(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » VIII. MAKTABNING MODDIY VA MOLIYAVIY XO'JALIK TA'MINOTI

VIII. MAKTABNING MODDIY VA MOLIYAVIY XO'JALIK TA'MINOTI

  • 21-11-2016, 15:18
  • admin
  •  
  • 1485
  •  
  •  

VIII. MAKTABNING MODDIY VA MOLIYAVIY XO'JALIK TA'MINOTI8.1.1. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabming faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazilgan, tasdiqlangan harajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabiga qo'shimcha byudjetdan tashqari mablag'larni jalb etish, byudjetdan moliyalashtirishning pasayishiga olib kelmaydi.

8.1.2. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi o`quvchilarga qo'shimcha pullik ta'lim xizmati ko'rsatish doirasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanadi.

8.1.3. Ruxsat berilgan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabining balansida hisobga olingan mol-mulk tarkibiga kiritiladi. Maktabni moliyaviy ta'mmlash belgilangan tartibda byudjetdan ajratilgan mablaglar, O'zbekiston Respublikasi qomm hujjatlari va mazkur Ustav asosida tuzilgan shartnomalarnmg bajarilishidan, shuningdek, byudjetdan tashqari mablaglar hisobidan amalga oshiriladi.

8.2. Maktabning samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur sarf xarajatlar davlat tornonidan belgilangan huquqiy me'yoriy hujjatlar asosida tarfcibga solinadi va mahalliy byudjet hisobidan amalga oshiriladi.

8.3. Malaka toifalari Attestatsiya haqidagi Nizomga muvofiq maktab xodimlarini attestatsiyadan o'tkazish jarayonida belgilanadi.

8.4. Ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi xodimlari mehnatiga haq to'lashni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21 -dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq bazaviy ta'rif stavkalariga quyidagi miqdorlarda ustamalar qo'llanilgan holda amalga oshiriladi;

 20% - ayrim fanlar chuqur o'rganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabi o'qituvchilariga chuqur o'rganiladigan fanlar bo'yicha amalda o'tkazilgan darslar uchun;

 20% - ayrim fanlar chuqur cTrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabda o'quv jarayoni bilan bevosita bog'liq bo'lgan direktor, uning o'rinbosarlari va psixologlarga;

8.5. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilariga tanlov bo'yicha yoki fakultativ mashg'ulotlar uchun o`quvchilar sonidan qat'iy nazar faqat alohida sinf yoki guruh o'quvchilari uchun o'tilgan soatlar miqdoriga qarab ish haqi to"lash amalga oshiriladi.

8.6. Maktabda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pullik xizmat ko'rsatishga ruxsat etiladi.

8.7. Maktabning moddiytexnika negizi tarkibiga yer, binolar, sport inshootlari, kommunikatsiyalar, texnik vositalar, asbob-uskunalar, mebellar, o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalash uchun foydalanadigan boshqa mulklar kiradi.

8.8. Maktab binosi texnika xavfsizligi va sanitariya gigiena me'yorlariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi. Maktabning moddiytexnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish mahalliy byudjet hisobidan, shuningdek, moliyaviy ta'minlashning qo'shimcha mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.

8.9. Maktabning buxgalteriya hisobi, boshqa hisob-kitob ishlari, maktab direktori, moddiy javobgar shaxs va buxgalterlar tomonidan amalga oshiriladi, ya'ni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida olib boriladi.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish