(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Zamonaviy maktab direktori qanday bo`lishi kerak?

Zamonaviy maktab direktori qanday bo`lishi kerak?

  • 8-04-2017, 13:32
  • ziyo11
  •  
  • 1524
  •  
  •  
Yurtimizda ta'lim tizimiga mamlakatni barqaror taraqqiy ettirishning muhim omili sifatida e'tibor qaratilayotgani qisqa fursatdayoq o`z samarasini ko`rsata boshladi. Bu xalqaro jamoatchilik tomonidan ham e'tirof etilmoqda. Albatta, istiqlol yillarida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida keng ko`lamli islohotlar amalga oshirildi. Fan-texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlari asosida ta'lim dasturlari takomillashtirib borilmoqda. Tabiiyki, bunday sharoitda ta'limni boshqarish tizimida pedagogik jarayonni ilmiy asosda tashkil etish, faoliyatda vujudga kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish borasida izlanishlar olib borish kabi dolzarb vazifalar yuzaga keladi. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining yaqinda bo`lib o`tgan navbatdan tashqari sessiyasida Yurtboshimiz bugungi kun uchun oo`ta muhim va dolzarb boo`lgan bir qator vazifalarga too`xtalar ekan, shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda vujudga kelayotgan yangidan-yangi talablarni har bir inson qaerda va qanday lavozimda ishlamasin chuqur anglashi, ishga, hayotga munosabatini o`zgartirib borishi zarurligini ta'kidlab o`tdilar. Jumladan, Prezidentimiz tomonidan bildirilgan quyidagi mulohazalar har bir yurtdoshimiz, ayniqsa, boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan mas'ul rahbarlarni yanada mas'uliyatliroq bo`lishga, hushyorlikka undadi: "Ayniqsa, zamonning yurishi, o`zgarishi bilan avvalo rahbarlar, yetakchilar o`zgarishi kerak. Biz XXI asr - intellektual taraqqiyot asri, deb ko`p gapiramiz. Modomiki, shunday ekan, bugungi kunda rahbar nafaqat aniq bir kasb-hunarning egasi, avvalo o`zining faoliyati va insoniyligi bilan xalqning ishonchiga munosib bo`lishi, yuksak intellektual tafakkur sohibi, uzoqni ko`ra oladigan, doimo yangilikka intilib, zamon bilan hamqadam bo`lib yashaydigan, qat'iyatli shaxs bo`lishi lozim". Darhaqiqat, maktab direktori ham ta'lim muassasasi boshqaruvini zamonaviy usullarda tashkil etishi zarur. Bu esa undan ilg`or tajribalarni va fan-texnika yutuqlarini muntazam o`rganib o`z faoliyatiga tatbiq etib borishni, kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashuvni talab qiladi. Agar umumiy o`rta ta'lim muassasasi rahbarida boshqaruv yo`nalishlari bo`yicha zarur bilim, tajriba, pedagogik mahorat, ko`nikma va malakalar yetarli bo`lmasa ta'lim jarayonini boshqarishda vujudga keladigan turli muammolarning o`z vaqtida, oqilona yechimini topishda uning ojizligi sezilib qoladi. Ularning oldini olish hamda pedagogik xodimlar faoliyatini takomillashtirish va natijada o`quv jarayonini rivojlantirishning eng asosiy shartlaridan biri rahbar boshqaruv faoliyatining ilmiy asosda tashkil etilishidir. Xalqimizda rahbar kadrlar va ularga xos xususiyatlarga sharqona yondashuvning boy tarixiy-madaniy an'analari mavjud. Buning isboti sifatida Abu Nasr Forobiy tomonidan bildirilgan rahbarning fazilati to`g`risidagi fikrlarni keltirish mumkin. Unda rahbarning tabiatan nozik, farosatli bo`lib, umumiy ahvol qandayligini ravshan tasavvur qila olishi; voqea-hodisalarni xotirasida to`la-to`kis saqlab qoladigan; zehni o`tkir va zukko, o`z fikrini chiroyli so`zlar bilan ifodalaydigan, ravshan tushuntira oladigan; ta'lim olishga, bilim va ma'rifatga havasli bo`lib, uning mashaqqatlaridan qochmaydigan; haq va haqiqatni, odil va haqiqiy odamlarni sevadigan, yolg`on va yolg`onchilarni yomon ko`radigan; o`z qadrini biluvchi, oriyatli; tabiatan adolatparvar va o`zi zarur deb hisoblagan chora-tadbirlarni amalga oshirishda qat'iyatli, sabotli, jur'atli, jasur bo`lishi kabi insoniy xislatlari alohida ta'kidlab o`tilgan. Shunga asoslanib aytish mumkinki, bugungi kunda ham maktabni boshqarish ishlari samaradorligida rahbarning shaxsiy fazilatlari muhim o`ringa ega. Darhaqiqat, direktor shaxsi va uning ma'naviy sifatlarining qandayligi jamoa a'zolarining hamkorlikdagi innovasion faoliyati hamda sog`lom ijodiy muhitga bevosita ta'sir ko`rsatishiga tajribada ko`p guvoh bo`lganmiz. Shu o`rinda qiziq bir fakt: yuqorida sanab o`tilgan umumiy jihatlarni hisobga olgan holda ta'lim muassasasi rahbarlarining soha mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan o`ziga xos shaxsiy xususiyatlari ham borligi kuzatiladi. Jumladan, ularning muloqotga oson kirishuvchanligi, ochiqligi, o`zaro munosabatlarni o`rnatishda faolligi, intellektual rivojlanganligi, hissiyotga beriluvchanligi, qo`pollikni yoqtirmasligi, ko`ngilchanligini misol qilib keltirish mumkin

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish