhim ahamiyatga ega.
 
Mustaqil yechish uchun masalalar.
1. Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy loj resessiv (a). Tajribada gulsimon
tojli tovuqlar oddiy tojli ho'rozlar bilan chatishtirifdi. F, duragaylarning fenotipi va genotipi qanday bo'ladi?
A) Agar F, o'zaro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutish mumkin?
B) F, oddiy tojli ho'rozlar bilan qayta chatishtirilsachi?
2. Quyonlarda yungining normal uzunligi dominant (B), qisqaligi resessiv belgi (b) hisoblanadi. Quyidagi genotipga ega organizmlar chatishtirilganda qanday fcnotipli organizmlar olinadi?
BbxBb; BBxbb; BbxBB.
3. Pomidor mevasining qizil rangi (A) sariq rangi (a) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ota-ona organizmlar qizil rangga ega edi, iekin ular chatishtirilganda 3/4 qizil, 1/4 sariq pomidor hosil bo'ladi. Ota-onaning va F, duragaylarning geno-tipini aniqlang.
4. Odamda qo'yko'/lik dominant, ko'kko'zlik resessiv belgi. Nikohlangan yigit va qizning bin qo'yko'z, ikkinchisi esa ko'kko'z bo'lsa, ular farzandlarining ko'zi qanday bo'ladi?
5. G'o'zaning och antosianli gulli o'simliklari o'zaro chatishtirilishida 680 ta o'simlik olindi. Shundan 340 tasi och antosian rangi. Qolgan o'simliklarning qanchasi yashil rangli bo4!gan?
6. Kulrang andaluz tovuqlari o'zaro chatishtirilganda, naslda qora, oq va kulrang path formalar hosil boMdi:
a) bu hodisani qanday tushunish mumkin?
b) agar kulrang tovuqlar qora path ho'rozlar bilan chatishtirilsa, qanday natija chiqishi mumkin?
7. Makkajo'xorining so'tasi 20 va 8 sm. Dominant gen 5 sm, resessiv gen 2 sm uzunlikni namoyon etsa, u holda:
a) F, da sovtaning uzunligi qancha bo'ladi?
b) 3 ta dominant genii formalar F2 dagi 960 ta o'simlikdan nccha qismini tashkil etadi?
 
8. Quyonlarning Baron zotining quloq suprasi uzunligi 28 sm, boshqa zotniki 12 sm ga teng. Quyonlarning Baron zotining genotipi D,D,D2D2 ikkinchi zotniki d,d,d2d2 bo'lsa, ularni o'zaro chatishtirish natijasida F, duragaylarning quloq suprasi necha sm bo'ladi? Agar F, duragay quyonlarning urg'ochi va erkagi o'zaro chatishtirilsa, F2 da qanday natija kutilishi mumkin.
9. Pomidor mevasining yumaloq shakli (A), noksimon shakli (a), qizil rangi(B), sariq rangi (b) bo'lsa u hoida quyidagi genotipga organizmlar mevasining shakli va rangini aniqlang:
a) aaBb; b)AaBb; d) AaBB; e)aaBB; 0 AABB; g) AaBB; h) aabb.
10. No'xatning uzun poyali, oq gultojibargli formasi kaita poyali, qizil gultojibargli formasi bilan chatishtirilgan, F, da 120ta uzun poyali, qizil gultojibargli, F2 da 720 ta o'simlik hosil bo'ladi.
a) F, necha xil genotipga ega bo'ladi?
b) F, necha \il gameta liosil qiladi?
d) F2 dagi o'simlikning nechtasi uzun poyali, qizil gultojibargli bo'ladi?
e) F, dagi o'simliklarning nechtasi uzun poyali, oq gultojibargli bo'lai?
11. Qovoq mevasining oq rangi — W, sariq rangi — Y, yashil rangi — ó gen bilan ifodalanadi. W gen dominant ingibitor vazifasini bajaradi. Quyidagicha gcnotipga cga qovoqlar chatishtirilsa, ulaming fenotipi qanday bo'ladi?
a) wwYy x wwYy;                      e) WWYy x wwyy;
b) WwYy x Wwyy;                    0 Wwyy x WwYY; d) WwYY x Wwyy;                   g) WwYy x wwyy.
12. Ikkita sariq rangli qovoq chatishtirilgan. 3:lnisbatda sariq va yashil qovoqlar hosil bo'lgan. Chatishtirishda ishtirok etgan qovoqlarning genotipini aniqlang.
13. Xushbo'y no'xat o'simligi gultojibarglarning qizil bo'lishi dominant gen ta'sirida ro'y bcradi. Digeterozigota qizil gulli xushbo'y no'xat ikki noallcl gen bo'yicha gomozigota bo'lgan oq gulli resessiv xushbo'y no'xat bilan chatish­tirilgan. Hosil bo'lgan F, ning genotipi va fenotipini aniqlang.
14. Genotipi har xil bo'lgan oq pillali ikkita ipak qurtining kapalaklari chatish­tirilgan. F, da duragaylar sariq pilla hosil qiigan. Ularning urg'ochi va erkak kapalaklari o'zaro chatishtirilgandaF2 da ikki xil fenotipik sinf"9/7 nisbatda sariq va oq pillali ipak qurtlari hosil bo'lgan. F2 duragay tut ipak qurti kapa-laklarning genotipini aniqlang.
 
9-Laboratorlya mashg'uloti: "Oslmlik va hayvonlardagi o'zgaruvchanllknl variatslon qatorl va egri chizig'i"
Mavzuning maqsadi: reaksiya me'yori, organizmlarning moslanuvchanlik chegarasi haqidagi o'quvchilarning bilimini chuqurlashtirish. Modifikalsion o'zgaruvchanlikning statistik qonuniyatiari to'g'risida bilimlarni shakllantirish, belgilarniiig o'zgaruvchanligini variatsion qatori, tajriba yo'li bilan variatsion qator olish va reaksiya me'yorining egri chizig'ini hosil qilish. Labaratoriya mashg'ulotining asosiy qoidalarini mustahkamlash. Organizm belgilarini tashqi muhit omillari ta'sirida o'zgarishi. Modifikasion o'zgaruvchanlikning statistik qonuniyatiari. Organizmda o'rtacha belgilarning ko'p uchrashiu sabablari.
Jihozlar (har bir stolga): biologik ob'ektlar yig'indisi: loviya urug'i, dukkak, bug'doy boshoqlari, olma barglari, akatsiya barglari va boshqalar. Har biri 100 donadan kam bo'lmasligi kcrak.
Uslubiy tavsiyalar:
O'qituvchi modifikatsion o'zgaruvchanlikning statistik qonuniyatiari, namoyish qilinayotgan ob'ektlar haqida qisqacha ma'lumot bcradi.
Mashg'ulotning borishi.
1. Labaratoriya mashg'uloti o4kazishning maqsadi, vazifasi, olinadigan xulosalar haqida ko'rsatmalar berish. 2. Mashg'ulotni o'tkazish. 3. Labaratoriya mashg'ulotining yakuni haqida umumlashtiruvchi suhbat.
Instruktiv kartochka:
a) bitta o'simlik bargining urug'i, dukkagi va boshoqlarining uzunligiga qarab ket-ma-ket terib chiqing;
b) barg uzunligini o'lchang, olingan ma'iumotlarni daftaringizga yozing. Barglarning bir xil uzunlikka ega bo'lganlarini sanang va jadvalga kiriting:
Barg uzunligi v, sm                
Barglar   soni n, dona              
 
d) o'zgaruvchanlikni grafik jihatdan aks cltiruvclii variatsion egri chiziqni chizing;
e) formuladan foydalanib o'rtacha kattalikni keltirib chiqaring:
M — o'rtacha kattalik, V — variantlar, R — uchrash tezligi, n — ob'ckt soni, E — tanlash belgisi.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish