(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Sog`lom bilimlar bilan orzu va maqsadlar sari...

Sog`lom bilimlar bilan orzu va maqsadlar sari...

  • 18-01-2016, 12:26
  • rustam
  •  
  • 1488
  •  
  •  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  
  
 
 
 Maktabimiz geografiya fani o`qituvchisi Abdiyev Rustamning http://geografiya.uz veb-saytida "Onlayn repetitor loyihasi o`z faoliyatini boshladi. Loyihaning asosiy maqsadi o'quvchi yoshlarni fan olimpiadalari, bilimlar bellashuviga, o'qituvchilarni attestatsiyaga va o'z ustida ishlashga, abituriyentlarni oliy o'quv yurtiga kirishga tayyorlash bo'yicha tayyorlangan uzluksiz va aniq maqsadli kompleks topshiriqlar asosida foydalanuvchilarini masofaviy tayyorlash va umumiy o`rta ta`lim, o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi Davlat ta'lim standarti talablari asosida geografiya fanini mukammal oqitishdan iborat.
  "Onlayn repetitor bo'limi geografiya fani bo'yicha test topshiriqlari savollarga javob shaklida tuzilgan. Masofaviy talim hamda test sinovlariga tayyorlanish jarayonida foydalanuvchilarga test shaklida berilgan amaliy ish va masalalarning yechimini organish imkoniyati berilgan.   
  O`z bilim darajangizni aniqlash uchun biror variantni ochganingizda, variantni yechish uchun Sizga 36 daqiqa vaqt berilgan. Savol yuqorisida to`rtburchak shakllarni korasiz. Berilgan test savollarni to`g`ri bajarsangiz ular yashil rangdagi to`g`ri ifodasi chiqadi, agarda noto`g`ri bajarsangiz qizilda notog`ri ekanligi haqida iks (X) chiqib, qaysi javobni belgilashingiz haqida ogohlantirish beradi va to`g`ri javob yashil rangda tasvirlanadi. Bo'limda test savollarini topshirasiz va qulay vaqtda ijobiy natijalarni qolga kiritasiz. Imtihon topshirasiz va xatolar ustida mustaqil ishlaysiz. 
  Abdiyev Rustam bugungi kunda bu loyihani yanada takomillashtirish va mavzulashtirilgan onlayn testlar bazasini yaratish, shuningdek, ilg`or pedagogik texnologiyalarga asoslangan innovatsion loyihalar yaratish ustida  ish olib bormoqda.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish