(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Maktab hayotidan

Maktab hayotidan

  • 23-11-2013, 09:22
  • admin
  •  
  • 6427
  •  
  •  

Maktab hayotidan2012-2013-o`quv yilida maktab kutubxonasida "Prezident asarlarini o`rganamiz”, "Ajdodlarimiz merosi-mafkuramiz gavhari”, "Sog`lom turmush tarzi – ishonchli hamkor”, kabi kitob ko`rgazmalari hamda "Til – millat ko`zgusi”, "Ona tabiatni asrang”, "Yo`l qoidasi – umr foydasi” kabi kutubxona burchagi tashkil qilindi.

Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida 132 nafar pedagog xodim xalqimizning 1640nafar farzandlariga ta’lim-tarbiya berib kelmoqda. O`qituvchilarning 24nafari oliy, 39 nafari birinchi, 38nafari ikkinchi toifali va 31 nafari mutaxassis o`qituvchilardir.

Maktabda 52 ta sinf komplekt bo`lib, shundan 21tasi boshlang`ich sinflar, 31 tasi 5-9 sinflardir. Maktabning boshlang`ich sinflarida 623nafar o`quvchi, 5-9 sinflarda 1017 nafar o`quvchi ta’lim olmoqdalar. Maktabdagi o`quvchilar soni jami 1640 nafarni tashkil etadi.

Jami: 5-9-sinflarda 32 ta ixtisoslashtirilgan sinflarda o`quv yili yakunida barcha fanlardan 93.5% samaradorlikka erishdi.

Maktabning ixtisoshlashtirilgan sinf o`quvchilari o`quv yili yakunida 91% samaradorlik bilan yakunladi.

2012-2013-o`quv yilida faoliyat ko`rsatgan ayrim fanlar chuqur o`qitishga ixtisoslashtirilgan sinflarida ota-onalar homiyligi asosida xo`jalik hisobidagi kuni uzaytirilgan guruhlar tashkil etilib 4 ta yo`nalishda faoliyat ko`rsatdi.

Darslar 2 navbatda tashkil etilgan bo`lib, 1 navbat 800 dan 1230gacha, 2 navbat 1310 dan boshlandi.

Xalq ta’limi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2005-yil 26-dekabrdagi 315-sonli va 4984-sonli qo`shma buyrug`i bilan tasdiqlangan "Umumiy o`rta ta’lim maktablari o`qituvchilari hamda rahbar xodimlarining ish yuklamasini belgilash va tadsimlash bo`yicha Yo`riqnoma” asosida maktab direktori, direktor o`rinbosarlari, o`qituvchilarning yillik, choraklik va oylar bo`yicha ish rejalari o`quv yili boshida tuzildi va ish reja o`quv yili davomida bandma-band bajarilib borildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi 1999-yil 12-yanvardagi 12-sonli qarorida belgilangan vazifalarni bajarishi yuzasidan maktabning chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, maktab reglamenti buyruq asosida tasdiqlandi. Maktabda ijro nazoratini tashkil etish bo`yicha mas’ul xodim tayinlandi. Maktabda yuqori tashkilotlardan kelgan farmon, qaror va buyruqlarni o`z vaqtida ijrosini ta’minlash maqsadida kirim-chiqim daftarlari tashkil qilindi.

O`zbekiston Respublikasining "Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni (1997-yil 29-avgust)ning 7-moddasiga asosan DTS talablari asosida o`quvchilar bilim samaradorligi monitoringi yil davomida olib borildi. Qonunning 3-4-5-6-7-8, 16, 18-19-20-21-22-23,26,28,30,31-moddalarini amaliyotga tadbiq etish maqsadida maktabning Istiqbol rejasi tuzidi.

Xalq Ta’limi Vazirligining 29, 30 buyruqlariga asosan sinf xonalari qayta jihozlanib, maktab o`qituvchi va o`quvchilari o`zlariga mos forma tanlab, kiyinishga erishishgan.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta’limni tashkil etish to`g`risida”gi 1998-yil 13-maydagi 203-sonli Qarori asosida maktab Ustavi ishlab chiqilgan bo`lib, maktab o`z faoliyatini shu asosda olib bormoqda.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi faoliyatini tashkil etish to`g`risida”gi 2004-yil 29-avgustdagi 410-sonli Qarori asosida "Umid nihollari” sport musobaqalari jadval asosida o`tkazilib borildi.

O`zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg`armasi homiylik kengashining yig`ilishida sport bilan ommaviy shug`ullanishga, sport uskunalari va inventarlari bilan jihozlanish darajasiga, sport obyektlaridan foydalanish darajasiga, sport bilan shug`ullanish samaradorligi masalalariga e’tibor qaratildi, maktabda ham belgilangan chora-tadbirlar asosida jismoniy tarbiya fani o`qituvchilari faoliyat ko`rsatmoqdalar.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish davlat Umummilliy dasturi”dagi 2004-yil 21-may PF-3431 Farmonining 5 ta yo`nalishi bo`yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ijrosi ta’minlanib borildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida”gi 2005-yil 21-dekabrdagi 275-sonli Qarori asosida maktabda Maxsus komissiya va Monitoring guruhi tashkil qilinib, o`qtuvchilarning faoliyatini o`rganish asosida o`qituvchilarning kasbiy mahorati va sinfdan tashqari ishlari uchun Direktor jamg`armasi tomonidan pedagog jamoaning 50%iga ustama haqlari to`lab, mukofot pullari va moddiy yordam asosli ravishda to`lab borilmoqda.

Xalq ta’limi vazirligining 2010-yil 1-iyuldagi "Uztoz-shogird maktablari jamoatchilik ekspertlari faoliyatining tashkil etilishi holati to`g`rida”gi 5G’1-sonli qarori 1-ilovaga asosan pedagog kadrlarni uzliksiz malakasini oshirishni "Uztoz-shogird” usulida tashkil etish to`g`risida Nizom bo`yicha maktabda ishlayotgan yosh o`qituvchilarning ish faoliyatini yanada takomillashtirish, yangi texnologiya va Davlat ta’lim standartlari asosida dars o`tish ko`nikmasini tarkib toptirish maqsadida maktabning 2010-yil 3-sentabrdagi 7AF sonli buyrug`i asosida "Uztoz-shogird” maktabi tashkil etilib, kamida 10 yildan 3 yilgacha ish stajiga ega bo`lgan yosh o`qituvchilar "Uztoz-shogird” maktabi guruhiga jalb qilindi. "Uztoz-shogird” maktabi o`z ish rejasi asosida yosh o`qituvchilarga murabbiy o`qituvchilar berkitilib, Nizom asosida tavsiyalar, metodik yordam berib borilmoqda. "Uztoz-shogird” o`quvi har oyning 1-dushanba kuni o`tkazilmoqda.

Yosh o`qituvchilarning faoliyati har tomonlama o`rganilib metodik yordam berilmoqda. Buning uchun maktabda ochiq darslar, qiziqarli kecha va ertaliklar, ilmiy-amaliy anjumanlar, seminar treninglar o`tkazildi. Maktab o`qituvchilari o`z ustida mustaqil ishlaydilar, o`zlarining g`oyaviy-siyosiy va ilmiy bilimlarini oshirib bormoqdalar.

Maktabning malaka oshirish istoqbol rejasi mavjud bo’lib, tasdiqlangan. Malaka oshirish rejasi bajarilib kelingan. Pedagoglar reja asosida malaka oshirish kurslariga jalb etildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 18-fevraldagi 07-1-20 sonli bayoni bilan tasdiqlangan "2008-2009-yillarda uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim - tarbiya samadorligini yangi sifat darajasini ko`tarish bo`yicha chora-tadbirlar dasturi”ning 1.7 bandida "Uzluksiz metodik xizmat to`g`risida”gi Nizomning yangi tahriri asosida maktab metod birlashmalarida ish olib borayotgan o`qituvchilarning maktabda, shaharda, viloyatda, Respublikada ilg`or ish tajribalari ommalashtirildi

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish