(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Sel kelish xavfi yuzaga kelganda aholiga eslatma!

Sel kelish xavfi yuzaga kelganda aholiga eslatma!

  • 11-03-2017, 20:32
  • ziyo11
  •  
  • 1002
  •  
  •  
Sel - katta miqdorda tog toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda togdan oqib tushuvchi suv oqimi bolib, muntazam jala quyishi (85% holatlarda), tog qorlarining erishi (4% hollarida), tog suv havzalari,  suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirgoqlarining  opirilib ketishi (1,3% hollarida) va boshqa sabablar (9,7% hollarda) olib kelishi mumkin. 

Katta hajmga va yuqori tezlikka ega bolgan sel oqimi, yolidagi barcha binolarni, aholi yashaydigan uylarni, gidrotexnik inshootlarni buzib, qishloq xojalik ekinlarini, boglarni payhon qiladi. Odamlar va hayvonlarni nobud qiladi.
 
Ozbekiston Respublikasidagi barcha tog va tog oldi hududlari sel xavfi bolgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan (19%), Fargona (14%), Surxondaryo (13%), Toshkent (12%), Samarkand (12%) va Qashqadaryo viloyatlari (12%) hududlari suv toshqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi.

Sel oqimi vujudga kelishi aprel va may oylariga togri keladi, bu davrda  tog va tog oldi hududlarida kop yomgir yogishi kuzatilgan.
 
Sel xavfi bolganda aholining harakati boyicha tavsiyalar
 
1. Sel   xavfi   bolgan   hududlarda  yashovchi   har   bir   kishi  uning uyi, xojaligini sel kelish hududida joylashganligi haqidagi malumotga ega bolishi kerak va Uzgidromet, FVV/FVB, hokimiyatlar vakillari  tomonidan berilgan korsatmalardagi sel va suv toshqinidan himoya qilish yol-yoriqlariga albatta amal qilishi lozim. 

2. Sel oqimining otishi va uning oqibatlari katta moddiy zarar keltirib, odamlar hayot va sogligiga xavf tugdirishi mumkin (sel oqibatida odamlarning qurbon bolganligi bir necha marta qayd qilingan).

3. Sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi togrisida habar eshitgandan song darxol xavfsiz joyga kochish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining  tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun  vaqt juda chegaralanganligini  (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bolishi mumkin) doimo yodda tutish lozim.  

4. Sel oqimidan xalos bolishning iloji bolmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat vaqt davom etishi mumkin.

5. Sel oqimi otgandan song devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taminotining sozligini tekshirish zarur.
 
Sel  oqibatlarini kamaytirish boyicha otkaziladigan tadbirlar

1. Doimo sel-suv toshqini roy berishi ehtimol bolgan hududlarda joylashgan uy-joylar va boshqa obektlar royxati aniqlanib turiladi, aholi va obektlarni muhofaza qilish uchun otkaziladigan tadbirlarning yol-yoriqlari korsatilgan tegishli tavsiyanomalar tarqatiladi.

2. Sel oqimi xavfi bolgan qayirlarda ishlab chiqarish muassasalari va uy-joylarini ishonchli muhofaza inshootlari bolmagan va Ozgidromet bilan kelishilmagan holda qurish qatiyan man etiladi.

3. Sel xavfi yuzaga kelganda kuzatuv va xabar berish xizmati tashkil etiladi.

4. Quyidagi agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi: yonbagirlarda erga kondalangiga ishlov berish, tog yonbagirlarini pogona-pogona qilish, tog adirlarida suv yollari ochish, er haydalib ekiladigan ekinlarni ekishga yol qoymaslik, emirilishga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, daryo ozanlari, tog adirlarida ormonchilikni tashkil etish va ularni saqlash.

5. Sel omborlari, selni ushlab turuvchi, selni boshqaruvchi va selga qarshi gidrotexnik inshoot, selxonalarni qurish ishlari amalga oshiriladi.
 
Gidrometeorologik hodisalarni kuzatish va nazorat qilish Ozgidromet va uning bolinmalari tomonidan Ozbekiston Respublikasi xuzuridagi sel-toshqin va qor kochkilari ehtimoli mavjud zonalarni aniqlash, tekshirish va dala kuzatishlar yoli bilan amalga oshiriladi. Dala kuzatuvlari malumotlariga kora songgi yillarda xavfli zonada joylashgan inshootlar soni oshishi kuzatilmoqda.

Kop yillik kuzatishlar mobaynida Ozbekiston hududida sel toshish ehtimoli aprel-iyun oylarida bir muncha faollashuvi qayd etilgan va sodir bolgan hodisalar quyidagicha taqsimlangan: aprel oyida 30 %, may oyida 36 %, iyun oyida 14 %.

Aprel-may oylarida Toshkent, Jizzax, Samarqand, Surxandaryo. Qashqadaryo viloyatlari va Fargona vodiysi tog-yonbagirlarida sel toshqinlarining bolishi kuzatiladi. Iyun-iyul oylarida sel toshqinlari Namangan va Fargona viloyatlari tog-yonbagri hududlarida sel-toshqin harakati saqlanib qoladi. Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham sel toshqinlari bolib otish ehtimoli mavjud.

Gidrometeorologiya bosh boshqarmasining viloyatlardagi bolinmalari tomonidan otkazilgan tekshirishlar natijasida sel toshqini xavfi mavjud bolgan asosiy hududlari deb:

Fargona vodiysi (Fargona, Namangan va Andijon viloyatlari);

Janubiy Ozbekiston (Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari);

Shimoli-sharqiy va Sharqiy Ozbekiston (Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlari) belgilandi.
 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish