(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi

  • 11-05-2014, 20:10
  • admin
  •  
  • 1550
  •  
  •  
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat GerbiOʻzbekiston Respublikasining Davlat Gerbi — Oʻzbekiston Respublikasi rasmiy davlat ramzi. 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan. Davlat gerbi — davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir.
 
Davlat gerbi dumaloq koʻrinishga ega boʻlib, bu shaklning soʻl tomoni rizq-roʻzimiz timsoli — bugʻdoy boshoqlaridan, oʻng tomoni esa oʻzbekningdongʻini dunyoga taratgan bebaho boyligimiz — chanoqlari ochilgan gʻoʻza shoxlaridan iborat chambarga oʻralgan, uzoqdagi togʻlar vadaryolar manzarasida gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi, ayni paytda bu Oʻzbekistonning serquyosh mamlakat ekanligini ham bildiradi.
Gerbning yuqori qismida esa Oʻzbekiston ozodligining ramzi sifatida sakkizburchak yulduz, uning ichki qismida yarimoy va yulduz, markazida — baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Xumo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻini ifoda etuvchi chambar tasmasiga „Oʻzbekiston" deb yozib qoʻyilgan.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish