(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Maktabining ichki mehnat tartibi qoidalari

Maktabining ichki mehnat tartibi qoidalari

  • 14-09-2016, 16:21
  • rustam
  •  
  • 6159
  •  
  •  
Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumiyta`lim  maktabining 
ichki mehnat tartibi  
Q O I D A L A R I 
 
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Maktab O`zbekiston Respublikasi Konstititsiyasiga asosan davlat boshqaruvi va bo`ysunish tartib qoidalariga muvofiq shahar xalq ta`limi bo`limiga va yo`nalishdagi boshqa boshqaruv idoralariga itoat qiladi hamda ularga hisob beradi. 
2. Maktab O`zbekiston Respublikasining  "Ta`lim to`g`risidagi Qonuni hamda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshiruvchi organdir. O`z hududidagi maktab yoshidagi barcha bolalarni maktabga jalb etadi. 
3. Maktab o`z ish faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O`zbekiston Respublikasining "ta`lim to`g`risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, "O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, "O`zbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish to`g`risidagi Qonuni, "Respublika Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, maktab Ustavi, shuningdek ushbu ichki mehnat tartib qoidalari asosida olib boradi. 
4. Maktabda mehnat tartibi ish beruvchi va kasaba uyushmasi bilan kelishib tasdiqlanadigan ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilanadi. Ichki mehnat tartibi qoidalari jamoaning umumiy yig`ilishida qabul qilinadi. 
5. ushbu ichki mehnat tartibi qoidalari xodimlarning mehnatga ongli munosabatda bo`lishini, halol va vijdonan ishlashlari, mehnat intizomiga rioya qilishlari, ish beruvchining topshiriqlarini o`z vaqtida aniq bajarishlari, mehnat unumini oshirishlari, ishda mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi, sanitariya-gigiyena va yong`inga qarshi kurash xavfsizligi qoidalariga rioya etishlari, xalq va davlat mulkini ko`z qorachig`idek saqlashlari hamda mehnat intizomiga oid boshqa munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. 
6. Maktabning  ichki mehnat tartibi qoidalarini qo`llash tartibi maktab ma`muriyatining o`z huquqlari doirasida amalga oshiriladi. 

II. XODIMLARNI ISHGA QABUL QILISH VA ISHDAN BO`SHATISH TARTIBI
Maktab ma`muruyati ishga qabul qilinayotgan shaxslardan O`zbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 80-moddasiga  asosan quyidagi hujjatlarni talab qilishga  haqlidir. 
  • pasport yohud uning o`rnini bosadigan hujjat
  • mehnat daftarchasi, 1-marta ishga kirayotgan shaxslardan bundan mustasno
  • qonunga muvofiq, maxsus ma`lumot talab qilinadigan ishlarga kiratotganda oily va o`rta maxsus o`quv yurtini tamomlaganligi to`g`risidagi diplomni yohud mazkur ishni bajarish huquqini beradigan guvohnomani yoki boshqa tegishli hujjatni;
  • harbiy xizmatga majburlab yoki chiqariluvchilardan tegishli harbiy billet yoki harbiy hisobda turganligi haqida guvohnoma. Yuqorida ko`rsatilgan hujjatlarsiz ishga qabul qilish va boshqa hujjatlar tlab qilish qat`iyan man qilinadi. 
Ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish choragida dastlabki tarzda va keyinchalik (Ish davomida) vati-vaqti bilan xodimlarni tibbiy ko`rikdan o`tib kelishini talab qilishga haqlidir. 
Ishga qabul qilish maktab direktorining buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruqni rasmiylashtirish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo`ladi. Buyruq xodimga ma`lum qilinib, tilxat olinadi. Xodimlarni ishga qabul qilishda ularning ishga layoqatliligini tekshirib ko`rish maqsadida 3 oydan oshib ketmasligi sharti bilan sinov muddati belgilanishi mumkin. 
Ishga qabul qilinganda yoki ko`chirilganda maktab, muassasa ma`muriyati xodimni quyidagilar bilan tanishtirishi zarurati bo`lsa, ayrim hollarda imzo chekishi lozim: 
  • xodimga topshiriladigan ish mazmuni, huquqi va burchlari, mehnat sharoiti
  • ichki mehnat tartibi qoidalari
  • texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasi, sanitariya, gigiyena hamda yong`inga qarshi qoidalar. 
Ishga qabul qilinadigan xodim  belgilangan tartibda maktabda suhbatdan o`tadilar. 

Ishga qabul qilingan har bir xodim uchun shxsiy papkasi yuritilib unda shaxsiy varaqa, mehnat daftarchasi, arizasi, tarjimai hol, ma`lumoti haqidagi hujjat nusxasi, attestatsidan o`tganligi haqidagi hujjati, tibbiy ko`rik  xulosasi, ish faoliyatida doir buruq nusxasi, (ishga kirgani, ko`chirilgani, bo`shatilgani, mukofot va rag`batlantirilganligi) saqlanishi kerak. Xodimlarning shaxsiy papkasi maktab rahbariyatida, maktab rahbarlariniki esa xalq ta`limi bo`limi kadrlar bo`limida saqlanadi. 

1-marta ishga qabul qilingan xodimlar uchun 5 kundan kechikmasdan mehnat daftarchasi to`ldiriladi. 

Mehnat shartnomasini bekor qilish O`zbekiston Respublikasi Mehnat  Kodeksining 99-moddasiga asosan amalga oshiriladi. 

Maktabda ishlovchi barcha xodimlar mehnat shartnomasini  bekor qilish haqida me`muriyatni 2 hafta oldin yozma ravishda ogohlantirishi lozim. Shu muddatdan keyin xodim ishdan to`xtatishga haqlidir va ma`muriyat xodimga mehnat daftarchasini beradi hamda u bilan hisob-kitob qiladi. 

Mehnat shatnomasining bekor qilish uchun qonun doirasida ma`muriyat buyrug`i bilan rasmiylashtiriladi. 
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ish beruvchi xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat shartnomasining bekor qilinishi haqida buruqning nusxasini berishi shart. 

Mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi lozim bo`lgan hollarda, bu haqda xodimni yozma ravishda (imzo chektirib) ogohlantirish ishlari (muddatlari O`ZRMK ning 102-moddasida) 

Bahsharti jamoa shartnoma jamoa kelishuvlarida kasaba qo`mitasi mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilganda kasaba uyushma qo`mitasining roziligini olish nazarda tutulgan bo`lsa, (O`ZRMK 101-modda), bunday rozilikni olmay turib mehnat shartnomasini bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi. 

Kasaba uyushma qo`mitasi xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berishi masalasi bo`yicha qabul qilingan qaror haqida ish beruvchiga yozma ravishda xabar berishi kerak; bunday xabar mehnat shartnomasini bekor huquqiga ega bo`lgan mansabdor shaxsning yozma taqdimnomasi olingan kundan boshlab 10 kunlik muddat ichida  ma`lum qilinadi.

Ish beruvchi kasaba uyushmasi qo`mitasining xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga rozilik berishi to`g`risidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab 1 oydan kechiktirmay mehmat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. (O`ZRMK  101-modda)

Mehnat shartnomasi xodimning tashabbusi bilan uning kasalligi, nogironligi tufayli, qarilik nafaqasida chiqishi, oliy yoki o`rta maxsus o`quv yurtiga, asperanturaga qabul qilinishi munosabati bilan bekor qilinganda mehnat shartnomasini bekor qlish  haqidagi buyruq ham ko`rsatiladi. 

III. XODIMLARNING ASOSIY HUQUQLARI VA BURCHLARI
1. Maktabning barcha xodimlari: 
  • o`z mehnat vazifalarini halol, vijdonan bajarishi, maktab Ustavi va ish beruvchining qonuniy buyruq, qaror va ko`rsatmalariga amal qilishi, uni o`z vaqtida va aniq bajarishi;
  • mehnat intizomiga qat`iy rioya qilish: ishga o`z vaqtida kelishi, belgilangan ish vaqtini o`tab berishi, ish vaqtidan unumli, ijodiy va natijali foydalanishi
  • ish sifati va samarasini muntazam oshirib borishi 
  • o`z malakasi va ma`lumotini tinmay oshirib borishi
  • mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi, sanitariya-gigiyena, yong`inga qarshi kurash qoidalariga to`liq rioya qilishi 
  • tibbiy ko`rikdan belgilangan tartibda va o`z  vaqtida o`tib turishi
  • axloqiy qoidalarga rioya qilishi: ishga kelganda va ish mobaynoda spirtli ichimliklar ichishga yo`l qo`ymasligi, odamlar bilan etik qoidalarga rioya qilgan holda muomalada bo`lishi 
  • o`z jamoasida so`glom ish muhiti hukmron bo`lishi uchun har tomonlama hamkorlik qilishi, xodimlar o`rtasida kelishmovchilik, guruhchilik, g`iybatchilik kabi salbiy illatlarningkelib chiqishini oldini olish, fidoiylik qilishi 
  • maktab mulkini asrab avaylashi
  • o`z ish joyida saranjon sarishtalikni ta`minlashi, fa xonasini jihozlashi, gullar o`stirishi, ta`mirlashi;
  • ishni sababsiz tashlab ketmasligi shart.
2. Maktab xodimlari dars va mashg`ulotlar, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar davomida maktab o`quvchisining hayoti va sog`ligi uchun javobgardirlar. Ish va mashg`ulotlar davridagi har qanday xastalik yoki hodisa xususida darhol maktab ma`muriyatiga ma`lum qilishlari shart.

3. Belgilangan tartibda maktab direktori buyru`gi bilan  xodimlarga o`quv soatlariga qo`shimcha tarzda sinf rahbarligi, to`garaklar, o`quv xonasi mudirligi, shuningdek o`quv-pedagogik jarayonga aloqador boshqa vazifalar va lavozimlar qo`shimcha tarzda berilishi mumkin.

4.  Barcha pedagogik xodimlar har 5 yilda Nizomga ko`ra attestatsiyadan o`tadilar
5.  Hakim va tibbiyot hamshirasi tuman shahar tibbiyot muassasasi tomonidan tayinlanadi, ularning mehnat vazifalari tegishli Ustav, Nizom va ichki mehnat tartibi qoidalari bilan belgilab beriladi. 
6.  Xodimlar mehnati miqdori va sifatiga yarasha davlat tomonidan belgilangan minimal miqdoridan kam bo`lmagan haq to`lnadigan va kafolatlangan ish haqi olish huquqiga egadirlar. 
7.  Har o`quv yilida, o`quv yili davomida ta`tillar olish, haftasiga 1 marta dam olish huquqiga egadirlar. 
8. Ayrim toifadagi xodimlarning mehnat vazifalariga  maktab Ustavida belgilangan qo`shimcha quyidagilar qo`shiladi:
1. Maktab  direktori o`z ishlari va butun faoliyati bo`yicha shahar hokimligi, VXTB, SHXTB oldida shaxsan javobgardir. Maktab  direktori:  maktabdagi ta`lim tarbiya ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yishi, O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida"gi qonun talablari bajarilishini ta`minlashi, umumiy o`rta ta`limga tortilishi lozim bo`lgan barcha bolalarni maktabga jalb etishi snflarda o`quvchilarning belgilangan me`yorga muvofiq bo`lishiga rioya qilishi, maktabni zarur kadrlar bilan ta`minlashi, barcha xodimlarning fidoiylik va tashabbuskorlik bilan ishlashiga zarur sharoitlar yaratish, yuksak ahloq, odob namunasiga munosib, bilimli, ijodiy talabchan va odil shaxs bo`lishi, maktab xo`jaligi va ish yuritishi to`g`ri olib borilishi ta`minlashi kerak, ishni maktab rejasiga muvofiq tashkil etishi, o`qituvchi va boshqa xodimlar ishini shaxsan nazorat qilib turishi lozim. 
2. Direktor o`rinbosarlari o`z ishi bo`yicha bevosita maktab direktori oldida javobgardir. U ta`lim tarbiya ishlarining to`g`ri olib borilishini, o`quvchilar bilimini turli yo`llar va mahbul yangi usullar bilan to`g`ri hisobga olinishi va baholanishini, o`quvchilar bilimini turli yo`llar va, maqbul yangi usullar bilan to`g`ri hisobga olinishi va baholanishi, o`qitishning yuqori sifatini va yangicha bo`lishini ta`minlash lozim. O`zbekiston respublikasi Xalq ta`limi Vazirligi tomonidan tasdiqlangan o`quv rejalari, dasturlari hamda dars jadvalarining har bir o`qituvchi tomonidan bajarilishini ta`minlashi lozm.
3. Ma`naviyat va tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari barcha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni boshqaradi; sinf rahbarlari faoliyatiga rahbarlik qiladi; maktab va sinf ota-onalari ishini muvofiqlashtirib borish fanlardan va jismoniy tarbiyadan to`garak va seksiyalar tashkil etadi, o`z hududida vouaga vouaga yetmagan yoshlar bilan ishlaydi, maktabdan ketib qolishini oldini oladi, yo`l-o`lov ko`cha harakati hamda tartibbuzarlik hollariga qarshi  kurash ishlari olib boradi, jamoat tashkilotlari ishiga rahbarlik qiladi, ma`naviyat darslarining jadval bo`yicha muntazam o`tkazilishiga bosh-qosh bo`ladi. 
4. Chaqiriqqacha yoshlarni tarbiyalash rahbari yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni harbiy xizmatga yetuk kishilar bo`lib yetishishiga rahbarlik qiladi. Chaqiriqqacha ta`lim xonasini; o`smirlar shug`ullanadigan maydonchani jihozlaydi va zamon talabiga mos bo`lishiga erishadi. Ertalabki lineykalarni tashkil qiladi. Tuman mudofaa bo`limi. Vatanparvar Avg`on jangchilari uyushmasi jamiyati bilan uzviy aloqada bo`lishi lozim. 
5. Xo`jalik ishlari mudiri maktab binosi va maktab mulkining yaxshi saqlanishi uchun moddiy javobgarlik; maktab binosida va hovlisida tozalik va tartib bo`lishi uchun maktabni suv va yoqilg`i bilan ta`minlashi; maktab binosini isitsh; ular uchun sarflanadigan sarf xarajatlarni tejab-tergab iqtisod qilib foydalanishni tashkil etish; maktab binosi va sinf xonalarini o`quv mashg`ulotlari boshlanadigan vaqtgacha tayyorlab qo`yish; maktab farroshlari, gardirobchilari; o`t yoquvchilar va boshqa xodimlarning ishini to`g`ri tashkil etishi uchun mas`uldir. Maktabda yong`inga qarshi kurash burchagini tashkil etadi. Tuman xalq ta`limi bo`limiga gaz, elektr; va suv bo`yicha hisobot hamda o`lchamlar hisobotini har oyning 20 kundan kechikmay topshirib turadi. Maktab o`quvchilarining Prezident farmoniga oid imtiyozlarini tegishli idoralar bilan  rasmiylashtirib boradi. 
6. Maktab kutubxonachisi kutubxona fondiga tegishli darslik va o`quv qo`llanmalarini muntazam olib turishini ta`minlashi; kitoblar tanlashda o`quvchilarga  yordam berishi va ularni kitoblardan foydalanishga o`rgatishi; yangi kitoblar namoyishini tashkil etish; kitobxonlar bilan sinfdan tashqari ishlar olib borishi; kutubxonada ma`naviyat va ma`rifatga oid tadbirlar o`tkazib turishi; maktab o`quvchilar va o`qituvchilarning vaqtli matbuot obunasini tashkil etishi kutubxona fondiga doir hisob-kitob ishlarini olib borishi kerak. 
7. Xona mudirlari o`quv xonasidagi mavjud ko`rgazmali qurollar, stend, albom, texnika vositalarining qattiq va yumshoq jihozlarning saqlanishi uchun javob berishi; o`z xonasini yangi ko`rsatmali o`quv materiallar bilan boyitib borishi, xonaning tozza, ozoda, shinam va gullarga boy bo`lishiga erishishi lozim. O`quv yili oxirida va vaqti vaqti bilan ta`mirlash ishlarini amalga  oshiradi. 
8. Laborantlar fanlari bo`yicha darsda o`tkaziladigan tajribalar va laboratoriya ishlari uchun zarur bo`lgan barcha jihoz va uskunalarni tayyorlashi o`zlariga ishonib tpshirilgan jihoz va asboblarning tartibli; yaxshi va mukammal saqlashda maktab direktori va xona mudiri oldida javobgardir. Ular asbob-uskuna va xim reaktivlar bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat`iy rioya qilishlari shart. 
9.  Jismoniy tarbiya rahbari o`quvchilarni jismonan sog`lom, baquvvat bo`lib o`sishlarini ta`minlaydi. Sport to`garaklari, sport musoboqalarini tashkil qiladi. Sport zali, xonalarini toza, ozoda saqlashi, gullar o`stirishi, sport maydoni va undagi jihozlarning yaxshi saqlanishini ta`minlaydi. Ertalabki jismoniy tarbiya minutlarini o`tkazib borishi, jismoniy tarbiya fani o`qituvchilariga metodik ko`rsatmalar berib borish lozim. Maktabda futbol sinflari tashkil qilish, tuman va viloyat musoboqalariga o`quvchilarni qatnashishiga erishish, "Quvnoq startlar musoboqalari tashkil qilish hamda tuman hokimligi sport qo`mitasi bilan uzviy aloqada bo`lishi lozim. 

IV. ISH BERUVCHINING (MA`MURIYATNING)  BURCHLARI
1. Ish beruvchi (ma`muriyat):
a) Xodimlarning mehnatini O`zbekiston Respublikasining "Ta`lim to`g`risida" gi Qonuni. "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Maktab Ustavi va boshqa me`yoriy hamda direktiv hujjatlarga muvofiq to`g`ri tashkil etishi, ularga ish taqsimotini mutaxassisligi, toifasi va ishga layoqatini hisobga olib amalga oshirishi, har bir xodim uchun aniq ish mazmuni, ish o`rni, mulk yoki jihoz, texnika vositasi berishi, so`glom va xavfsiz ish sharoiti yaratish;
b) Mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazas qoidalariga amal qilishi, xodim, bolalar hayoti va sog`ligini muhofaza qiluvchi ish sharoitini ta`minlashi, ulardan shikastbandlik va yo`l-ulov, ko`cha harakati qoidalari, barcha xodimlarning ish sanitariya-gigiyenasi, xavfsizlik texnikasi, yong`in xavfsizligi yo`riqnomalar bilan tanishtirib borishi va uning bajarilishi ustidan nazorat o`rnatishi;
c) Maktab, maktab xodimlari, o`quvchilar mulkining butunligini ta`minlash;
d) Maktab xodimlari va o`quvchilari uchun issiq ovqat tashkil etish;
e) Maktab, muassasa xodimlarining Prezident Farmonlari bo`yicha tegishli imtiyozlardan foydalanishlariga doir hujjatlarni o`z vatida rasmiylashtirish;
f)  Ish haqi va nafaqa to`lovlarini o`z vaqtida, belgilangan muddatda olib borishi chorasini ko`rish, ish haqini to`lovining yagona tarif setkasi va rag`batlantirish fondidan qo`shib to`lanadigan ulushining Nizom asosida to`lanib borilishini nazorat qilish;
g) Xodimlarning talab va ehtiyojlariga, tegishli imtiyoz huquqlariga sezgirlik bilan yondoshib borish, xat va arizalarni nazoratga olib, o`z vaqtida ijobiy hal etish chorasini ko`rish, xodimlarning mehnat ta`tillarini o`z vaqtida berib borish; 
h) Ish joyida xodimlar uchun ishchanlik kayfiyatini yaratish, ularning fidoiylik bilan berilib, ijodiy tarzda ishlariga imkoniyat yaratish, ularning har qanday ijobiy hatti-harakatini o`ta sezgirlik bilan qo`llab-quvvatlashi ularning eng yaxshi fikr-mulohazalariga ijobiy baho bera bilishi, joriy qilishi, rag`batlantirish, ommalashtira bilishi;
i) Kasaba uyushmasi qo`mitasi va jamoaning boshqa vakillik organlari bilan hanjihatlikda ish tutishini o`rnatish;
j) Xodimlarning o`z malakalarini oshirishlariga sharoitlar yaratib berish;
k) Maktabda har haftaning dushanba kuni ertalab 8:00 dan, 8:30 gacha director huzuridagi yig`ilish o`tkazilib turiladi;
l) Jamoa kelishuvi va shartnomalarida ko`zda tutulgan boshqa majburiyatlarni bajarishi lozim.

V. ISH VA DAM  OLISH VAQTI
1. Maktab  va muassasalarda amaldagi qonunlarga muvofiq olti kunlik ish haftasi va bir kunlik dam olish kuni joriy qilingan. Maktabda ish vaqtining boshlanishi va tugashi ularda mashg`ulotlarning smenalari soniga qarab maktab Ustavi tomonidan belgilanadi. 

Pedagogik xodimlar va maktab  rahbarlarining ish vaqti o`quv soatlari, pedagogic soatlar, shuningdek jamoa bilan olib boradigan ishlari asosida belgilanadi.  

Xodimlarning ishga kelish, uni o`tib ketish vaqti director o`rinbosari va ma`muriyat tomonidan nazorat qilib boriladi va shunga asosan table yuritiladi. 

Xodim ishga kelmay qolgan kuni, uning sababini shu kuniyoq zudlik bilan ma`muriyatga ma`lum qilish, kasal bo`lib qolgan bo`lsa, mehnatga qobilyatsizlik varaqasini taqdim etishi kerak. Davolanish muassasasida beriladigan ma`lumotnoma (spravka) xodimga faqat 3 soatgacha ishga sababli kelolmaganini tasdiqlovchi hujjat vazifasini o`tashi mumkin. 

Dam olish kuni yakshanba shuningdek bayram kunlari hisoblanadi. 
Quyidagi kunlar bayram (ishlanmaydigan) kunlardir:
1. Yanvar Yangi yil, 8 mart - Xotin qizlar kuni, 21-mart "Navro`z" bayrami, 9-may - Xotira va qadrlash kuni, 1-Sentabr- Mustaqillik kuni, 1-Oktabr- O`qituvchi va murabbiylar kuni, 8-dekabr-Konstitutsiya kuni, Ro`za hayiti (Iyd-al-fitr), Qurbon hayiti (Iyd-Adha) dini bayramining birinchi kuni. 
2. Pedagogik xodimlarning dars taqsimotlari har yili joriy yil oxirida xodimlar ta`til oldida kasaba uyushma qo`mitasi va uslubiy uyushma taqdimnomasiga asosan taqsimlanadi. Bunda quyidagilar hisobga olinishi darkor:
a) Pedagogik xodimlar uchun sinflar bo`yicha dars soatlarining davomiyligining saqlanishi;
b) Xodimning dars soati 1:0 stavkadan kam bo`lmasligi undan kam bo`lganda uning yozma tarzdagi roziligini olish 0:5 stavkadan kam dars bilan ishlatmaslik. Xodimlarning iqtisodiy ahvolini va kundalik ehtiyojlarini hisobga olish.
3. Darslar jadvali, sinfdan tashqari ishlar jadvali pedagigok xodimlarning haftalik dars soati miqdori, sanitariya-gigiyena me`yorlari va xodimlar vaqti byudjeti talablariga rioya qilingan holda ma`muruyat tomonidan kasaba uyushma qo`mitasi bilan kelishilgan holda tuziladi.
4. Ish vaqti soatbay hisoblanadigan xodimlar uchun (xo`jalik mudiri, laborant, kotiba, bog`bon, santexnik)  ish vaqti 7 soat, ya`ni 8:00 da -  16:00 gacha  belgilanadi, boshqa texnik xodimlar (farrosh) uchun maktabning bir yoki ikki smenasidagi ishlashiga qarab, qorovullar uchun esa ma`muriyatning ixtiyori bilan belgilanadi. 
Ish grafigida xodimlarning tushlik ovqatlanish vaqti va davomiyligi ko`rsatilishi kerak. 
5. Dam  olish va bayram kunlari ishlatish ta`lim tizimi uchun ta`qiqlanadi. Ma`muriyatning buyrug`i bo`yicha ayrim xodimlarni dam olish kunlari ishlashiga jalb etishga alohida hollardagina, jamoa shrtnomasida agar u tuzilmagan bo`lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushma qo`mitasi bilan kelishib belgilangan asoslar bo`yicha va tartibda yo`l qo`yiladi. 
6. Maktabda kasaba uyushma qo`mitasi bilan kelishilgan holda pedagog  xodimlarning navbatchiligi tashkil etiladi. Navbatchilik ishiga chaqiriqqacha yoshlarni tarbiyalash rahbari ham jalb etiladi. Navbatchilik vaqti dars smenasida mashg`uloti boshlanishidan 20 minut oldin va dars mashg`ulotlari boshlanishidan 20 minut o`tguncha davom etadi. Navbatchilik grafigi ko`rinarli joyga ilinadi. 
7. O`quv yili davomidagi ta`til kunlari pedagog xodimlar uchun ish vaqti hisoblanadi. Bunday kunlarda pedagog xodimlar ish kuni o`quv yili boshida o`tkazilgan qayta tayinlash ro`yxatidan dars soati bilan o`tkaziladi. 
8. Pedagog  xodimlar bilan o`tkaziladigan umumiy yig`ilishlar har oyda bir marta o`tkaziladi. 
9. Barcha xodimlarga, shu jumladan o`rindoshlik bilan ishlayotgan xodimlarga dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va o`rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta`tili va yillik uzaytirilgan ta`tillari berib boriladi. Pedagogik xodimlarga 48 kunlik, xodimlar toifasiga qarab 18, 24, 36 ish kunlaridan iborat mehnat ta`tillari beriladi. 
Maktab, muassasa xodimlari uchun asosli sabablari aniq ko`rsatilib rasmiylashtirilgan tarzda 15 kunda 3 kalendar kunigacha o`z hisobidan ta`til berilishi mumkin. O`z hisobidan olingan ta`til ishchining asosiy mehnat ta`tiliga ta`sir qilmasligi kerak. 
Pedagogik  va boshqa xodimlar uchun beriladigan mehnat ta`tillari grafigi ma`muriyat tomonidan kasaba uyushma qo`mitasi tomonidan yilning 5 yanvardan kechikmaadan tuzib chiqiladi va barcha xodimlarga ma`lumot uchun beriladi. 
Pedagogik va boshqa xodimlarning mehnat ta`tili odatda yozgi o`quvchilar davrida belgilanadi. 
10. Pedagogik va boshqa xodimlar uchun qo`yidagilar ta`qiqlanadi: 
a)  Dars jadvalining, ish grafigini o`zboshimchalik bilan o`zgartirish
b)  Maktab va muassasa binosida chekish
c)  Dars mashg`uloti, tanaffus vaqtlari davomiyligini bekor qilish, cho`zish yoki qisqartirish
d)  O`quvchini darsdan chiqarib yuborish
e) Dars paytida, o`quv yili davomida o`quvchilarni o`quv jarayoni bilan bog`liq bo`lmagan xo`jalik, qishloq ishlariga, jamoatchilik topshiriqlarini bajarishga, sport va boshqa tadbirlga  jalb etish. (Yuqori tashkilotlarning buruq farmoyishlari bo`lgan holler bundan mustasno)
f) Ish paytida jamoatchilik masalalaridagi yig`ilishlarni o`tkazish
11.Chetdan kelgan shaxslarning darslarga kirish yohud  darsni kuzatishi, maktab direktori yohud uning o`rinbosarlari ijozati bilan ryhsat etiladi. 
Dars mashg`uloti paytida boshlang`ich sinfga kirish huquqi favqulodda hollarda faqat maktab direktorigagina beriladi.

VI. ISHDAGI YUTUQLARI UCHUN RAG`BATLANTIRISH
1. Ishdagi yutuqlari, ta`lim va tarbiya berishdagi muvaffaqqiyatlari, ko`p yillik samarali va benuqson mehnat faoliyati va boshqa yutuqlari uchun pedagogik xodimlarga nisbatan rag`batlantirishning quyidagi turlari qo`llaniladi:
            a) Tashakkurnoma e`lon qilish;
            b) Mukofot berish;
            v) Qimmatbaho va esdalik sovg`alar berish;
            g) Faxriy yorliqlar bilan taqdirlash;
            d) Shuhrat kitobiga, "Maktabimiz iftixorlari" nomli stendga suratini qo`yish, nomini yozish
            e) Ekskursiya va sayohatlarga yuborish;
            f) Faxriy unvonlar, medallar, ko`krak nishonlari bilan taqdirlanishiga tavsiya etish;
            2. Barcha pedagogik va boshqa xodimlarni mukofotlashda "Xalq ta`limi bo`limi va barcha ta`lim muassasalari xodimlari mehnatini moddiy rag`batlantirish to`g`risida"gi Nizomga amal qilinadi. 

VII. MEHNAT INTIZOMINI BUZGANLIGI UCHUN INTIZOMIY JAZO BERISH TARTIBI
1. Xodimlar tomonidan ularning aybi bilan zimmasiga yuklatilgan mehnat vazifalarini, shartnoma talablarini o`rta umumiy ta`lim maktabi Ustavi, ichki mehnat tartibi  intizomi to`g`risidagi qo`shimcha Nizom va yo`riqnomalar qoidalarning buzilishi mehnat intizomini buzish hisoblanadi va bu xodimga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo`llashga asos bo`ladi. Bular quyidagilar:
            a) Xayfsan e`lon qilish;
            b) O`rtacha bir oylik ish haqining yigirma foizidan qirq foizgacha  miqdorda jarima solish;
            v) Mehnat shartnomasini  bekor qilish; 
2. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini maktab direktori yoki muassasa mudiring tashabbusi bilan O`zRMK ning 100 moddasiga asosan ham bekor qilinishi  mumkin. Bunda jumladan, xodimning o`z mehnat vazifalarini bir marta qo`pol ravishda buzganligi ham inobatga olinadi (Xodimlarning mehnat vazifalari ushbu tartib qoidalarida maktab Ustavida ham belgilab beriladi). Xodimning o`z mehnat vazifalarini bir marta qo`pol ravishda  buzilishlariga  quyidagilar kiradi: 
a) Ishga bir marta mast, sarhush, yohud narkotik modda iste`mol qilgan holda kelgani aniqlanganida;
b) Bir ish kuni davomida uzrsiz ishga kelmaganda;
v) Ma`muriyat topshiriqlarini bir necha marta uzrsiz va asossiz bajarmagandagi;
d) bir marta hushyor xonada saqlanganda;
e) Tarbiyaviy sohada ishlashga noloyiq tarzda ahloqsizlik qilganda;
Mehnat shartnomasi ma`muriyat tashabbusi bilan bekor qilinayotganda O`zRMK ning 101-moddasiga asosan kasaba uyushmasi qo`mitasi bilan kelishib olinadi, shuningdek ayrim asoslar uchun O`zRMK ning 102- moddasiga muvofiq ogohlantirish muddati belgilanadi. 
2.Maktab rahbarlari va ularning o`rinbosarlariga qo`llaniladigan jazo choralari
3.Xodimga nisbatan intizomiy jazo berishdan oldin undan yozma tarzda tushuntirish xati yozish talab qilinadi. Tushuntirish xati yozishdan bosh tortish xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo`llashga to`siq bo`la olmaydi. 
4.Har bir nojo`ya hatti-harakat uchun faqat bir marta intizomiy jazo qo`llanilishi mumkin. Intizomiy jazo  bevosita nojo`ya hatti-harakat aniqlangandan keyin xodimning kasal yoki ta`tilda bo`lgan vaqtini hisobga olmasdan 1 oy ichida qo`llaniladi. Sodir etilgan nojo`ya hatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab 2 yil o`tgandan keyin jazoni qollab bo`lmaydi. 
Intizomiy jazo berilganligi to`g`risidagi buyruq xodimga ma`lum qilinib, tilxat olinadi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo`llanilgan kundan boshlab bir yil.
Intizomiy jazoni qo`llagan ish beruvchi o`z tashabbusi bilan xodimning yoki mehnat jamoasining iltimosiga ko`ra jazoni 1 yil o`tmasdan oldin ham olib tashlashi mumkin. 

VIII. MAKTABDA ISHCHI GURUHLARI TUZISH HAQIDA
1. Maktabda prezident Farmonining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarining bajarilishi, xodimlarningijtimoiy, iqtisodiy ahvolini nazorat qiluvchi va boshqa ishchi guruhlari maktab rahbarlari, kasaba uyushmasi raisi  yohud o`qituvchilar boshchiligida tuzilishi mumkin. Ishchi guruhlari har yili 1-2 marta jamoa oldida hisob beradilar. 
 
IX. FUQAROLARNI QABUL QILISH, SHIKOYAT, ARIZA VA XATLARNI KO`RIB CHIQISH TARTIBI
1. Ariza va shikoyatlarni ko`rib chiqish  "O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlari to`g`risida"gi qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2. Maktabda fuqarolarni qabul qilish tartibi quyidagicha belgilanadi: 
  • Maktab direktori dushanba soat 14 00-16 00 gacha 
  • O`quv- tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari har kuni 14 00-16 00 gacha Seshanba soat 8 00-16 00 gacha 
  • Ma`naviy va ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari har kuni soat 14:00-16:00 gacha, chorshanba soat 8:00-16:00 gacha  
  • Boshlang`ich sinflar bo`yicha direktor o`rinbosari har kuni 14:00-16:00 gacha, shanba soat 8:00-16:00 gacha 
  • Psixolog har kuni soat 14:00-16:00 gacha, juma soat 8:00-16:00 gacha 
  • Xo`jalik mudiri har kuni soat 10:00-12:00 gacha
3.      Maktabda yuqori tashkilotlardan kelgan xat, telegrammalar:
a) Yuqori tashkilotlarning topshiriq va so`rov xatlari ularda ko`rsatilgan muddatlarda yoki 10 kun mobaynida, telegrammalar zudlik bilan;
b)  Ma`muriyatga tushgan xatlar, ariza va shikoyatlar 15-30 kun mobaynida ko`rib chiqiladi;
 
X. MAKTABDA ISH YURITISH
1. Maktabda ish yuritish kotiba, maktab direktori  va uning o`rinbosarlariga yuklatiladi hamda davlat tilida olib boriladi. 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish