(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » O`zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi

O`zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasi

  • 11-05-2014, 20:27
  • admin
  •  
  • 6841
  •  
  •  
Konstitutsiya lotincha soz bolib ornataman, belgilab qoyaman degan mazmunini ifoda etadi. Ozbek tilida asosiy qonun, yani davlatni boshqarish, uning ichki va tashqi hududlarini idora qilish kabi manolarni anglatadi. Bu qomusiy hujjatlarimizning xalqchiligi shundaki, unda milliy urf-odatlarimiz, ananalarimiz, etiqodimiz, umuman milliy qadriyatlarimiz himoyasi va ravnaqi aniq belgilab qoyilgandir. Shuning uchun ham biz mustaqillik bayrogini baland kotarib, istiqlolni mustahkamlash uchun butun kuch-gayratimizni safarbar etmoqdamiz. Mamlakatimizda davlatchilik tizimlari tez shakillantirildi. Ulardan biri mustaqil davlatimiz  O`zbekiston Respublikasi Davlat KonstitutsiyasiKonstitutsiyasidir. 1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasi, eng avvalo Vatanimiz ozodligining shahodati sifatida qadrlidir. Mustaqil Ozbekistoning tarixida birinchi  Konstitutsiyaning qabul qilinishi Respublikamizning  yangidan tugilishidir, haqiqiy mustaqillikka qoyilgan mustahkam poydevordir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mustaqillik bergan hurriyat timsolidir. Uning tarixiy ahamiyati va mohiyati shundan iboratki, unda respublikamiz fuqarolarining haq-huquqi, erkinligi, qadriyatlari, urf-odatlari, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi o'z ifodasini topgan. Shuning uchun ham xalqimiz har yili 8dekabrda O'zbekiston Konstitutsiyasi bayramini nishonlaydi.Katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan O'zbekiston Konstitutsiyasi jahon maydonida yangi mustaqil davlat O'zbekiston davlati faol yashayotgani va mehnat qilayotganini namoyish qilishi qalblarimizga quvonch bag'ishlamoqda. Bugungi kunda Q'zbekiston o'z yo'lini Konstitutsiyaga asoslanib, respublika manfaatlari, shart-sharoiti va xususiyatlariga to'la mos keladigan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Shuni aytish kerakki, O'zbekiston Konstitutsiyasi umrboqiy qomusiy hujjatdir. 
 
Qomusim or-nomusim. Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992 yil  8-dekabrda qabul qilingan. Konsitutsiyamiz Bosh qomusimizga ulkan ijodiy va yaratuvchilik qudrati jo qilingan. Rivojlangan, taraqqiy etgan davlatlarning inson huquqlari sohasida erishgan yutuqlariga, ularning tarixiy tajribalariga tayanib yaratilgan.  Shuning uchun ham Mustaqilligimiz qomusi bolgan Konsitutsiyamiz xalqimiz ijtimoiy-siyosiy, manaviy- iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. U Ozbekistonda  yashayotgan fuqarolarning dunyoqarashini, ozaro munosabatlar, mehr-oqibat, ozga millat  va elatlarga nisbatan hurmat, ilmga intilish, or-nomus kabi yuksak olijanob fazilatlarni ozida mujassamlashtirgan. Qomusimizda Ozbekiston  fuqarosi bolgan barcha millat va elatlarning tili, urf-odatlari, milliy ananalarini hurmat qilish kafolatlangan. Bu esa ana shu millat va elatlar ortasidagi dostlik rishtalari  mustahkamligiga garovdir. Asosiy Qonunda adolat, iymon, olijanoblik, fidoyillik, insonga gamxorlik, mardlik kabi ulug xislar aks ettirilgan. Ozbekistonda yashovchi barcha fuqarolarning farovon hayot kechirishini taminlash, insonparvar huquqiy davlat barpo etish kabi olijanob goyalar oz ifodasini topgan. Ma'lumki, davlatning ishonchi, obro'-e'tibori ko'rki uning Konstitutsiyasidir. Demak, biz ham Konstitutsiyamiz tufayli o'z obro'-e'tiborimizga ega bo'ldik.
 fayl_konst.zip [54.23 Kb] (yuklab olingan: 159)

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish