(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » III. IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTA'LIM MAKTABINING O`QUV - TARBIYA JARAYONI VA UNI TASHKIL ETISH

III. IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTA'LIM MAKTABINING O`QUV - TARBIYA JARAYONI VA UNI TASHKIL ETISH

  • 21-11-2016, 15:21
  • admin
  •  
  • 1244
  •  
  •  

III. IXTISOSLASHTIRILGAN UMUMTA'LIM MAKTABINING O`QUV - TARBIYA JARAYONI VA UNI TASHKIL ETISH3.1. O`quvchilar ota-onalar yoki ota-onalarning о'rnini bosuvchi shaxslar, pedagog xodimlar va boshqa xodimlar ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi ta`lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.

3.2. Ta`lim jarayoni ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan ixtisoslashtirilgan fanlar va ixtisoslashtirilgan maktablarda 2-9-sinflaming maxsus o'quv rejalari va dasturlari bo'yicha tashkil etiladi. O'quvchilarni 1-sinfdan boshlab o'qishga qabul qiladigan umumta'lim muassasalari fanlarni chuqur o'rganish 2-sinfdan boshlanadi.

3.3. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim rnaktablarining 2-4-sinflarida o'quv-tarbiya jarayoni o'quvchilarning kamol topishini, ularning ovoz chiqarib o'qish, yozish, sanoqni, ovquv faoliyatini asosiy malaka va ko'nikmalarini, ijodiy tafakkur qilish elementlarini, xulq-atvor va nutq madaniyatini, shaxsiy gigiena va sog'lom turmush tarzi asoslarifti egallab olishini ta'miniaydi, Bunda o'quvchilarning individual xususiyatlari, gumanitar, tabiiy, ilmiy yoki estetik fanlarga bo'lgan qobiliyatlari o'rganiladi.

3.4. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim rnaktablarining 5-9-sinflarida о'quv-tarbiya jarayoni ixtisosli fanlarning asosiy kursini chuqurlashtirilgan mazmunini o'rganilishi va ularning amaliy yo'naltirilganligi kuchaytirilishini, shuningdek o'quvchilarning shaxsi, ularning mayllari, manfaatlari va ijtimoiy jihatdan o`zlarini belgilashga qobiliyatl;ari qaror topishi va shakllanishining shart-sharoitlarini ta'minlaydi, Bunda o'quvchilarning individual xususiyatlari va iste'dodi namoyon bo'lishi hamda rivojlanishi dinamikasi o'rganiladi.

3.5. Ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktablarining ixtisoslashtirilgan sinflarida o'quvchilar soni 30 kishidan ortiq bo'lmasligi kerak.

3.6. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktablarining ixtisoslashtirilgan sinflarida laboratoriya ishlari va amaliy ishlami bajarish, shuningdek ayrim fanlarni chuqur o'rganish uchun ixtisoslashtirilgan fanlar bovyicha sinf o'quvchilarini 2 guruhga bo'lib o'qitiladi.

3.7. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktablarining ixtisoslashtirilgan sinflarida keyingi sinflariga o'tkazish va o'qitish bosqichlari O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilangan muddatda va tartibda o'quvchilar bilimlarining yakuniy attestatsiyasi natijalari bo'yicha amalga oshiriladi.

3.8. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktablari bitiruvchilariga umumiy o'rta ma'lumot to`g`risidagi shahodatnorna beriladi.

3.9. Maktabdagi ta'lim tili O'zbekiston Respublikasining «Davlat till to'g`risida» va «Ta'lim to'g'risida»gi qonunlariga muvofiq belgilanadi. Ta'lim tilini tanlashda mazkur maktab hududida istiqomat qiladigan ota-onalarning xohish-istaklari inobatga olinadi.

3.10. Maktab o'quvchilariga tibbiy xizmat ko'rsatish maxsus biriktirilgan tibbiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy xodim ma'muriyat bilan teng ravishda bola sogligi uchun mas'uldir.

3.11. O'quvchilami tibbiy komissiya xulosasiga asosan sinfdan -sinfga ko'chirish yoki уакuniy attestatsiyadan ozod qilish masalasi Xalq ta'limi vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligining qo'shma buyrug`iga asosan hal etiladi.

3.12. Maktablarda o'quv yili 1 sentabrdan boshlanadi va 31 avgustda tugaydi. O'quv yilidagi o'quv mashg'ulotiari 2 sentabrdan boshlanadi va 25 mayda tugaydi.

O'quv yilidagi o'quv mashg`ulotlari 4 chorakka (2 yarim yillikka) bo'linadi, ularning boshlanishi va oxiri o'quv rejasi bilan belgilanadi. O'quv yilidagi o'quv mashg`ulotlari amaliy mashg'ulotlarni hisobga olmaganda 34 hafta, 1-sinflarda esa 33 hafta davom etadi. Ularga maktab pedagogika kengashi qarori bilan fevral oyining ikkinchi o'n kunligicla bir hafta ta'til beriladi,

O'quv yili davomida kuzgi, qishgi, bahorgi ta'tillar kamida 30 kalendar kuni qilib belgilanadi va Xalq ta'limi vazirligining buyragM (tayanch o'quv rejasi tasdiqlash vaqtida) bilan tasdiqlanadi.

Yozgi ta'til o'quv yili mashgvulotlari (imtihonlari) tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha davom etadi.

3.13. Maktabda o'quv ishlari va mashg'ulotlari bayram kunlari o'tkazilmaydi.

1 -yanvar - Yangi yil

8-mari - Xotin-qizlar kuni

21 mart - Navro 'z bayrami

9- may - Xotira va qadrlash kuni

l-sentabr Mustaqillik kuni

1 oktabr - О 'qituvchilar va murabbiylar kuni

8-dekabr -Konstiiutsiya kuni

Ramozon va qurban hayiti bayramlarining 1-kuni

3.14. Kundalik o'quv mashg'ulotlari soni va tartibi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar orasida tanaffuslarning davom etishi о'quvchilaming faol dam olishlari va issiq ovqat tanovul qilishlarini hisobga olgan holda belgilanadi.

3.15. II-IX sinf o'quvchilariga pedagogik talablar va har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uy vazifasi beriladi.

3.16. Maktab o'quvchilarining bilimlari Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.

3.17. Maktablardagi sinfdan tashqari mashg`ulotlar va to'garak ishlari o'quvchilar ota-onalarning hohish-istaklari, o'quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o'tkaziladi.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish