(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » Navoiy hikmatlarining zamonaviy yoshlar hayotidagi o`rni

Navoiy hikmatlarining zamonaviy yoshlar hayotidagi o`rni

  • 24-04-2018, 09:22
  • ziyo11
  •  
  • 732
  •  
  •  
         Bugungi kunning ziyrak yoshlari  kelajak qanday avlod qo`lida ekanligini allaqachon anglab yetishgan, desak adashmaymiz.
 
Ular endi tanlagan kasb-korlariga tegishligina bo`lgan  kitoblarni o`qish bilan chegaralanayotganlari yo`q.
 
Kun yoshlari ma`rifatini oshirish bilan birga ma`naviyatini ham yuksak darajaga  ko`tarib,ajdodlarimizga chin ma`noda
 
munosib avlod bo`lmoqdalar.
 
Badiiy kitob esa bu yo`lda  ularga eng hamroh.

        Badiiy o`qish bugun yurtimizning har bir qatlamiga ,har bir oilasiga kirib boryapti.

 

  Endigi oldimizda turgan muhim masalalardan  biri yoshlarga kitob tanlashni  o`rgatishdir. Ha, aynan mukammal adabiyotni  tanlab o`qish. Mukammal adabiyotgina insonni  o`zgalar dardini anglaydigan,do`stlikni,vafodorlikning qadriga yetadigan ,mehnatsevar,oliyjanob ,Vatanini sevadigan,o`zgalar haqini yeyishdan hazar qiladigan,yon-atrofdagilar hayotiga befarq bo`lmaydigan,qisqacha qilib aytganda, ma`nan yetuk avlodni  tarbiyalay oladi.

 

      Bu  borada,eng avvalo, Navoiy  ijodiga murojaat qilsak , adashmagan  bo`lamiz. Zero,  Alisher Navoiy ijodi , xususan, uning nur bilan ,yurak qo`ri bilan  yo`g`rilgan  "Xamsa” , "Xazoyinul  maoniy” ("Chordevon”) singari shoh asarlari o`zbek xalqining o`lmas va  mangu o`chmas qadriyatlari bo`lib ,ular  hozirgi kunda ham kitobxonlarni o`ziga  tobora ko`proq jalb etmoqda.

 

Kitobxonlar bu nodir asarlardan  zavq-shavq olib, yuqorida keltirgan sifatlarni o`zida tarbiyalamoqdalar. Navoiy asarlarining zamonaviyligi ham  avvalo ana shunda!

 

       Navoiy asarlari  chuqur  mazmunli falsafiy xulosalarga, xalq maqol va hikmatli so`zlari darajasida  turuvchi aforizmlarga  juda boyki,  ularni xalq  donishmandligining o`ziga xos qomusi desa bo`ladi.

 

Shuni ta`kidlash joizki, Navoiyning "Xamsa”,  "Hazoyin  ul - maoniy ”, "Lison  ut-tayr” , "Mahbub  ul- qulub”, "Nazm ul-javohir” kabi  asarlarida berilgan  maqol va hikmatli so`zlarning  deyarli barchasi  hozirgi  kunda ham  o`zining tarbiyaviy-estetik  ahamiyatini  saqlab qolgan. Yoshlarni  ezgulik ruhida  tarbiyalshda bevosita  xizmat qilmoqda.


         Kelajak avlodni ezgulik  ruhida tarbiyalashda  Navoiynning hayot haqiqatini  chuqur  idrok etish  va  umumlashtirish asosida   yaratilgan  hikmatlari   alohida  o`ringa ega. 

 

Navoiy hikmatlarining  mavzu doirasi keng  va rang- barangdir. Bu hikmatlar markazida   har doim dolzarb bo`lgan  inson va insoniylik, Vatan va vatanparvarlik, do`stlik-birodarlik, halollik, ilm va hunar, to`g`rilik va qahramonlik,odob-axloq, saxiylik va mehribonlik  adolat va bag`rikenglik,sabr-toqat va qanoat singari  hayotiy masalalar teran ifodalanadi.

 

              Biz yoshlarimizni  ana shunday xususiyatlar egasi qilib tarbiyalashni  istar ekanmiz,avvalo,ularga  aslida zamonaviylik Vatanni sevishdan boshlanishini uqtirmoq joiz:


                 Vatan  tarkini  bir nafas havas aylama,


                  Yana  ranj-u g`urbat havas aylama.


          Navoiy  inson aql-u zakovatiga  yuqori baho beradi.El-ulusni  ixlos bilan ulig`laydi.Xalq manfaatini o`z manfaatidan ustun qo`yadi:


                    Manga qilsa yuz jafo bir qatla faryod  aylamam,

                     Elga qilsa  bir jafo yuz  qatla  faryod  aylaram.


         Ulug`  mutafakkirning  hikmatlarida  adolat va halollik, yaxshilik va to`g`rilik ,vijdonli va  diyonatli bo`lishga  chorlaydi. "Navosizning navo baxshi bo`l. Navoiy  Yomon bo`lsa , sen yaxshi bo`l!”,-deydi.


          Shoir  yaxshilik va uning ahamiyati haqida fikr yuritar ekan, hayotning o`tkinchiligini aytib, umrini  faqat yaxshilik istab (qilib) o`tkazish va insonlar  xotirasida  abadiy ijobiy yashash kerakligini  kuylaydi:


                           Bu gulshan  ichrakim yo`qdir baqo  guliga sabot,


                           Ajab saodat erur yaxshilik bilan  chiqsa ot


       Navoiy  o`z  hikmatlarida  qirg`n-barot urushlarni,fitna- fasodni,ayyorlik va  makkorlikni qattiq qoralab, yurtni tinchitib, obod qilishga  undagan.Haqsizlikka qarshi adolatni ,yomonlikka qarshi yaxshilikni,dushmanlikka qarshi  do`stlikni qarama-qarshi  qo`ygan:


                      Olam ahli, bilingizki, ish emas dushmanlig`,


                      Yor o`ling bir-biringizgakim,erur yorlig` ish.


   Yoki:           El qochsa birovdin,el yomoni bil oni,


                        Ahvolida idbor  nishoni  bil oni.


           Shoir asarlaridan olingan  quyidagi  hikmatda  Navoiy o`zining  ezgu niyatlarini  mehnat ahliga she`riy tilda bayon etgan:

                        Umrni  zoye  etma , mehnat qil,


                         Mehnatni saodat kaliti bil.


    Yoki:            Dehqonki don sochar,


                         Yerni yormoq bila  rizq yo`lin  ochar.


      Navoiy oddiy  mehnatkash  insonlarni  e`zozlash bilan birga ,ilm  va san`at ahllariga samimiy  hurmat bilan qaragan. Chunki u aqlning  qudratiga ,uning  nodonlik va jaholat  ustidan  g`alaba   qozonishiga ,yurtni taraqqiy ettirishiga  qattiq ishongan. Bu ishonch  ruhi shoir  hikmatlarida  ham yorqin  aks etgan.

 

Quyidagi misralardan shoirning yosh avlodni ilm- fan, adabiyot va san`at cho`qqilariga intilishlarini chin dildan istashi ko`rinib turibdi:


                            Yigitlikda yig` ilmning  mahzani,

                            Qarilik chog`i  harj  qilg`il oni.


     Yoki:               Oz-oz o`rganib dono bo`lur,

                           Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur.

        Navoiy  insonlarning  ilmli-bilimli bo`lishga chorlar ekan,ularning kamolotida  limning ,ilmli bo`lishda esa  ustozning  roli  beqiyos  ekanligini  uqtiradi.Xizmatini yuksak baholaydi. "Haq yo`lida kim senga bir harf  o`qitmish ranj ila, Aylamak  bo`lmas ado  oning  haqqin yuz ganj ila ”.

      Shuni aytish joizki,  Navoiy mehnatdan, bilim olishdan  qochgan odamlarni lapashanglar deb,  qiyinchiliklarga chidaganlarni esa  xiradmandlar  deb ataydi. Navoiy bilim va hunar o`rganish zarurligi,uni esa o`z navbatida  shogirdlarga beg`araz ,saxiylik bilan  o`rgatish  kerakligi haqida shunday deydu:

                         Hunarni asrabon  netgumdir oxir,

                         Olib  tuproqqami ketgumdir oxir.

       Navoiy  hikmatlari  mazmunan  teranligi bilangina emas , balki shaklan mukammalligi,badiiy yetukligi, bilan ham  barchaga manzurdir. Navoiy hikmatlarining  aksariyati  qisqa, mazmunan aniq,ravon, zavqli va jozibadordir. Ularni o`quvchi tezda tushunish , yodlab olish mumkin:

                         Sog`inmoqni sog`in,

                         Unutmoqni  unut!  

                                                 Aytar so`zni ayt,

                                                 Aytmas so`zdan qayt!

 


                                                  Kimki ulug`roq  anga  xizmat kerak,

                                                      Ulki kichikroq anga  shafqat  kerak.

        Muxtasar qilib aytganda,  Navoiy asarlari  rang-barang  hikmatli so`zlarga boy. Iboralari bitmas –tuganmas xazina.

 

Ushbu xazinadan oqilona foydalanshimiz, yosh avlodni  Navoiyning purma`no hikmatlarini nafaqat mutolaa qilishlari,balki hayoti davomida ularga amal qilishlariga  erishishimiz zarur.


            To`g`ri , bugun hamma narsa: kiyinishimiz ham,yashashimiz ham, fikrlashishimiz ham ,ta`lim olish usullarimiz ham zamonga mos,hayot bilan hamnafas.

 

Bugun biz yoshlarimiz bilan jahon miqyosidagi turli xil tanlov va musobaqalarda  faxrlana olamiz.  Bu mavzuda soatlab gaplashsak vaqt yetmaydi.

 

Bularning barchasi yurtimizda ta`limga berilayotgan e`tiborning  natijasi. O`sib kelayotgan yosh avlodni  ham ma`rifatli,ham ma`naviyatli qilib tarbiyalash  barcha-barchamizning ezgu  vazifamiz.

 

Bunday ezgu vazifani bajarishda biz  Alisher Navoiy kabi buyuk tarbiyachilarga  suyanamiz.

 

 

Muallif:  Ravshanova Sohiba.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




Sharhlar - 1


По поводу аренду писать сюда

-----


купить офис в москве

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish