(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O`zbekistonim shiori ostida Bilimlar kuni bayram tadbiri va "Mustaqillik darsi"

Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O`zbekistonim shiori ostida Bilimlar kuni bayram tadbiri va "Mustaqillik darsi"

  • 2-09-2015, 15:30
  • rustam
  •  
  • 2057
  •  
  •  
Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O`zbekistonim shiori ostida Bilimlar kuni bayram tadbiri va "Mustaqillik darsi" 2015-yil 2-sentyabr kuni maktabda "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim - O`zbekistonim shiori ostida "Bilimlar kuni bayram tadbiri o`tkazildi. Tadbirda maktab direktori Djumaniyozova Gulnora Erkinovna so`zga chiqib, eng ulug` va eng aziz bayram Mustaqilligimizning 24 yilligi va "Bilimlar kuni bilan  tabriklab, o`tgan o`quv yili davomida turli sohalar va fanlar bo`yicha yutuqlarga erishgan o`quvchilarni alohida tabrikladi. Maktab ostonasiga endigina qadam qo`ygan 309 nafar birinchi sinf o`quvchilarini birin-ketin davraga taklif etib, ularning o`qishlarida muvaffaqiyat tilab, bilimlar bellashuvida g`olib bo`lgan o`quvchilar kabi ulkan yutuq va marralarga erishishda omad tiladi. So`z mehmonlardan  Oliy ta`lim vazirligi vakili I.Majidovga berilganda,  mamnuniyat bilan Respublika reytingida 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi birinchi o`rinda turganligini alohida ta`kidladi va barcha o`quvchi va ustozlarni yana bir bor tabriklab, o`z minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, bayram tadbirida Navoiy viloyati hokimining o`rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo`mitasi raisi A.Bobomurodova va Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Xolboy Ibragimov, faxriy pedagoglar hamda ota-onalar ishtirok etishdi. Tadbirni olib boruvchi Norbo`tayev Sardor iqtidorli va iste`dodli o`quvchilarga navbatni berdi. O`quvchilar ona Vatan, mustaqillik, ustoz va maktab to`g`risida she`r va qo`shiqlar ijro etdilar. Raqs to`garagining qizlari tomonidan ijro etilgan raqslar barcha ishtirokchilar va mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.   Birinchi sinf o`quvchilariga ilk bor maktab ostonasiga kirish  uchun  birinchi qo`ng`iroq jarangladi. Barcha maktab o`quvchilari  sinf rahbarlari boshchiligida "Betakrorimsan, yagonasan ona Vatanim - O`zbekistonim shiori ostidagi "Kim edig-u kim bo`ldik mavzusidagi  mustaqillik darslariga taklif etildilar. Maktab faollar zaliga 8-9-sinf o`quvchilarining eng faolva  eng zukko o`quvchilari taklif etildi. Mustaqillik darsini Oliy ta`lim vazirligi vakili I.Majidov, NDPI rektori  X.Ibragimov va  Navoiy viloyat Xotin-qizlar qo`mitasi raisi B.A. Bobomurodovalar o`tdi. Mustaqillikning qadr-qimmatini teran idrok etish kerakligi, mustaqillik  bebaho ne`mat ekanligi, o`tgan davr mobaynida mashaqqatli, ayni vaqtda sharafli  yo`limiz va keng ko`lamli islohatlarimiz, qo`lga kiritilgan o`lkan yutuqlarimizning  tub mohiyati va ahamiyati haqida to`xtaldi.  Prezidentimiz I.A.Karimovning "Ona yurtimizning baxt-u iqboli va buyuk kelajagi yo`lida xizmat qilish-eng oliy saodatdir nomli yangi asarining mazmun mohiyati yuzasidan fikr mulohazalarini bildirishdi.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish