(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Manaviyat va marifat xonasi qanday bo`lishi kerak?

Manaviyat va marifat xonasi qanday bo`lishi kerak?

  • 12-05-2017, 17:43
  • ziyo11
  •  
  • 1521
  •  
  •  

Manaviyat va marifat xonasi qanday bo`lishi kerak?

Xonami, maskanmi yoki markaz?
Mustaqillik tufayli siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, hududiy, manaviy-marifiy, g`oyaviy-mafkuraviy sohalarda muhim o`zgarishlar ro`y berdi. Xususan, oliy talim muassasalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, umumiy o`rta talim maktablari, barcha vazirliklar, davlat qo`mitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar, muassasa hamda ishlab chiqarish korxonalarida manaviy-marifiy tadbirlarni o`tkazishga mo`ljallangan alohida joy ajratib, har bir tashkilotda o`z-o`zicha ishlab chiqqan muayyan tartib asosida uni jihozlash boshlandi.

Bu ezgu harakat kimningdir yoki biron-bir yudori tashkilotning ko`rsatmasi yoki buyrug`i bilan vujudga kelayotgani yo`q. Aksincha, ular har bir jamoaning xohish-istagi, irodasi, intilishlari bilan paydo bo`lmoqda. Bu kishini quvontiradi, albatta. Chunki bu yangilik mustaqillik yillarida amalga oshirilgan manaviy-marifiy islohotlarning mevasi sifatida yuzaga chiqmoqda. Demak, hozirgi davrda jamiyatimizning shunday manaviy-marifiy joyga tabiiy ehtiyoji bor.

Ammo manaviy-marifiy tadbirlar o`tkazishga mo`ljallangan bu maxsus joyni nima deb nomlash kerak? Bu masala yechimida amalda har xillik kelib chiqdi. Joylarda Manaviyat va marifat xonasi, Manaviyat xonasi, Marifat xonasi, Manaviyat va marifat maskani, Manaviyat maskani, Manaviyat burchagi, Manaviyat majmuasi, Manaviyat va marifat markazi tarzida nomlash uchradi.

Modomiki, mamlakatimizning amalda hamma yerida shunday maxsus joylar tashkil etilayotgan ekan, ularni bir xil tartibda nomlash zarur. Shular tahlili asosida quyidagi mulohazalar yuzaga chiqdi:

- Manaviyat xonasi deb nomlash bu xona maqsadini to`liq ifodalay olmaydi. Birinchidan, bunday xonada marifat ham targ`ib etiladi, undagi materiallarning katta qismi marifiy ahamiyatga ega. Ikkinchidan, mamlakatimizda bu tizimni muvofiqlashtiradigan eng asosiy jamoat tashkiloti Respublika Manaviyat va marifat kengashi deb nomlanadi. Bu esa manaviyat va marifat tushunchalarini baqamti, yani birgalikda qo`llashgina sohani to`liq ifodalashini ko`rsatadi;

- Marifat xonasi haqida ham xuddi yuqoridagiday mulohaza bildirish mumkin, yani bu yerdagidek manaviyat so`zini tushirib qoldirish to`g`ri emas;

- Manaviyat va marifat maskani deb ham bo`lmaydi. Chunki maskan so`zi mazmunan katta manoni anglatadi. Talim muassasasining o`zini maskan deb hisoblasak, bu xona o`zi talim maskanida tashkil etilgan bo`lishi mumkin;

- Manaviyat maskani deb nomlashda ham marifat so`zi kamlik qiladi, ham maskan atamasi, yuqorida aytilganidek, mos kelmaydi.

- Manaviyat burchagi deb bo`lmaydi, chunki manaviy-marifiy tadbirlar o`tkazishga mo`ljallangan joy burchak tarzida bo`lmasligi kerak;

- Manaviyat majmuasi atamasi to`g`ri kelmaydi, chunki, birinchidan, marifat so`zi yetishmayapti, ikkinchidan, majmua bo`lishi uchun bu joy bir necha xonadan iborat bo`lishi kerak;

- Manaviyat va marifat markazi deb bo`lmaydi, chunki, birinchidan, mamlakat miqyosida faoliyat olib boradigan Respublika Manaviyat targ`ibot markazi mavjud, ikkinchidan, korxona yoki muassasadagi Manaviyat va marifat xonasi markaz maqomiga ega emas. Odatda, Markaz deganda ko`z oldimizda Adliya vazirligi tizimi tomonidan rasmiy ro`yxatga olingan, o`z Nizomi va hisob raqamiga ega tashkilot gavdalanadi.
 
2005-yili Toshkent shahrining Talabalar shaharchasida tashkil etilgan Manaviyat va marifat markazi ana shunday maqomga ega. Chunki u poytaxtimizdagi barcha oliy talim muassasalari talabalari o`rtasida markazlashgan holda manaviy-marifiy ishlar olib boradi. Bundan tashdari, uning faoliyati turli tarmoqlardan tashkil topgan;

- Manaviyat markazi deb ham bo`lmaydi, birinchidan, nima uchun markaz deb bo`lmasligini yuqorida aytdik, ikkinchidan, bu yerda ham marifat so`zi yetishmayapti.

Xulosa qilib aytganda, korxona va muassasalarda tashkil etilgan bunday joyni Manaviyat va marifat xonasi deb atash maqsadga muvofiq, keladi va bu mazkur xonaning vazifasini to`g`ri aks ettiradi.
 
Yagona andoza kerakmi?
Manaviyat va marifat xonasi hozirgi paytda umumiy o`rta talim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, oliy talim muassasalari, turli davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari, ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinayotir. Albatta, ular shunchaki, yani xo`jako`rsinga yoki ko`z-ko`z qilish uchun emas, balki manaviy-marifiy ishlarni tashkil etish va samarali o`tkazish maqsadida tashkil etilishi kerak. Boshqacha aytganda, Manaviyat va marifat xonasi har bir jamoaning yuzi bo`lishi, kishilarning manaviy boyishiga xizmat qilishi lozim.

Xush, Manaviyat va marifat xonasini tashkil etish uchun butun mamlakatimizda hamma amal qiladigan yagona andoza bo`lishi zarurmi?

Albatta, har bir muassasa va tashkilot, korxona va jamoa o`z imkoniyatlari, faoliyat turi, o`ziga xos maqsadlaridan kelib chiqib Manaviyat va marifat xonasi tashkil etadi. Shunga ko`ra, bir qarashda, yagona andozaga hojat yo`qday tuyulishi ham mumkin.

Modomiki, mamlakatda milliy g`oya targ`iboti va manaviy-marifiy ishlar Respublika Manaviyat va marifat kengashi tomonidan tashkil etilayotgan va muvofiqlashtirilayotgan, bu sohada o`ziga xos yagona tizim shakllangan ekan, Manaviyat va marifat xonasi muayyan umumiy talablarga javob berishi, uni tashkil etish bo`yicha yagona andoza bo`lishi shart.

Lekin bu andoza, birinchidan, barcha uchun majburiy va qatiy qoida qilib qo`yilmasligi, ikkinchidan, u ixtiyoriylikka, yani muayyan shart-sharoitdan kelib chiqib amalga oshiriladigan o`ziga xosliklarga monelik qilmasligi lozim.

Shuning uchun Manaviyat va marifat xonasi  ning andozasi tavsiya tarzida bo`lishi zarur.

Manaviyat va marifat xonasi tashkil etish uchun qanlay joy tanlanishi kerak?
Manaviyat va marifat xonasi tashkil etish uchun joy tanlashda quyidagilarga rioya qilish kerak:
  • umumiy urta talim maktablari, akademik liteylar, kasb-hunar kollejlari, oliy talim muassasalarida axborot-resurs markazi (kutubxona)ning qiroatxonasi (o`qish zali) yoki auditoriyalardan birida tashkil etilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi;
  • vazirliklar, davlat kumitalari, uyushmalar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, birlashmalar, banklar, muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarining kichik majlislar zalida tashkil etilgani maqul;
  • xona 30-50 nafar kishiga mo`ljallangan, yorug` va binoning qulay joyida joylashgan bo`lishi lozim;
  • xonada majlislar o`tkazish uchun oval yoki to`rtburchak shaklida stol-stullar joylashtirilishi zarur.
Manaviyat va marifat xonasini qanday jihozlash lozim?
Manaviyat va marifat xonasini jihozlashda quyidagi qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiq:
  • Manaviyat va marifat xonasining kirish eshigi tepasida Manaviyat va marifat xonasi degan yozuv bo`lishi - shart;
  • Manaviyat va marifat xonasiga kirganda eshikning o`ng yoki chap yonida - devorning qulay yerida hafta kunlari bo`yicha amalga oshiriladigan ishlar rejasi osilgan bo`lishi kerak;
  • Manaviyat va marifat xonasining turidagi devorda O`zbekistan Respublikasi Davlat gerbining rangli burtiq shakli o`rnatilgan bo`lishi zarur;
  • Manaviyat va marifat xonasi turida rayosat uchun mo`ljallangan kursilarda o`tirganda o`ng tarafda O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning portreti, uning yonida O`zbekistan Respublikasining siyosiy xaritasi, chap tarafda esa O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i hamda Davlat madhiyasi matni aks ettirilgan plakatlar joylashtiriladi (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti portreti, O`zbekiston Respublikasining siyosiy xaritasi, O`zbekiston Respublikasining Davlat bayrog`i hamda Davlat madhiyasi matni aks ettirilgan plakatlar bilan bir xil hajmdagi ramkaga solingan bo`lishi shart);
Vaziyatdan kelib chiqqan holda mintaqa va hududlarda tashkil etiladigan Manaviyat va marifat xonasida o`sha mintaqa yoki hudud (yoki ham mintaqa, ham hudud)ning xaritasi ham o`rnatilishi mumkin. Biroq bunda dizayn talablari va simmetriya qoidalariga qatiy rioya etilishi zarur.
Manaviyat va marifat xonasining devorida milliy istiqlol mafkurasining bosh (Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etaylik!) va yetti asosiy g`oyasi Vatan ravnaqi, Yurt tinchligi, Xalq farovonligi, Komil inson, Ijtimoiy hamkorlik, Millatlararo totuvlik, Dinlararo bag`rikenglik) stend shaklida joylashtiriladi.
Manaviyat va marifat xonasida 6 ta kitob javoni bo`lishi maksadga muvofiq. Kitob javonlariga materiallar quyidagi tartibda qo`yiladi:
1-kitob javonida:
  • O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning asarlari;
  • milliy g`oya targ`iboti va manaviy-marifiy ishlarni olib borish hamda takomillashtirishga qaratilgan kitoblar, uslubiy qo`llanmalar, dasturlar, boshqa nashriy materiallar;
  • badiiy asarlardan namunalar;
2-kitob javonida:
  • O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, sohaga oid ayrim qonunlar (jumladan, O`zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari to`g`risidagi qonunlari) va qonunosti hujjatlar (O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Respublika Manaviyat va marifat kengashi, Respublika Manaviyat targ`ibot markazi Nizomlari) matnlari;
  • ijtimoiy yo`naltirilgan yil Davlat dasturi va uning ijrosi bilan bog`liq materiallar tizimlashtirilgan holda joylashtiriladi;
3-kitob javonida:
  • dolzarb ijtimoiy-siyosiy, g`oyaviy-mafkuraviy, manaviy-marifiy mavzulardagi adabiyotlar;
  • milliy manaviyatimizga zid bo`lgan manaviy tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan targ`ibot ishlari yuzasidan tayyorlangan maruza matnlari va boshqa materiallar;
  • shu tashkilot yo muassasa, korxona yo jamoada turli yo`nalishlarda amalga oshirilgan ishlarni aks ettiruvchi fotoalbomlar joylashtiriladi;
4-kitob javonida:
  • tashkilot yo muassasa, korxona yo jamoada xotin-qizlar faoliyatiga oid Zulfiyaxonim qizlari, Orasta qizlar burchaklari va tegishli hujjatlar;
  • tashkilot yoki muassasa, korxona yoki jamoaning ushbu yo`nalishda amalga oshirilayotgan ishlarini aks ettiruvchi fotolavhalar va albomlar qo`yiladi;
5-kitob javonida:
  • Kamolot YoIH, tashkilotining Nizomi va ish rejalari;
  • Kamolot YoIH tashkilotining Nizomida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan tayyorlangan hujjatlar;
  • Kamolot sardorlari, guruh-sardorlari faoliyati, tashabbuslari, tashkilotdagi faol yoshlar erishayotgan natijalar yuzasidan tayyorlangan fotolavhalar va albomlar;
  • davriy nashrlar (gazeta va jurnallar) yig`masi qo`yiladi;
6-kitob javonida:
  • kasaba uyushmasining shu tashkilot yo muassasa, korxona yo jamoadagi qo`mitasi faoliyatiga oid hujjat va materiallar joylashtiriladi. 
Manaviyat va marifat xonasini texnik jihozlash uchun quyidagi vositalar bo`lishi lozim:
  • proyektor;
  • ekran;
  • flepchat doska;
  • televizor;
  • DVD;
  • kompyuter;
  • printer;
  • internetga ulanish imkoniyati.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish