(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Aholi orasida tabiiy va is gazlaridan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi natijasida chaqnashlarni oldini olish

Aholi orasida tabiiy va is gazlaridan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi natijasida chaqnashlarni oldini olish

  • 20-11-2016, 12:29
  • ziyo11
  •  
  • 1725
  •  
  •  
Statistik malumotlarga kora, 2013-2015-yillar davomida respublikamiz hududida sodir bolgan favqulodda vaziyatlarning 12% tabiiy va is gazlaridan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi natijasida chaqnashlarni holatlari bilan bog`liq.  
 
Malumki is gazi (SO) rangsiz, hidsiz, korxona sharoitida eng kop uchraydigan zaharli birikma bolib, tabiiy gaz, yoqilg`i, komir, otin chog`lari toliq yonmasligi oqibatida vujudga keladi. Tutun tarkibida 3 %, ishlangan gazda 13 %, portlovchi gazlar tarkibida esa 50-60% gacha is gazi boladi.

Is gazidan shamollatish tizimi yaxshi ishlamaydigan organik moddalarni ishlab chiqaradigan korxonalarda, avtoulovlar turar parklarda, yangi boyalgan va shamollatilmagan xonalarda, shuningdek uy sharoitlarida tabiiy gaz chiqib turganda va pechka bilan istiladigan uylar, hammomlarda, dam olish palatkalarida yonuvchi moddaning toliq yonmasligi natijasida zaharlanib qolish mumkin.    
  
Is gazi organizmga nafas azolari orqali tasir etadi. Ushbu gaz gemoglabin bilan kislorodga nisbatan 300 marotaba kuchli birikma - karboksigemoglobin hosil qiladi. Oqibatda gemoglobinning toqimalarga kislorod tashish xususiyati keskin pasayib, gipoksiyaga, og`ir xolatlarda esa anoksiya va olim xolatiga olib kelishi mumkin.

 Xona havosidagi is gazining atigi 0,1% konsentratsiyasi  inson organizmi uchun olim darajasida xavfli hisoblanadi. 

Tabiiy gazning xonada toplanishi oqibatida portlovchi gaz-havo aralashmasi hosil bolib, ochiq olov yoki uchqundan chaqnashi va portlashi natijasida inson turli tan jarohatlari olishi yoki halok bolishi mumkin.

Aholi orasida is gazidan zaharlanish holatlari, gaz tarmoqlaridagi avariyalar hamda ularning oqibatida yuzaga kelishi mumkin bolgan favqulodda vaziyatlar soni songgi vaqtda tez-tez kuzatilmoqda. 

Aksariyat xollarda is gazidan zaharlanish va gazdan chaqnashlar tabiiy gaz va muqobil yoqilg`i turlarida ishlovchi isitish pechlari va boshqa jihozlardan xavfsiz foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik, nostandart (qolbola yasalgan) va chet elda ishlab chiqarilgan sertifikatga ega bolmagan isitish uskunalari, gaz sorish nasoslaridan  foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgani aniqlandi. 

Kuz-qish mavsumida isitish moslamalaridan tog`ri foydalanish qoidalarini targ`ib etuvchi videoroliklar mahalliy va markaziy teleradiokompaniyalar orqali 857 marotaba efirga uzatildi, matbuotda 33115 ta maqolalar chop etilib, 271426 donadan  oshiq eslatmalar tayyorlandi va tarqatildi, radioefirga 1214 marotaba radioeshtirishlar uzatildi.

Kuz-qish mavsumida aholi orasida is gazidan  zaharlanish, gazdan chaqnash oqibatida portlash va yong`inlar kelib chiqishi kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, tegishli FVDT xizmatlari bilan hamkorlikda Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2014-yil 29 sentyabr kuni tasdiqlangan "Binolarda tabiiy gazning sizib chiqishini va fuqarolarning is gazlaridan zaharlanishlarini oldini olishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasiga asosan joylarda profilaktika ishlari olib borilishi yolga qoyilgan.

Shunga qaramasdan 2015-yilning noyabr-dekabr respublikamizda is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi natijasida chaqnashlar bilan bog`liq 14 marotaba favqulodda vaziyatlar qayd etilib, ularda 25 nafar fuqarolar vafot etgan va 21 nafar fuqarolar turli darajadagi tan jarohati olishgan.

Hurmatli fuqarolar, malumki qish mavsumida havo haroratini keskin pasayib ketishi bilan fuqarolarimiz tomonidan xonadonlarni isitish maqsadida turli xildagi yoqilg`i maxsulotlari, har xil turdagi isitish va gaz uskunalaridan foydalanishga bolgan ehtiyoj kundan kunga oshib bormoqda.

Bu esa oz navbatida yong`in va texnika xavfsizligi qoidalari talablarini buzilishi natijasida xonadonlarda tabiiy gaz va havo aralashmasining chaqnashiga, fuqarolarning is gazlaridan zaxarlanib qolish ehtimolini oshishiga olib kelmoqda.

Afsuski joylarda olib borilayotgan tushuntirish va targ`ibot tadbirlariga qaramasdan aholi orasida tabiiy va is gazlaridan zaharlanish, turli xil tan jarohatlari olish bilan bog`liq noxush holatlar uchramoqda.

Bunday holatlarni oldini olish uchun esa quyidagi oddiy qoidalarga qatiy amal qilish zarur:
  • isitish mavsumi boshlanishi oldidan pechlar, qozonxonalar, suv isitish kolonkalarining sozligi, morikonlarining tozaligini tekshirib chiqing;
  • nosoz, nostandart, qolbola yasalgan isitish va gaz moslamalaridan foydalanishiga aslo yol qoymang;
  • bolalar va imkoniyati cheklangan kishilarni nazoratsiz qoldirmang;
  • tabiiy gazdan foydalanishda turli xildagi rezina shlanglar, turli xil gaz sorgichlardan foydalanmang;
  • chet davlatlarda ishlab chiqarilgan isitish moslamalaridan faqat yoriqnoma bilan yaxshilab tanishib chiqqandan keyingina foydalaning;
Agar xonaga tabiiy gazning tolib qolganligini sezib qolsangiz!
  • gaz plitalari va isitish pechlarini gaz tarmog`idan ochiring;
  • darrov eshik va derazalarni ochib, xonani shamollating;
  • xonada elektr jihozlarini yoqmang, yoniq bolsa ochirmang, chunki bu yong`in yoki gaz va havo aralashmasining chaqnashiga sabab bolishi mumkin;
  • agar gaz chiqayotgan joyni ozingiz aniqlay olmasangiz, 104 telefoni orqali shahar va tuman gazlashtirish idoralari avariya tamirlash guruhlariga qong`iroq qiling.
Aziz fuqarolar yuqoridagi qoidalariga rioya qilish orqali ozingiz va yaqinlaringiz hayotini, mol-mulkingizni Favqulodda vaziyatlardan va noxush holatlardan asrab qolasiz.
Barchangizni kirib kelayotgan yangi 2017-yil bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz. 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish