(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » 1. UMUMIY QOIDALAR

1. UMUMIY QOIDALAR

  • 21-11-2016, 15:26
  • admin
  •  
  • 1721
  •  
  •  

1. UMUMIY QOIDALAR1.1. Davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasasi (bundan keyin matnda ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi deb yuritiladi) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, "Ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan davlat umumta'lim muassasalariuing ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim muassasalari to'g'risida"gi Nizomga hamda mazkur Ustavga amal qiladi,

1.2. Ixtisoslashtirilgan umumta'lum maktabi ta'limning 2-sinfidan boshlab 50% dan ortiq sinflarni ixtisoslashtirilgan sinflarga aylantirish yo'li bilan umumta`lim maktabi sinflarning umumiy soni doirasida tashkil etiladi.

1.3. Davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi uzluksiz ta'lim tizimining asosiy bo'g'ini bo'lib, u o'quvchi yoshlarga davlat ta'lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o'rta ma'lumot beruvchi kunduzgi majburiy ta'limni ayrim fanlarni chuqur o'qitish va ixtisoslashtirilgan ta'lim bilan qo'shib olib boruvchi ta'lim muassasasidir.

1.4. Ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi xalq ta'limi tizimida mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, o'z ustaviga, bankda hisob raqamlariga, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushurilgan va o'z nomi ko'rsatilgan muhrga, o'z nomi yozilgan shtamplar, blankalarga ega bo`ladi.

1.5. Ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi muassis tomonidan O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan kelishgan holda tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tadi.

1.6. Ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi faoliyatini, o`quv-tarbiya jarayoni sifatini o'rganish va baholash O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

1.7. Ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktablari ta'lim jarayonini umumiy o'rta ta'lim davlat standartlariga va ayrim fanlarni chuqur o'rganish bo'yicha qo'shimcha ta'lim dasturlariga muvofiq amalga oshiradi.

1.8. Ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Mirzo Ulug'bek ko'chasi 6-uyda joylashgan.

 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish