(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Yer qimirlaganda aholinining harakati togrisida eslatma!

Yer qimirlaganda aholinining harakati togrisida eslatma!

  • 12-03-2017, 09:21
  • ziyo11
  •  
  • 1188
  •  
  •  
Yer qimirlashi - eng qorqinchli va inshootlarni vayron qiluvchi tabiat hodisasi hisoblanadi. U yer sharining seysmik faol qismida vujudga keladi.

Ozbekiston Respublikasi shunday seysmik faol hududlardan biri bolib, ayrim tumanlarda yer qimirlash kuchi 9 ballgacha yetadi.

Yer silkinishining kuchi 12 balli shkalada aniqlanadi. Yer yuzasida namoyon bolishiga qarab yer qimirlash quyidagicha izohlanadi:
  • 1-3 balli - kuchsiz;
  • 4-5 balli - sezilarli;
  • 6-7 balli - kuchli;
  • 8-10 balli - vayron qiluvchi;
  • 11-12 balli - halokatli.
Yer silkinishi roy berganda insonlarda paydo bolgan qorquv uning hayot uchun xavfli harakatlar qilishiga olib kelishi mumkin. Seysmik faol hududlarda doimo yashaydigan yoki vaqtincha u yerda bolgan aholi yer silkinganda oddiy ehtiyot choralarini bilishlari va  ularni qollashlari  shart.

Yodingizda bolsin, yer silkinishidan avval, silkinish davrida va undan keyin ozini boshqara olgan inson, qorquvni yengishi osonroq kechadi.

Yer qimirlaganda aholini muhofaza qilish chora tadbirlari
1. Yer silkinishi xavfi bolganda binodan chiqish yolini oldindan belgilab qoyish kerak. Yodingizda bolsin - yer silkinishi yarim tunda ham yuz berishi mumkin. Chiqish yollari, eshiklar odamlar bilan tirband bolib, tashqariga tez chiqishni qiyinlashtiradi. Binoni tez tark etish birinchi qavat derazalari orqali ham amalga oshiriladi. 

2. Uyingizdagi xavfsiz joylarni oldindan belgilab qoying, bu - xonaning asosiy devorlari orasidagi burchagi, ichki eshiklar orni, stol, karavot, stanoklar osti bolishi mumkin. Yer qimirlaganda uyning eng havfli joylari - ichki va tashqi deraza ostilari, devorlarning oyna bilan qoplangan qismlari, ayniqsa oxirgi  qavatlardagi burchakda joylashgan xonalar,  lift va zinapoya maydonchalari bolishi mumkinligini hisobga olish kerak.

3. Oila azolari va bolalarga xavfsiz joyni egallashni orgatish zarur.

4. Oilangiz azolari va ozingiz kvartirangizda, podezdda, uyingizda  gaz, elektr, suvni ochirish yollarini bilishingiz lozim.

5. Qariya, nogiron va bolalar xavfsizligini taminlash yolini oldindan oylab qoying. 

6. Xonalardagi shkaf, kitob javonlarni devorlarga mahkamlab qoying. Uy jixozlarni uxlaydigan orinlarga yiqilmaydigan holatda, eshik va chiqish yollarini tosib qoymaydigan qilib joylashtirish kerak.

7. Javonlar, shkaflar ustidagi ogir buyumlar qattiq mahkamlab qoyilishi yoki odam ustiga tushib ketishi mumkin bolgan buyumlar pastga yoki ishonchli joyga joylashtirilishi shart. Dam olish orinlari   derazadan, katta oynalardan,   tushib ketishi   mumkin   bolgan buyumlardan uzoqroq bolishi shart.

8. Javonlarni dam olish orinlaridan, xonaga kirish eshigidan, rakovina va unitazlardan uzoqroq  joyga ornating.

9. Uyga kirish yolini, yolaklarni, va zinapoyalarni  buyumlar bilan tosib qoymang.

10. Tez alangalanuvchi va oyuvchi suyuqliklar solingan idishlarni yer qimirlab, bino silkinganda tushib ketib, portlab yoki yonib ketmaydigan xavfsiz joyda saklang.

11. Jarohatlanganda, umuman har qanday xavf bolganda birinchi tibbiy yordam korsatish choralarini organing. Doimo uyingizda dori-darmonlar, birinchi  tibbiy yordam korsatish qutichasini saqlang.

12. Garaj yoki dala, xovli yertolasidan yashirinish joyi sifatida foydalanish mumkin. U yerda ofat tugagunga qadar berkinish, oziq-ovqat zahirasini, kiyim-kechak va kerakli narsalarni saqlash mumkin. Shu bilan birga, qaltis qiyaliklar va kochki xavfi bolgan joylarda qurilgan uylar xavfli bolishi mumkinligi yodingizda bolsin. 

13. Uyingiz   xolatini   tekshirib  chiqing,  uni   mustahkamlash   yollarini aniqlang.

14. Uyingiz yoki ish joyingiz qishloqdagi aholi yashayotgan joylarda joylashgan bolsa, xavfli jarayonlar,   yani   sel   kelishi,   kochki xavfi bolgan tog hududida,   suv   bosishi   mumkin bolgan hududlarda ekanligini aniqlab, oila azolari va qoshnilar bilan birgalikda xavfsiz joyga chiqish yollarini belgilab qoying. Chunki yer silkinishi natijasida yer kochkisi,  opirilishi,  siljishi, tosh kochkisi,  yerning yorilishi, tuproq qatlamlarning chokishi, tuproqning siqilib balchiqqa aylanish hollari yuz berishi mumkin.

Kuchli yer silkinish vaqtida
Yer qimirlash roy berganda, yerning yuza qismi uncha uzoq  bolmagan vaqt tebranib turadi. Yer silkinish davri silkinish yer qatlamining yuzasida va yaqin masofada bolsa bir necha soniya, chuqurroq va olisda bolsa 2-3 daqiqagacha davom etishi mumkin. Bu tebranishlar insonga noqulaylik tugdirib, qorquvga tushiradi. Lekin yer silkinishining toxtashini kutishdan boshqa chora yoq. Shuning uchun sarosimaga tushmaslikka harakat qiling, osoyishtalik va xotirjamlikni saqlash juda muhim. Yer qimirlayotganda  xotirjamlik va aql bilan ish korsangiz talofotsiz chiqishingizga koproq imkoniyat boladi. Bundan tashqari  atrofingizdagi odamlar sizdan ornak olishadi va bu ular uchun nihoyatda foydali.

Xonaning ichida
1. Agar siz yer yoki binoning silkinishini sezsangiz, darxol xavfdan qutilishga harakat qiling, eng katta xavfni yuqoridan tushadigan jismlar yaratishi mumkinligiga ahamiyat bering.

2. Agar siz kop qavatli uyning birinchi qavatida xom gishtli, pishgan gishtli yoki paxsa devorli shaxsiy uylarda yashasangiz, yer qimirlash boshlanishi bilan 15-20 soniya ichida darhol uyning ichidan tashqariga chikib keting va elektr simlari, gaz quvurlari va baland imoratlar tagidan uzoqroqqa ochiq joyga oting.

3. Agar xonaning ichida qolsangiz oldindan belgilab olingan xavfsiz joyga turib oling. Mabodo yuqoridan suvoq parchalari, yoritgich asboblari, oyna siniqlari tushadigan bolsa, stol yoki krovatlar tagiga berkinib oling. Maktab  oquvchilari  partalarning tagiga kirib, oynaga teskari ogirilib, boshlari va yuzlarini qollari bilan berkitib olishlari zarur.

4. Agar  siz  kop  qavatli  uylar  va  imoratlarning  birinchi qavatidan yuqorida bolsangiz, hech qachon lift yoki zinapoyalarga qarab
yugurmang, chunki kop hollarda yer qimirlash davrida ushbu qurilmalar birinchi navbatda qulaydi. Bunday hollarda uyning eshigini ochib uning orniga turing. Eshik kesakisi qotib qolsa xavotir bolmang, bu hol imorat devorlarining ogishidan boladi.

5. Har qanday binoning oynaband devorlaridan uzoqroqda, asosiy devori yonida turishga harakat qiling. Oyna tosiqlardan ehtiyot boling.

6. Ikkinchi va yuqori qavatdan yuqori qavatlarda bolsangiz, zinhor derazadan pastga sakramang, chunki binoga zarar yetkazilmasa ham, siz jarohatlanishingiz mumkin.

7. Sakrashga majbur bolgan hollarda zinxor yopiq deraza oynasiga qarab sakramang, oynani taburetka yoki yelkangiz bilan sindirib keyin sakrang.

8. Odamlar bilan gavjum joylarda (dokon, kinoteatr, maktab, oliygoh, vokzal) sarosimaga tushmang, binoning asosiy devorlariga, ustunlarga yaqinroq osilib turgan buyumlardan, qandil, shamollatgich, reklama taxtalardan uzoqroq  turish kerak.

9. Ozingizni xotirjam tuting, atrofingizdagilarni sarosima tushiradigan harakatlar qilmang, eshik va yolaklarda tirbandlik hosil  qilmang.

10. Qishloq joylarida yer silkinishi oqibatida yer kochkisi roy berishi, sel kelishi, tog toshlari tushishi mumkin. Shuning uchun tepaliklar ustiga yoki suv bosmaydigan, yuqoriroq joyga chiqib olishga yoki tik tog yonbagirlaridan ostidan  uzoqroq joylarga otishga harakat qiling.

11. Molxonalar yonida turish mumkin emas, chunki xurkib ketgan hayvonlar tagida qolib ketish xavfi mavjud.

Kochada
1. Kop qavatli bino ostida turgan bolsangiz, ochiq joyga chiqishga harakat qiling, chunki bino silkinishi natijasida siniq parchalari ustingizga tushishi mumkin. Elektr simlari tagida ham turmang, uzilib ketishi mumkin. Uzilib ketgan simlardan ehtiyot boling.

2. Bino boylab uning tagida yugurmang, binoga kirmang, yuqoridan tushishi mumkin bolgan bolaklar hayotingiz uchun xavfli.

3. Yer silkinayotgan vaqtda avtomobilda ketayotgan bolsangiz, yuqori qavatli binolar, elektr simi, tik yonbagirlar, kopriklar, benzin quyish shoxobchalari,  daryo ozanidan uzoqroq joylarga borib mashinani asta toxtating.

Yer qimirlaganidan song 
Yer qimirlashi toxtagandan keyin binolarning holatini, jabrlangan odamlarni kuzatishingiz mumkin. Bunday hollarda xotirjamlik bilan  darhol  shikastlangan, jaroxatlanganlarga yordam korsatishni boshlang.

1. Yordamga muhtoj odamlarga birinchi tibbiy yordam korsating. Jarohat olganlarni sovuq qotmasligi uchun korpa bilan orang va shifoxonaga yuboring.

2. Kasallar, bolalar va qariyalar xavfsizligini taminlang, ruhiy dalda bering.

3. Yengil buyumlar ostida qolganlarga yordam bering. Ehtiyot boling. Qoshimcha tibbiy yoki boshqa yordamga xojat bolsa yordam kelguncha kuting.

4. Yongin ochogini sezsangiz, iloji boricha ochirishga harakat qiling.

5. Elektr   simlarini uzilmaganligini tekshirib koring. Buzilgan joyini tuzatishga harakat qiling yoki elektr tarmogini ochirib qoying.

6. Suv  tarmogini tekshirib chiqing.  Agar  buzilgan  bolsa, tuzatishga harakat qiling yoki tarmoqdan uzib qoying.

7. Gaz tarmogini jumragidan berkitib qoying, agar gaz tarqalish xavfi mavjud bolsa, uni hididan aniqlang, gugurt yoki shamdan foydalanmang.

8. Kanalizatsiya quvuridan foydalanishdan oldin, uning sozligini bino ichida, yertolada tekshirib koring.

9. Xavfli  yengil alanga oluvchi   suyuqliklar  tokilgan  bolsa  (benzin, kimyoviy moddalar va boshqalar), tezda bartaraf qiling va bu    haqda boshqalarga xabar bering.

10. Vayron bolgan binolar yoniga bormang, ularning ichiga kirmang. Agar sizning yordamingiz kerak bolmasa, yer qimirlagan va vayron
bolgan joyga kirmang.

11. Yertola eshiklarini ochishda ehtiyot boling, chunki ustingizga suvoq parchalari, ustunlar yoki ogir jismlar tushishi mumkin.

12. Telefonni keraksiz axborotlar uchun band qilib turmang, chunki telefon yordamga chaqirish, muhim hodisalar, yaradorlar va jinoyatchilar haqida axborot berish uchun kerak boladi. Yodingizda bolsin, telefon tarmogining band bolishi qutqaruv xizmati ishlari samaradoligini kamaytirishi mumkin.

13. Yer qimirlashining takrorlanishi mumkinligi haqidagi oz fikringizni birovlarga tarqatmang, yoki mish-mishlarga ishonib gap tarqatmang. Rasman elon qilingan  axborotlardan foydalaning.

14. Agar siz vayrona ostida qolgan bolsangiz, iloji boricha xotirjamlik bilan sharoitni togri baholang. Ozingizga birinchi tibbiy yordam korsating, agar lozim bolsa qon oqishini toxtating va jarohatni boglang.

15. Yoningizdagilarga yordam korsating, tinchlanishiga  yordam  bering. Vayronalardan tashqaridagilar bilan tovush orqali yoki biror narsani taqqillatish  bilan aloqa ornatishga harakat qiling. Kuchlaringizni tejang. Yodingizda bolsin, yordam albatta keladi.

16. Yodingizda bolsin, yerning qayta silkinishi aftershoklar xavfi saqlanib qolishi mumkin. Aftershoklar, asosiy yer qimirlagandan song  bir necha daqiqa, soat, bazi vaqtlarda kunlardan keyin ham yuzaga kelishi mumkin.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish