(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Maktablarda o'quv yili uzaydi, ta`tillar muddatlari o'zgardi.

Maktablarda o'quv yili uzaydi, ta`tillar muddatlari o'zgardi.

  • 24-03-2017, 20:55
  • ziyo11
  •  
  • 1134
  •  
  •  

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan umumiy o'rta ta`lim to'g'risidagi yangi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma nashrida xabar berilgan.

Nizomda o'quv yili davomiyligi va ta`tillar muddatlariga o'zgartirishlar kiritilgan. Unga ko'ra O'zbekiston maktablarida joriy o'quv yili 33 haftadan 34 haftaga uzaygan, birinchi sinflar uchun esa 30 hafta o'rniga 33 hafta etib belgilangan.

O'quv yili davomidagi ta`tillar muddati quyidagicha belgilandi: 

Kuzgi ta`til: 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun (ilgari 4-noyabrdan boshlab 8 kun);

Qishki ta`til: 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kuni (ilgari 31-dekabrdan 11 kun);

Bahorgi ta`til: 21-martdan boshlab 7 kalendar kuni (ilgari 22-martdan 10 kun);

Yozgi ta`til: oxirgi bosqichli nazorat sinovi o'tkazilgan kundan, bosqichli nazorat o'tkazilmaydigan sinflar uchun esa o'quv yili tugagan kundan keyingi kundan boshlab 1-sentabrgacha (o'quv yili (imtihonlar) tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha);

1-sinf o'quvchilari uchun qo'shimcha bir haftalik ta`til: fevral oyi davomida (fevral oyi o'rtalarida).

Barcha maktablarda dars soati qat`iy ravishda 45 daqiqa deb, tanaffus esa 5-10 daqiqa deb belgilandi.

Hujjat 2017-yil 22-martdan kuchga kirdi.

Manba: kun.uz

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish