(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Tabiiy ofatlarda ozini tutish qoidalari

Tabiiy ofatlarda ozini tutish qoidalari

  • 15-03-2017, 15:44
  • ziyo11
  •  
  • 1232
  •  
  •  
Zilzila
Yuz berishi mumkin bolgan tabiiy ofatlarga oldindan tayyorgarlik korilsa, ozingni va boshqalarni qutqarib qolish mumkin.

Zilzilagacha:
Zilzila sodir bolgan taqdirda har kungi sharoitda: uyda, maktabda, kochada va h.k. ozingni qanday tutishingni oldindan oylab qoying. Bu sizga yer silkinishi roy berganda eng togri yolni tanlashingga imkon beradi.

Zilzila paytida:
  • Eng muhimini yodda tuting: zilzila boshlangan bolsa ozingiz vahima qilmang va boshqalarning sarosimasiga uchmang;
  • Agar zilzila kuchsiz bolsa,qorqmang, yaxshisi qayerda bolsangiz, osha yerda turing;
Zilzila kuchliroq (silkinish kuchi besh va undan ortiq ball) roy bergan holda siz bino ichida bolsangiz:
  • Ikkinchi va undan yuqori qavatlarda xonadan chiqmang;
  • Ichki devor oldidagi, burchakdagi, eshik ornidagi, tayanch ustun oldidagi, xavfsiz joyga turib yoki vannaga yotib oling;
  • Karavot, stol tagiga kirib oling, ular sizni qulab tushayotgan narsa va parchalardan saqlaydi. Deraza va ogir jihozlardan uzoqroqda turing. 

 


Mumkin emas:
  • Birinchi qavatdan yuqori bolgan derazalardan sakrash, eshik oldida tirbandlikni hosil qilish;
  • Liftdan foydalanish;
  • Gugurt, sham yoqish, olovdan foydalanish;
Agar siz kochada bolsangiz:
  • Binolardan va elektr uzatish tarmoqlaridan uzoqroqdagi ochiq joyga otib oling, uzilgan elektr simlariga yaqinlashmang;
  • Binolar yonida yurma va ular ichiga kirmang.
Agar siz avtomobilda bolsang:
  • Ochiq joyda bolib, to silkinishlar toxtamaguncha avtomobildan chiqmang.
  • Yodingda bolsin, zilziladagi yerning harakati insonlarning halok bolishiga kamdan-kam sabab boladi.
Zilzila vaqtida baxtsiz hodisalarning asosiy sabablari quyidagilardir:
  • Binolarning ayrim bolaklarining qulashi;
  • Oyna siniqlari tushishi;
  • Uzilgan elektr simlar;
  • Xonalarda ogir buyumlar agdarilishi;
  • Yonginlar;
  • Sarosimada odamlarning nazorat qilib bolmaydigan xatti-harakatlari.
Zilziladan keyin:
  • Muhtoj bolganlarga birinchi yordam korsating;
  • Suv, gaz va elektr tarmoqlarini tekshir va ularni ochiring;
  • Radiopriyomniklarni ishlatib qoying;
  • Gazni faqat hidi boyicha aniqla, aslo gugurt yoqmang. Gaz chiqayotganini sezsangiz, darhol deraza va eshiklarni oching, xonadan chiqib keting va maxsus xizmat xodimlariga bu haqda xabar bering;
  • Telefondan faqat muhim axborotlar yetkazish uchun foydalaning;
  • Shikastlangan imoratlardan ehtiyot boling, binoning ichiga kirmang.
  • Shikastlanganligi korinib turgan binolarga yaqinlashmang va ularning ichiga kirmang. Takroriy silkinishlar roy berishiga tayyor boling, ular bir necha sutka, hafta yoki oylardan keyin ham yuz bersada, zilziladan keyingi ikki-uch soat eng xavfli hisoblanadi. Malumki, birinchi silkinishdan keyin qancha kop vaqt otsa, takroriy silkinishlar ehtimolligi shuncha kam boladi.
DIQQAT! Radioni ishlatib qoying!
Favqulodda vaziyat boyicha xizmat bolimlarining Diqqat barchaga! signallarini eshiting!

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish