(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Yangi Internet tashabbusi-2016 tanlovi goliblari e'lon qilindi

Yangi Internet tashabbusi-2016 tanlovi goliblari e'lon qilindi

  • 18-11-2016, 16:41
  • ziyo11
  •  
  • 1323
  •  
  •  
  

 

 Yaqinda Ozbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi, Ozbekistonda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini (ATK) rivojlantirish Fondi komagida hamda  UZINFOCOM Markazi va boshqa tashkilotlarning tashabbusi bilan Toshkent shahrida Yangi Internet tashabbusi-2016 ko`rik-tanlovi bolib otdi.

Tanlov jarayonida tanlov tashkilotchilari va hamkorlardan iborat bolgan hayat azolari quyidagi nominatsiyalar boyicha tanlov g`oliblarini aniqladilar.
      Madaniyat va sanat;
      Sog`liqni saqlash;
      Talim, shuningdek yosh avlodni tarbiyalash boyicha innovatsion g`oyalar;
      Xorijiy tillarni organish;
      Ozbekiston osimlik va hayvonot dunyosi;
      Ozbek tili va adabiyoti
      Turizm;
      Sport;
      Erkin nominatsiya.

  Maktabimiz geografiya fani oqituvchisi Abdiyev Rustam ushbu tanlovda Internet tarmog`ida milliy segmentini rivojlantirish, foydali va yangi internet-manbaalar miqdorini oshirish, yangi internet-manbaalar yaratish borasida Internet foydalanuvchilariga sifatli manbaalarni ishlab chiqarish boyicha yaratgan konsepsiya va taqdimoti bilan ishtirok etib g`oliblikni qolga kiritdi. 

Otgan haftada Yangi Internet Tashabbusi tanlovi hakamlar hayati saralab olingan 73 ta loyihalarning taqdimotlarini tinglagan edi. Talimiy resurslar, ekologiya va turzimga oid veb-saytlar, adabiy-marifiy elektron manbaalar yaratishni kozalagan loyiha mualliflaridan 58 nafari UZINFOCOM Markazida oz goyalarini himoya qildilar.

Hakamlar qaroriga kora, ushbu loyihalar orasidan quyidagi ishtirokchilarning goyalari yuqori ball toplab, tanlovning navbatdagi bosqichida qatnashish imkoniyatini qolga kiritdi.

Ishtirokchi

loyiha nomi

Ball

1.

Abdullayev Javlonbek

Medinfo.uz tibbiyot yonalishidagi portal.

90,8

2.

Shodlik Bobojonov

Kimyo laboratoriyasi tajribalarni onlayn otkazish imkonini beruvchi virtual laboratoriya.

89,68

3.

Bondarchuk Roman

Ustalar merosi Ozbekiston xalq amaliy sanati turlari va tavsifi bazasi.

85,54

4.

Orifjon Madaliyev

Falonchi.uz ozbek adabiyoti portal.

85,38

5.

Djalilov Komil

xorijliklar uchun ozbek adabiy tilini orgatuvchi resurs.

83,84

6.

Qosimov Muzaffar

Ozbek tilidagi texnik va ilmiy terminlarga oid ilmiy lugat.

83,54

7.

Yakubov Odiljon

irishkor.uz qishloq xojaligi va osimlikshunoslikka oid sayt.

83,42

8.

Isroilov Jasur

Karate federatsiyasi sayti.

80,4

9.

Avezov Salamat

It-express.uz ilmiy maqolalar bazasi.

80,26

10.

Abdiyev Rustam

Geografiya.UZ geografiya fani oqituvchilari uchun sayt.

78,68

11.

Sharapov Sardor

Ekoturizm ishqibozlariga moljallangan sayt.

76,7

12.

Gafurov Durbek

Uqish.uz talimiy sayt.

76,36

13.

Mannonov Sardor

Dilosa.uz internet dokon.

75,22

14.

Mamatov Bekzod

Bizzart.uz milliy ustalar mahsulotlari uchun internet dokon.

74,8

15.

Raxmonov Azizbek

Topilmalar.uz topilmalarni elon qilishga ixtisoslashgan sayt.

74,48

 15-noyabrdan yil oxiriga qadar davom etadigan tanlovning navbatdagi bosqichida ayni paytda saralab olingan loyihalarni amalga tatbiq etish uchun dasturchi hamda IT-ishlab chiqaruvchilar tanlanadi.

Eslatib o'tamiz, tanlovning asosiy maqsadi Internet tormogining milliy segmentini rivojlantirish, foydali va yangi internet-manbaalar miqdorini oshirish, yangi internet-manbaalar yaratish borasida barcha qiziqqan shaxslar va iqtidorli yoshlarga sifatli manbaalarni ishlab chiqarishda kerakli sharoitlarni yaratish imkoniyatlarni taqdim etishdan iborat. 

Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari 
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligi Axborot xizmati

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish