(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Ona maktabim Vatan ichra oltin beshigim

Ona maktabim Vatan ichra oltin beshigim

  • 15-04-2016, 13:14
  • ziyo11
  •  
  • 1202
  •  
  •  

  Bahor. Bir qancha  shodiyonalarni o`z bag`riga mujassam etgan yangilanish yosharish faslidir. Bu yil ushbu shodiyonalar safiga bizning 11-DIUMning 30 yoshga kirishi munosabati bilan Ona maktabim Vatan ichra oltin beshigim dasturi asosida tashkil etilgan katta bayram tadbirini kiritishimiz maktabning barcha ishchi xodimlari uchun ulkan g`urur va iftixor  baxsh etadi. Darhaqiqat, o`ttiz yil davomida bizning ilm dargohimiz minglab yutuqlarni qo`lga kiritdi. Jumladan, bugungi kunda  Respublikamizda 10 mingga yaqin maktablar orasidan birinchilikni qo`ldan boy bermay kelayotganligi 11-DIUMning  tajribali, izlanuvchan, zahmatkash pedagog xodimlarining mehnatlari samarasi desak mubolag`a bo`lmaydi Bu borada 2005-yildan buyon shu maktabning barcha mas`uliyatli yukini o`z zimmasiga olib, 160 nafar pedagog xodim va 2000 dan ortiq o`quvchi yoshlarga har jabhada o`rnak bo`lib kelayotgan  Xalq ta`limi a`lochisi Djumaniyazova Gulnora Erkinovnaning  xizmatlari tahsinga sazovr. Aynan u  kishining rahbarlik faoliyati davomida  maktab bir qancha yutuqlarni qo`lga kiritdi. Ya`ni, 2008-2009-o`quv yilidan maktabga rasman ayrim fanlardan chuqur o`qitiladigan  davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi maqomi berilishi, 28 nafar pedagog "Xalq ta`limi a`lochisi, 2 nafar xodim Davlat mukofoti bilan taqdirlanishi, 5 nafar pedagog "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi tanlovida 1-o`rinni, 4 nafari 2-o`rinni, 3 nafari 3-o`rinni olishi, 2014-yilda  maktabimiz Respublikada "Eng obod ta`lim muassasasi deya e`tirof etilishi, qator fanlar bo`yicha o`quvchilarning "Bilimlar bellashuvida  besh yildan buyon 1-o`rinni qo`lga kiritishi shular jumlasidandir.
   Bugun maktab to`g`risida qanchalik g`ururlanib gapirmaylik, baribir kamlik qiladi. Chunki 14-aprelda  bo`lib o`tgan maktabning navqiron 30 yoshi munosabati bilan tashrif buyurgan muhtaram mehmonlarimiz shu xususda to`lqinlanib gapirdilar. Jumladan, ko`p yillar shu maktabga rahbarlik qilib, hozirda o`z faoliyatini boshqa sohada davom ettirayotgan hurmatli ustozimiz Mukmenov Farid Malikovich  so`zga chiqib, o`zining dil izhorlarini mehmonlar e`tiboriga havola etdi. Shuningdek, Navoiy shahar 12-umumiy o`rta ta`lim maktabi jamoasining rahbari Azamat Azimovich ham  so`zga chiqib, maktabimiz sha`niga, pedagog va ishchi xodimlariga iliq tabriklarini yo`lladi.
   Maktabimizda tahsil olib, bugun hayotda o`zining munosib o`rnini topa olgan bir qator  iste`dodli yoshlar ham tadbirga ishtirok etdi. Ayniqsa, "Nihol  mukofoti sovrindori estrada yo`nalishining gultoji Dilso`zning tashrifi barchani birdek quvontirdi. Xonanda qo`lga kiritgan barcha yutuqlari ortida mana shu dargohning  zahmatkash, mehribon ustozlarining cheksiz mehnati mevasi ekanligini iftixor bilan so`zlab, ularning sha`niga barcha ezgu tilaklarini yo`llab, qo`shiqlari bilan bayram ishtirokchilarini   xushnud ayladi.Shuningdek, Farruh Bahranov, Sabina hamda Kamola Qodirovalarning chiqishlari ham mehmonlar ko`nglini ko`tardi.
  Ushbu ta`lim maskanida bir necha yillar avval o`sib kelayotgan yosh avlodga  ilm-u ziyo nurlarini yog`dirib, bugun keksalik gashtini surayotgan nuroniy ustozlar ham tashrif buyurib, maskanimizning bugungi  istiqbolini  ko`rib, yana  biz kabi yosh pedagoglar bilan yonma-yon  ishlash istagi tug`ilganligi, o`zlarida yanada katta shijoat va kuch g`ayrat g`oyibdan ato etilganligini aytib, yig`ilganlarning barchasini  xursand ayladi. 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish