(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Xayr maktab, salom kollej shiori ostida o`tkazilgan So`nggi qo`ng`iroq tadbiri

Xayr maktab, salom kollej shiori ostida o`tkazilgan So`nggi qo`ng`iroq tadbiri

  • 17-06-2014, 14:32
  • rustam
  •  
  • 5987
  •  
  •  
Xayr maktab, salom kollej shiori ostida  o`tkazilgan So`nggi qo`ng`iroq tadbiri2014-yil 24 may kuni ertalab soat 8-00da "Xayr maktab, salom kollej shiori ostida maktabda "So`nggi qo`ng`iroq tadbiri o`tkazildi. Tadbirga 1-9-sinf o`quvchilaridan 1766 nafari, 100 nafar pedagog xodimlar, 50 nafar ota-onalar,Viloyat xalq ta`limi boshqarmasidan G.Shermatova, SHXTMFMTTEB dan Jamuradova Z.B., faxriy ustozlardan B.Nortojiyev, 3-son akademik litsey direktori Sh.V. Hamidova, "Turon MFY raisi N.Ismatovlar ishtirok etib bitiruvchilarni "So`nggi qo`ng`iroq bayrami bilan tabrikladilar va ularga omadlar tiladilar. Maktab direktori G.E.Djumaniyozova o`zining tabrik so`zida  o`quv yili davomida alohida yutuqlarga erishgan o`qituvchilarga "Eng sevimli ustoz, "Eng ijodkor o`qituvchi, "Eng jamoatchi o`qituvchi, "Eng fidoiy ustoz, "Eng yaxshi mahorat darsi g`olibi nomenatsiyalari berdi. 5-8-sinf   o`quvchilari  yil davomida erishgan yutuqlari hisobga olingan holda diplomlar va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlandilar. Boshlang`ich sinf o`quvchilari 9-sinf bitiruvchilarini o`zlarining konsert dasturi bilan tabrikladilar. Ayniqsa 9-sinf bitiruvchilari tomonidan quyosh nurlari aks ettirilgan holda  ustozlarga aytilgan dil so`zlari barchada yaxshi taassurot qoldirdi. Davraga birin-ketin olimpiada g`oliblari, sportda yutuqlarga erishgan o`quvchilar, Respublika bosqichidagi tanlovlarda yutuqlarga erishgan o`quvchilar, 3 yil mobaynida "Bilimlar bellashuvining shahar, viloyat va Respublika bosqichlarida faxrli I, II, III o`rinlarni egallagan o`quvchilar hamda ijodkor va jamoat ishlarida faol ishtirok etgan o`quvchilar tashrif  buyurdilar. Ayniqsa 2013-2014-o`quv yilida ta`lim bergan ustozlarga qarata "Ustozimdan qarzim bor deya nomlangan iboralar barcha o`qituvchi, murabbiy  va ishtirokchilarni ruhlantirdi. 9-sinf bitiruvchilarining rahbarlari S.X.Ne`matova, R.Ochilova, K.Rahmonova, S.Hakimova, U.Yunusova, Z.Qahhorovalar alohida taqdirlandilar. Tadbir so`nggida 8-sinf o`quvchilariga 9-sinf o`quvchilari o`zlarining yo`nalishlari b o`yicha estafeta sovg`alarini topshirdilar. "Xayr maktabim qo`shig`I ostida bitiruvchi 9-sinf o`quvchilari qo`ng`iroqni chaldilar va barchaning diqqati osmon uzra parvoz etayotgan o`zbegim sharlarga qaratildi.Xayr maktab, salom kollej shiori ostida  o`tkazilgan So`nggi qo`ng`iroq tadbiri
Xayr maktab, salom kollej shiori ostida  o`tkazilgan So`nggi qo`ng`iroq tadbiri
Xayr maktab, salom kollej shiori ostida  o`tkazilgan So`nggi qo`ng`iroq tadbiri
Xayr maktab, salom kollej shiori ostida  o`tkazilgan So`nggi qo`ng`iroq tadbiri
Xayr maktab, salom kollej shiori ostida  o`tkazilgan So`nggi qo`ng`iroq tadbiri
Xayr maktab, salom kollej shiori ostida  o`tkazilgan So`nggi qo`ng`iroq tadbiri

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish