(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Diqqat! Maktabda videokuzatuv!

Diqqat! Maktabda videokuzatuv!

  • 26-11-2015, 11:59
  • rustam
  •  
  • 1590
  •  
  •  
 
 Diqqat! Maktabda videokuzatuv!
   Ta`lim sifatini oshirishda texnik vositalarni samarali qo`llashning o`rni beqiyos. Prezidentimiz I.A.Karimov "Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch asarida shunday ta`kidlaydi: "Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo`lishi farzandlarimizning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq. Shuning uchun ham bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri o`quvchilarimizni yuksak ma`naviyatli, chuqur bilimli, keng mushohadali, erkin fikrli, vatanvarvar, faol va ijodkor qilib tarbiyalashdir. Bu vazifani bajarish uchun esa umumiy o`rta ta`lim zimmasiga ulkan mas`uliyat yuklatiladi. 
  Maktabimizda 2015-2016-o`quv yilidan boshlab yagona tizimli videokuzatuv ishga tushirildi. Kuzatuv kameralari maktabning barcha sinf xonalariga, koridorlarga o`rnatildi. Videokuzatuv barcha nuqtalarni birdek kuzatib turish imkoniyatiga ega bo`lgan yagona markazlashtirilgan monitor orqali amalga oshiriladi. Bu tizim juda ko`p afzalliklarga egaligi bilan pedagoglarni xushnud etmoqda. Kuzatuv hammani hushyor va qiddatli bo`lishga, darslarda o`quvchilarni darsning faol ishtirokchisiga aylantirishga ko`mak bermoqda. Shuningdek, maktab rahbarlari ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilayotgan dars jarayonlarini masofadan turib kuzatish va eshitish,  ya`ni darslarni tahlil qilish imkoniyatiga ega bo`ldilar. 
   Hozirgi globallashuv asri deb yuritilayotgan tezkor davr bizdan har qadamda va har lahzada ogoh bo`lishni talab etadi. Videokuzatuvning eng muhim xususiyatlaridan yana biri shundaki, u ta`lim muassasasi hududiga tashrif buyurgan har qanday shaxsning xatti-harakatlarini kuzatish, kerak bo`lganda videotasvirlarni orqaga qaytarib ko`rish imkonini beradi. Bu orqali esa farzandlarimiz xavfsizligi kafolatlanadi, ularning ota-onalari ham xotirjam bo`lishadi. Videokuzatuvni yo`lga qo`yishdan ko`zlangan maqsadlar ham aynan ana shular hisoblanadi. 
 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish