(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Ta`lim sifatini oshirish yo`lida

Ta`lim sifatini oshirish yo`lida

  • 10-11-2016, 10:24
  • ziyo11
  •  
  • 1491
  •  
  •  
Ta`lim sifatini oshirish yo`lidaXalq talimi vazirligi tomonidan tizimga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq tadbiq etish, ilg`or ish tajribalarini ommalashtirish maqsadida shu yilning 8-9-noyabr kunlari Toshkent shahrida "Aniq va tabiiy fanlarni oqitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar mavzusida aniq va tabiiy fanlar oqituvchilarining respublika forumi otkazildi.

Vazirlik tomonidan ilk marotaba tashkil etilgan mazkur forumdan asosiy maqsad umumtalim fanlarini, xususan, aniq va tabiiy fanlarni oqitish yonalishida olib boriladigan ishlarni sifat va samaradorligini oshirish, ilg`or ish tajribalarini aniqlash va ommalashtirishdan iborat.

Forum doirasida respublikaning barcha hudularidan tashrif buyurgan oqituvchilar ishtirokida bir necha tadbirlar otkazildi. Dastlab forum ishtirokchilari joriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent viloyati Parkent tumanidagi "Quyosh sandoni ilmiy ishlab chiqarish majmuasiga tashrif buyurishdi. Bu yerda quyosh enegriyasidan foydalanishga oid tajribalar bilan tanishdilar.

Shundan song forum qatnashchilari Toshkent Botanika bog`iga tashrif buyurishib, bu yerdagi flora va fauna olamining noyob turlarini kozdan kechirdilar. Xalq talimi vazirligi tasarrufidagi Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumiy orta talim maktabida yurtimizning mashhur olimlari, fan arboblari, darslik mualliflari bilan uchrashuvlar (matematika, informatika, fizika) otkazildi.

Xalq talimi vazirligi tomonidan "Aniq va tabiiy fanlarni oqitishning zamonaviy metodologiyasi: muammo va yechimlar mavzusida aniq va tabiiy fanlar oqituvchilarining respublika forumi tashkil etildi.

Respublika forumida Xalq talimi vazirligi rahbariyati va mutaxassislari, professor-oqituvchilar, yosh tadqiqotchilar hamda joylardan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq ustozlar ishtirok etishdi. Forum ikki kun davom etib, unda kimyo, fizika, geografiya, biologiya, informatika fanlarini oqitishning dolzarb vazifalari kabi oltita yonalishda ish olib bordi.

Ta`lim sifatini oshirish yo`lida9-noyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida yalpi yig`ilishi bolib otdi. Yig`ilishda respublikadagi ozining kasb mahorati fidoiyligi, faolligi bilan ajralib turgan bir guruh aniq va tabiiy fanlar oqituvchilari va metodistlari  "Xalq talimi alochisi kokrak-nishoni bilan taqdirlandi. Shu taqdirlanganlar qatorida Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi fizika fani o`qituvchisi Vafoqulov Javlon ham "Xalq talimi alochisi kokrak-nishoni bilan taqdirlandi.

Forumda aniq va tabiiy fanlarni oqitish yonalishida olib boriladigan ishlarni sifat va samaradorligini oshirish, tizimga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq tadbiq etish, ilg`or ish tajribalarini ommalashtirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Mazkur forumning materiallari T.N Qori Niyoziy nomidagi OzPFITIda tashkil etilgan ishchi guruhi tomonidan korib chiqilib, toplam sifatida chop etildi.
Forum yakunida aniq va tabiiy fanlarni oqitish samaradorligini oshirishga doir  tavsiyalar ishlab chiqildi hamda hududlarda ham shunday tadbirlarni tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Manba: Xalq talimi vazirligi
Axborot xizmati

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish