(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Poytaxtdan xushxabar

Poytaxtdan xushxabar

  • 6-05-2017, 00:30
  • ziyo11
  •  
  • 1565
  •  
  •  
"Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi" ko`rik-tanlovi umumtalim muassasalarining eng ilgor, izlanuvchan, tashabbuskor oqituvchilarini aniqlash, ularning qobiliyati va mahoratini yuzaga chiqarish, samarali metodlarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan. Bu haqida Respublika Xalq talimi vazirligining "Xalq ta`limi tizimidagi ko`rik-tanlovlarni o`tkazish dasturi tanlov.uzedu.uz rasmiy veb-saytida bayon qilingan.

Yillar davomida oqituvchilar orasidan iqtidorlarini tanlash, ularni ragbatlantirish maqsadida "Yil oqituvchisi ko`rik-tanlovi otkazib kelingan. 2005-yildan buyon mazkur ko`rik-tanlovni fanlar kesimida otkazilish goyasi ilgari surildi.

Maktab talimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida yaratilayotgan sharoitlardan  samarali foydalanib fanlar kesimida eng mohir, eng yaxshi oqituvchini tanlash, oqitish, talim berish uslublarini takomillashtirish orqali talim-tarbiya sifati va mazmuni samaradorligini oshishiga va mahoratli oqituvchilarning  oz maktablarini yaratilishiga erishish maqsadida Yilning eng yaxshi fan  oqituvchisi korik-tanlovini otkazish togrisidagi Nizom qabul qilingan. 

2017-yil 1-3-aprel kunlari  Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi korik-tanlovining respublika bosqichida maktabimizdan 4 nafar o`qituvchi ishtirok etishdi va quyidagi natijalarni egallashdi. 

  • Nayimov Shohidjon Orifboyevich tarix fani o`qituvchisi, 1-o`rin
  • Achilov Jasur Azamatovich huquq, milliy g`oya va ma`naviyat asoslari fani o`qituvchisi, 3-o`rin
  • Suyunov O`ktam fizika fani o`qituvchisi, 3-o`rin  
  • Radjabova Xursandoy Askarovna matematika fani o`qituvchisi, faol ishtirokchi
G`OLIBLIK MUBORAK BO`LSIN, AZIZ HAMKASBLAR!

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish