(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Botulizmdan saqlaning!

Botulizmdan saqlaning!

  • 11-03-2017, 20:05
  • ziyo11
  •  
  • 1197
  •  
  •  
Botulizm ovqatdan zaharlanishlar ichida ogir kechadigan kasallikdir. Bu kasallik botulizm tayoqchalari bilan zararlangan ovqat iste'mol qilinganda vujudga keladi va markaziy asab tizimini shikastlanishi bilan kechadi.

Botulizm tayoqchalari tabiatda keng tarqalgan bolib, tuproq, suv, hayvon, baliqlar ichagida uchraydi va qobiq ichida yillar davomida saqlanadi. Kislorodsiz va qulay sharoitda kopayadi, hamda inson uchun xavfli bolgan zahar ishlab chiqaradi.

Botulizmning asosiy sabablari:
Kasallik odamda uy sharoitida termik ishlov berish qoidalariga amal qilinmay tayyorlangan konserva (sabzavot,meva, qoziqorin,gosht,baliq), dudlangan tovuq goshti, kolbasa mahsulotlarini iste'mol qilinganda kelib chiqadi.
 
Konservalash jarayonida gigienik va texnik qoidalarga rioya qilinmaslik natijasida, mikrop konserva bankasida yopiq muhitda tez rivojlanadi. Sifati buzilgan konserva mahsulotlari ichida gaz yigilishi natijasida qopqogi kotarilib qoladi (bombaj).
 
Bemor odamda quyidagi belgilar kuzatiladi:
  • odamning boshi ogriydi
  • kongli aynib, qusadi
  • ogzi quriydi       
  • koz oldi qorongilashib, narsalar qoshaloq bolib korinadi.
  • koz qorachigi kengayadi
  • nutqi buziladi (afoziya)
  • nafas olishi qiyinlashadi
  • yutinishi qiyinlashadi
  • yuragi toxtab qolayotgandek tuyuladi.
Kasallik qanday kechadi:
Kasallik zararlangan ovqatni iste'mol qilinganidan 12-24 soat otgach, yoki 1-5 kundan keyin boshlanadi. Zahar (toksin) ichakda tez sorilib, qonga otadi va butun organizmga tarqalib, asab tizimini,shu bilan birga mushaklarni shikastlaydi.

Kasallikni oldini olish uchun:
  • uy sharoitida konserva tayyorlash jarayonida har bir inson sanitariya     va gigiena qoidalariga rioya qilishi kerak;
  • konserva mahsulotlarini tayyorlashda (sabzavot-meva, qoziqorin va kokatlarni) sifatiga ahamiyat berish kerak;
  • sabzavot-mevalar tuproq bilan ifloslanishi mumkin, shu bois ularni oqar suvda, song qaynatilgan suvda yaxshilab yuvish kerak;
  • mahsulotlarni yuqori  harorat ostida 20 daqiqadan kam bolmagan vaqt davomida qaynatish kerak;
  • nordon bolmagan (bodring, yashil noxot) mahsulotlaridan konserva tayyorlashda ularga uksus kislotasi qoshishni unutmang;
  • uy-sharoitida konserva tayyorlamaslik kerak;
  • konserva mahsulotlarini qorongi va salqin joyda saqlang.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish