(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Ozbekistonda tarqalgan zaharli ilonlar: ular haqida nimalarni bilamiz?

Ozbekistonda tarqalgan zaharli ilonlar: ular haqida nimalarni bilamiz?

  • 1-07-2017, 09:30
  • ziyo11
  •  
  • 1136
  •  
  •  


 

Ilon oziga xos tana tuzilishiga ega bolgan, olchami 20 sm. dan 10 m. gacha yetadigan hayvondir. Ularning 2700 ga yaqin turi malum. Har xil yogonlikdagi tanasi boyiga qarab chozilgan. Dumi odatda tanasidan kalta.

Ilonlar kaltakesaklardan 30 xildagi belgilariga kora farq qiladi. Asosiy farqlaridan biri pastki jagining tuzilishidir. Kalla suyagidagi yuz qismining suyaklari harakatchan birikkan, pastki jag esa kalla suyagida qattiq chozilgan burma yordamida osilib turadi. Elastik boglam esa jaglarning ong va chap bolagini biriktiradi va bu bilan ilonning ogzi juda ham choziluvchan bolib qoladi. Shuning uchun ular oljasini butunligicha yuta oladi. Tishlari yaxshi rivojlangan bolib, chaqish (tishlab olish), oljasini tutish va qizilongachiga itarish uchun xizmat qiladi. Hamma tishlari ingichka, otkir va orqaga qayrilgan.

Ilonlarning asosiy sezgi organi Yakobson organi bilan birgalikdagi tilidir. Ilon uchi ayri ingichka tilini ustki jagidagi yarim ochiq yoriqdan chiqarib, bir necha soniya havo yaqinidagi narsalarga tegar-tegmas qilib oynatadi va ichiga tortib oladi. Tilining uchlari Yakobson juft organining tepa tanglayidagi ikkita chiqarish teshigida joylashadi. Bu yerda ilon havoda paydo boladigan arzimas miqdordagi moddalar haqida malumot oladi va shunga qarab oljasining qayerda joylashganligi yoki suv manbayining qayerdaligi  haqida moljal oladi. Kozlari ham moljalda katta rol oynaydi (hamma ilonlarda ham shunday emas). Tungi ilonlarning koz qorachigi vertikal yoki yumaloq, bazan esa gorizontal bolishi mumkin, kunduzgi ilonlarniki hamma vaqt yumaloq boladi. Ilonlarda hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan, ular sichqon bilan kalamushni hidiga qarab ajrata oladi. Ularda eshitish organi yaxshi rivojlanmagan, tashqi  eshitish teshigi bolmaydi. Orta qulogi sodda tuzilgan va faqat ichki qulogi yaxshi rivojlangan. Shuning uchun ham ilonlar odamning oyoq tovushini eshitadi, biroq havoda tarqaladigan tovushlarni eshitmaydi. Bu tomondan ular deyarli kar hisoblanadi. Demak, ilonlarni musiqa chalib oynatish haqidagi afsonalar asossiz. Bogma ilonlar bilan shaqildoq (chinqiroq) ilonlarda issiqni sezish organi bolib, ular uzoqdan oljasining tanasidan chiqayotgan haroratni biladi. Bu organlar tashqi tomondan ikkita chuqurcha shaklida boladi.

Ilonlar faqat jonivorlar (chuvalchanglar, orgimchaksimonlar, kop-oyoqlilar, hasharotlar, baliqlar, suvda ham quruqda yashovchilar, toshbaqalar, kaltakesaklar, ilonlar va sut emizuvchilar) bilan oziqlanadi.
Kop turlarining urgochilari erkagidan yirikroq boladi.

Tuxum qoyib yoki tirik tugib kopayadi. Bir yilda bir marta tuxum qoyadi. Bir marta tuxum qoyishda mayda turlari bittadan 3-4 tagacha, yiriklari bir necha onlab tuxum qoyadi. Inkubatsiya davri bir oydan 2,5 oygacha davom etadi.

Orta Osiyo kobrasi
Ushbu kobra Ozbekistondagi yirik zaharli ilonlardan biri. Tanasining uzunligi 125 sm, dumi 45 sm. gacha. Rangi tana rangidan toq sariq, qongir yoki qora rangga ozgarib turadi. Ostki tomoni oq va tanasining oldingi tomonida ikki-uchta qora kondalang yollari bor. Yoshlarining orqasida uzunasiga qora rangli kondalang yollari bor, ularning old tomonidagilari pastki yuzasiga otib ketadi. Hindistonda yashaydigan kobralarning ensasida kozoynakka oxshash naqshi bolgani uchun ular kozoynakli ilon deb ataladi.

Ozbekistonda kobra faqat Bobotogda, Hisor tizma toglarining tog oldilarida va Surxondaryo vodiysida koproq uchraydi. Qarshi dashtida birmuncha kamroq, Zarafshon va Nurota tizma toglarida esa kam uchraydi.

Sharqda uchraydigan eng songgi manzil Xovos atroflari. Hatto Bobotogda ham bir kunda ikkitadan ortiq ilon uchratish qiyin, odatda, ekspeditsiyalar vaqtida kamdan-kam, yani bir oyda bitta kobrani uchratish mumkin.

Ozbekistonda kobra quruq yon bagirlarda, kemiruvchilar inida yashaydi.

Vodiylarda va aholi yashaydigan punktlarda kamdan-kam uchraydi. Masalan, bu ilon bir safar Surxondaryo viloyati Shorchi qishlogi chekkasidan, boshqa paytda Samarqanddan tutilgan edi.

Qishlovdan, odatda aprelda chiqadi. Bahorda kunduzi, keyin esa faqat ertalab va kechqurun aktiv yashaydi, yozda kopincha kechasi ovga chiqadi. Qurbaqa, kaltakesak va ilonlar bilan oziqlanadi.

Dasht zaharli qora ilon (gadyuka)
Sirdaryo boylarida kopincha uncha katta bolmagan ilon dasht zaharli qora iloni uchrab turadi. Tanasining uzunligi 55 sm. cha, dumi qisqa 4-6 sm. Usti qongirsimon-kul rang, orqa choqqasi boylab toq rangli egri-bugri yoli bor, bazan u uzuq-uzuq yoki doglardan iborat boladi. Gavdasining yonlari toq rangli, odatda keskin ajralib turmaydigan doglar bilan qoplangan, bu yerdagi tangachalarining chetlari ochroq.

U Chirchiq, Xojakentdan Chinozgacha bolgan joylarda, Sirdaryo, Xovosdan pastroqda koproq, Chotqol tizma toglarida Parkent, Chimyon va Xumson yaqinida esa kamroq uchraydi. Daryo vohalaridagi chingil va shora otlar kop osadigan kol qirgoqlarida, sholipoyalar marzalarida yashaydi. Kemiruvchilarning iniga kirib yashirinadi. Toglardagi yaproqli ormonlar zonasida kam uchraydi.

Qishlab chiqqandan keyin odatda mart oxirlarida paydo bola boshlaydi. Dastlabki vaqtlarda kunduzi aktiv yashaydi. May oyining boshlarida faqat ertalab, hali issiq tushmasdan kozga tashlanadi, yozda esa faqat kechasi ovga chiqadi. Hasharotlar (chigirtka), kaltakesak va mayda kemiruvchilar bilan oziqlanadi.

Charx ilon (efa peschannaya)
Charx ilon uncha katta bolmaydi. Tanasining uzunligi 86 sm, dumi qisqa 7,5 sm gacha boradi. Usti qongir-kul rang yoki qum rang boladi. Qiyshiq joylashgan yon tangachalari orqadagilariga qaraganda toqroq. Orqasida kondalang yoki oq, kondalangiga choziq doglari bor. Ular qirralari orasida ilonizi yol hosil qilib joylashgan. Och rangli doglardagi bazi tangachalarning cheti qoramtir qongir yoki qora boladi. Boshining ustida butsimon naqshi bor. Bu ilon joyida turgan holda charx urib aylanadi va bu vaqtda yon tangachalari bir-biriga ishqalanib charx toshi kabi oziga xos tovush chiqaradi. Shuning uchun ham unga charx ilon degan nom berilgan.

Ozbekistonda charx ilon Termiz atroflari va Qorasuv hamda Surxondaryodagi sog tuproqli chollarda juda kop. Bu yerda bahorda bir kun davomida 30 taga yaqin ilon uchratish mumkin. Surxondaryo vodiysi boylab Shorchi va Bobotog tog etaklariga qadar tarqalgan. Qoraqalpogistonning janubiy hududlarida va Qizilqum cholida kam uchraydi. Bu ilon asosan sog tuproqli va qumli chollar, daryo vohalaridagi jarliklar, kohna xarobalarda yashaydi.

Qishlagandan keyin fevral oyidayoq korina boshlaydi. Issiq kelgan yillari kopincha qishning ortalarida, yanvarda chiqadi. Bahorda (mart-aprel) va kuzda (oktabr-noyabr) ular kopincha inlari yonida isinib yotadi. Yozda faqat tunda aktiv yashaydi.

Yosh charx ilonlar chayon, chigirtka va mingoyoqlarni, kattalari kemiruvchilar, baqalar, kaltakesaklar (dasht agamalari, tez kaltakesak, gekkon), suvilon va oqilonlarni yeydi.

Iyulning oxiri avgust oyining boshlarida urgochilari 3 tadan 15 tagacha uzunligi 1020 sm. bolgan tirik bola tugadi tutqunlikda yaxshi yashamaydi. Ilgari bu ilonlar Toshkent hayvonot bogida odatda 34 oydan keyin nobud bolar edi, hozir esa ikki yilgacha yashaydi.

Charx ilonning zahari qonning shaklli elementlarini buzadi. Bundan tashqari burun, quloq va tananing shilliq qavatidan qon ketishi mumkin. Bazan ilon chaqqan odam uchinchi kuni olim topadi.

Qalqontumshuq ilon (sitomordnik)
Qalqontumshuq ilon, asosan Toshkent va Samardand viloyatidagi toglar va Qoraqalpogiston tekisliklarida yashaydi. Bu respublikamizda tarqalgan birdan-bir chinqiriq yoki shaqildoq ilondir. Bu oilaning kop vakillari Shimoliy va Markaziy Amerikada hamda Janubiy Amerikaning shimoliy hududlarida yashaydi.

Tanasining uzunligi 68 sm. gacha, dumi qisqa 48 sm. boladi. Ustida toq rangli kondalang doglari bor. Bu yollarning cheti ortasiga qaraganda ancha toq rangli boladi. Tanasining yonida ancha mayda va toq rangli doglardan iborat uzunasiga ketgan yollari bor. Qorni och yoki toq rangli mayda dogli, bazan esa dogsiz boladi.

Qalqontumshuqning tipik yashash joylari shimolda gil tuproqli va qumli chollardir. Janubda u baland toglardagi archazor ormonlarda va tosh uyumlari boylab alp otloqlarigacha (3200 m. va undan balandroq) uchraydi.  
 
Mirzacholda qishlagan qalqontumshuqlar fevralning oxiri martning boshida qishlovdan chiqadi. Dastlabki kunlari ular ozlari kishlab chiqqan kemiruvchilarning ini yonida isinadi. Issiq tushishi bilan tungi hayot tarziga otadi. Iyulning oxiri avgustda urgochilari 160190 mm. uzunlikdagi 120 ta bola tugadi.

Qalqontumshuqning chaqishi juda ogritadi. Bunda odam shishib ketadi, issigi kotariladi, bazan esa qorason kasalligi kuzatiladi. 1015 kundan keyin u tuzala boshlaydi.

Kolvor ilon
Kolvor ilon ancha yirik boladi, yogonligi odamning bilagidek keladi. Tanasining uzunligi 160 sm. cha, dumi esa 20 sm. dan ortiq emas. Eng ogir kolvor ilonning massasi 3 kg. cha boladi. Usti och yoki toq kul rang, sargish yoki jigarrang tusli. Naqshi xilma-xil choqqi-qirrasi boylab yirikroq va gavdasining yon tomonlarida esa maydaroq doglari boladi. Qorni och rangli bolib, ayrimlarida mayda nuqtalari  boladi.

Ozbekistonda Turkiston tog oldilarida (Xovos), Nurota, Zarafshon tizma toglari, Kohitang va Hisor tizma toglari etaklarida uchraydi. Bu ilon kobraga nisbatan ancha kop tarqalgan. Zarafshon tizma togi va Nurota toglarining bazi joylarida bahorda kuniga beshtagacha, bazan esa undan kop kolvor ilonni uchratish mumkin.
Kolvor ilon toglarda, tog oldilarida va toglarning atroflaridagi vodiylarda yashaydi. Qishloqlarda va tog etaklaridagi boglarda, buloq boyida, toglardagi tosh uyumlari orasida kop uchraydi.

Kolvor ilon qishlagandan keyin mart oyida, baland toglarda esa aprelda chiqadi. Dastlabki kunlari ular kunduzi oftobda isinadi. Aprelning oxiri va mayning boshlarida quyosh botishi oldidan, bulutli kunlarda esa kunduzi ham korinadi. Kolvor ilon may oyidan boshlab butun yoz boyi tunda faol hayot kechiradi.

Asosan, mayda qushlar va kemiruvchilar, bazan kaltakesaklar bilan oziqlanadi.

Kolvor ilon iyulda tuxum qoyadi. Yosh ilonlar avgust-sentabrda chiqadi. Uch yoshida jinsiy voyaga etadi. Tutqunlikda odatda uch yilcha yashaydi. Bir vaqtlar Riga hayvonot bogida kolvor ilon 17 yil yashagan.

Ilon odamga duch kelganda harakatsiz yotadi va kopincha uni oyoq yalang bosib oladilar. Kolvor ilonning chaqishi juda xavfli. Agar ilon chaqqan odamga oz vaqtida tibbiy yordam korsatilmasa, u halok bolishi mumkin. Zahari qonga, jigarga tasir qiladi, Kolvor ilonning zaharidan olinadigan zaharga qarshi zardob shu turkumga mansub boshqa ilonlar chaqqanda ishlatiladi.

Ozbekistonda keng tarqalgan zaharli ilonlarning besh turi uchraydi: 1) Orta Osiyo kobrasi Naia oxiana eich; 2) Dasht zaharli qora ilon Vipera ursine; 3) Charx ilon Carina tus scheid; 4) Qalqontumshuq ilon Ancistrodon nalys Pall; 5) Kolvor ilon Vipera lebetina L.

Agar sizni zaharli ilon chaqsa, darhol jarohatni qolingiz bilan siqib chiqaring yoki sorib tashlang. Ilonning zahari solak tasirida qisman parchalanadi va odam ogzi orqali hech qachon, hatto buzilgan tishi bolgan taqdirda ham zaharlinishi mumkin emas. Qonni 5-8 daqiqadan ortiq sorib yoki siqib chiqarish mumkin emas. Shundan keyin margansovka, sirka yoki sodali suvga nam doka yoki paxta bosish kerak. Jarohatlangan odam suv, limonad, sut, qahva ichishi, tarvuz eyishi foydali. Bunda spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar korilganidan keyin darhol shifokorga uchrasish lozim.
 manba: fvv.uz

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish