(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » 2017-2018-maktabda mavjud to`garaklar

2017-2018-maktabda mavjud to`garaklar

  • 14-09-2017, 15:42
  • rustam
  •  
  • 16497
  •  
  •  

"Yosh ijodkorlar to`garagi. To`garak rahbari: Qo`ldosheva Hulkar (ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi).
To`garakning maqsadi: Taniqli o`zbek shoirlarining she`rlarini o`quvchilarga ifodali o`qishga o`rgatish, she`riyatga qiziqadigan va she`r yoza oladigan o`quvchilar bankinin yaratish, ularning yozgan she`rlarni mazmun va mohiyatini o`rganish va xatolarini tuzatish hamda she`riy to`plamlar tayyorlashda o`quvchilarga ko`maklashish.


"Prezident asarlarini o`rganamiz to`garagi. To`garak rahbari:  Salohiddinova Shoira (tarix fani o`qituvchisi).
To`garakning maqsadi: Prezident asarlarining mazmun va mohiyatini o`quvchilar o`rtasida targ`ib qilish, shu maqsadda kechalar va davra suhbatlari o`tkazish, asarlarni o`rganish bo`yicha tanlovlar tashkil etish, tanlovda g`olib bo`lgan o`quvchini shahar, viloyat, respublika miqyosida o`tkaziladigan "Prezident asarlari bilimdini ko`rik tanloviga tayyorlash.


"Mohir qo`llar to`garagi. To`garak rahbari: Hayitova Sadoqat (mehnat fani o`qituvchisi).
To`garakning maqsadi:O`quvchilarga turli kasblar haqida tushunchalar berish, ularni kasb tanlashga yo`naltirish, o`quvchilar tomonidan tayyorlangan yumshoq o`yinchoqlar va biserlardan tayyorlangan turli gullar, daraxtlar va boshqa turli xildagi taqinchoqlar ko`rgazmalarini tashkil stish, tanlovlar o`tkazish va g`olib o`quvchilarni taqdirlash.


"Zulfiyaxonim izdoshlari to`garagi. To`garak rahbari Xo`jayeva Shaxosta (Ingliz tili fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: Fan va t a`lim madaniyat, san`at, adabiyot va sport yo`nalishlarida erishgan alohida yutuqlarga ega bo`lgan qizlar bankini yaratish, ularga Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi to`g`risida mukammal ma`lumotlar berib boorish, Zulfiyaxonim mukofotiga nomzod sifatida tayyorlanadigan hujjatlar uchun yo`llanmalar berish, o`quvchi qizlarni "Zulfiyaxonim qizlari ko`rik tanlovining shahar, viloyat va respublika bosqichlariga tayyorlash.


"Tarannum to`garagi. To`garak rahbari Sobirova Xurshida (Musiqa  fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: Qo`shiq aytishga qiziqishi bo`lgan o`quvchilar bankini yaratish, o`quvchilarga qo`shiq aytish sirlarini o`rgatish, turli bayramlarga bag`ishlangan konsert dasturlarini tayyorlash va tayyorlangan dasturlarni madaniy hordiq chiqarish maqsadida maktab o`qituvchilari, ota-onalar hamda o`quvchilar e`tiboriga havola etish, shahar, viloyat va respublika miqiyosidagi tanlivlarga o`quvchilarni tayyorlab borish.


"Yosh naqqoshlar to`garagi. To`garak rahbari Aslonova Shaxista (Tasviriy san`at fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi:Rasm chizishga moyilligi bo`lgan o`quvchilarni bankini yaratish, to`garak a`zolari ishtirokida "Eng yaxshi naqsh deb nomlangan rasmlar tanlovini o`tkazish , o`quvchilarning ijodiy ishlari bo`yicha ko`rgazmalar tashkil etish ularning shahar, viloyat va respublika miqiyosidagi tanlovlariga ishtirokini ta`minlash va faol o`quvchilarni rag`batlantirish.


"Rus tilini o`rganamiz to`garagi. To`garak rahbari Nazarova Lola (Rus tili fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: O`quvchilarga rus madaniyati va san`ati to`g`risida tushunchalar berib boorish, rus fanetikasi, grammatikasi va leksikasi sirlarini o`quvchilarga o`rgatish rus tilida turli bayramlarga bag`ishlangan tadbirlar tashkil etib o`quvchilarni rus tilini mukammal o`rganishga dav`at etish.


"Yosh matematiklar to`garagi. To`garak rahbari Azimov Asqar (Matematika  fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: O`quvchilarni matematika faniga qiziqtirish maqsadida qo`shimcha adabiyotlardan foydalangan holda qiziqarli matematik masala va misollarni ishlatish, o`quvchilarga misol va masalalar yechishning qulay yo`llarini o`rgatish, matematik kechalar, viktorinalar, musobaqalar tashkil etib o`quvchilarning matematika faniga bo`lgan qiziqishlarini yanada orttirish, o`quvchilarni "Bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalariga tayyorlab borish.


"Yosh fiziklar to`garagi. To`garak rahbari Nazarova Fotima (Fizika fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: O`quvchilarni fizika faniga qiziqishlarini orttirish, fizika fani bo`yicha qo`ldan tayyorlangan harakatli ko`rgazmalar tanlovini tashkil etish va muallif o`quvchilar fikrlarini tinglash, g`olib o`quvchilarni rag`batlantirish, o`quvchilarni "Bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalariga tayyorlab borish.


"Yosh kimyogarlar to`garagi. To`garak rahbari Soriyev Islom (Kimyo fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: Kimyo faniga qiziquvchi o`quvchilar bankini yaratish, Kimyo fani sirlarini va qulay yo`llardan foydalangan holda o`quvchilar ongiga singdirish, sinfdan tashqari tadbirlar tashkil etish, o`quvchilarga tajribalar o`tkazish sirlarini o`rgatish, ularni "Bilimlar bellashuvi va olimpiadalarga tayyorlab borish.


"Yosh biologlar to`garagi. To`garak rahbari Nosirova Lobar  (Biologiya fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: O`quvchilarga biologiya fanini chuqur o`rgatish, biologic tajribalardan foydalangan holda ularning fanga bo`lgan qiziqishlarini yanada orttirish, to`garak a`zolari bilan birgalikda sinfdan tashqari tadbirlar o`tkazish, o`quvchilarni "Bilimlar bellashuvi" va fan olimpiadalarga tayyorlab borish.


"Yosh o`lkashunoslar to`garagi. To`garak rahbari Jumayeva Zebiniso (Geografiya  fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: O`quvchilarga tabiat va geografiya fanini chuqur o`rgatish, dunyodagi davlatlar va ularning poytaxtlari haqida tushunchalar berib boorish, ularni xaritalar bilan ishlashga o`rgatish, o`quvchilar bilan fan bo`yicha sinfdan tashqari tadbirlar tashkil etish, o`quvchilarni "Bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalarga tayyorlab borish.


"Yosh tarixchilar to`garagi. To`garak rahbari Nazarov Elbek (Tarix fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: O`quvchilarga dunyo va O`zbekiston tarixini mukammal o`rgatish, fan bo`yicha turli tadbirlar tashkil etish, "Sen tarixingni bilasanmi? ko`rik tanlovini tashkil etib, tanlov g`olibini taqdirlash, o`quvchilarni "Bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalarga tayyorlash.


"Funny English to`garagi. To`garak rahbari Murodova Dilfuza  (Ingliz tili  fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: O`quvchilarning  ingliz tiliga bo`lgan qiziqishlarini yanada orttirish, turli o`yinlar va didaktik materiallardan foydalangan holda o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini o`stirish, sinfdan tashqari tadbirlar KVNlar tashkil etish, o`quvchilarni "Bilimlar sinovi va fan olimpiadalariga tayyorlab borish.


"Ingliz tilini o`rganamiz to`garagi. To`garak rahbari Fatullayeva Shaxnoza  (Ingliz tili fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: Ingliz tiliga qiziquvchi o`quvchilar bankini yaratish, ularga ingliz tili fonetikasi, grammatikasi va leksikasini mukammal o`rgatish, fonetik mashg`ulotlar asosida o`quvchilar talaffuzini takomillashtirish, sinfdan tashqari tadbirlar kechalar, KVN lar o`tkazib turish, o`quvchilar bilimi monitoringini tayyorlash va o`quvchilarning o`rinlarini belgilash.


"We learn Englishto`garagi. To`garak rahbari Xo`jayeva Shoxista  (Ingliz tili  fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: O`quvchilarga ingliz tiliga so`zlashuvi mamlakatlarning madaniyati, san`ati va adabiyoti to`g`risida tushunchalar berib boorish , qulay va sodda uslublar yordamida fan sirlarini o`quvchilar ongiga singdirish, sinfdan tashqari tadbirlar o`tkazish va o`quvchilarni "Bilimlar bellashuvi hamda fan olimpiadalariga tayyorlab borish.


"Wir lernen deutsch to`garagi. To`garak rahbari Jo`raqulov Shuhrat (Nemis tili  fani o`qituvchisi)
To`garakning maqsadi: Nemis tiliga qiziquvchi o`quvchilar bankini yaratish o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini takomillashtirish, o`quvchilar tomonidan tayyorlanadigan ma`ruzalar va referatlarga rahbarlik qilish ularni "Bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalarga tayyorlab borish.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish