(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » “Xotira aziz-qadr muqaddas”

“Xotira aziz-qadr muqaddas”

  • 6-05-2017, 11:06
  • ziyo11
  •  
  • 1055
  •  
  •  
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning farmoyishiga binoan, Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun jon fido etgan bobolarimiz xotirasini abadiylashtirib, bugun ham el-yurtimiz farovonligini yuksaltirishga, yoshlarni tarbiyalashga hissa qo'shgan faxriylarni hurmatini joyiga qo'yish, ularni yodga olish maqsadida 9-may "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan 6-may kuni Navoiy shahar 11-DIUMning 3-"T" sinfida "Xotira aziz-qadr muqaddas" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar faol ishtirok etib "O'g'lim sira bo'lmaydi urush", "Urush yillarining jonon qizlari", "Vatanni aslida vatan qilganlar", "Oti o'chsin urushning", "Yurtim, ado bo'lmas armonlaring bor" kabi she'rlar aytilib, ko'rinishlar namoyish qilindi.
 
Tadbirda marhumlarni bir daqiqa eslash uchun
Bir daqiqa sukut saqlang marhumlar haqi.
Ayriliqdan o'rtanadi alamli ko'zlar.
Bu hurmatni demang, yo'q-yo'q, marhumlar haqi,
Afsus, endi oramizda yo'q bugun do'stlar!
Elimizdan chetda qolgan qabrlar haqi,
Bir daqiqa, bir daqiqa sukut saqlaylik deb, o`'tgan shahidlar xotirasiga 1 daqiqa sukut saqlanib, shu maktabda bir necha yil faoliyat yuritib, afsuski hozirgi kunda oramizda yo'q marhum o'qituvchilarimiz Dilorom Quvondiqova, Sobir Barakayev, Shogul Jo'rayeva, Samadov Naim Samadovich, Petelina Nina Ivanovna kabi jonkuyar fidoyi o'qituvchilarimiz tilga olinib, ular haqqiga o'qituvchi va o'quvchilarimiz bir minut sukut saqladilar.

Aziz kasbdoshlarimiz sizlar hech qachon o'lmagansizlr. Sizlar bizning qalbimizda abadiy barhayotsizlar.
Ushbu kun o'tganlarni yana bir bor yod etib, smonimiz musaffoligi, xalqimiz tinchligi yo'lida jonlarini fido etgan ajdodlar xotirasi oldida bosh egamiz.

Istardikki, xotira va qadr tuyg'usi hech birimizdan yiroqlashmasin, hamisha qalbimizda aks-sado berib tursin. 


Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish