(+99879) 224 01 21 Maktab ma`muriyati
» » » Djumaniyozova Gulnora Erkinovna

Djumaniyozova Gulnora Erkinovna

  • 6-12-2013, 10:38
  • rustam
  •  
  • 4231
  •  
  •  

Djumaniyozova Gulnora ErkinovnaDjumaniyazova Gulnora Erkinovna 1962-yil 28-mart kuni Xorazm viloyati Xiva shahrida tug`ilgan. 1979-yil Xiva shahridagi 1-son umumiy o`rta talim maktabini, 1983-yil Buxoro Davlat Pedagogika institutining fizika fakultetini tugatib, ish faoliyatini fizika fani o`qituvchiligidan boshlagan.
2000-yil O`zbekiston Respublikasi "Xalq talimi alochisi ko`krak nishoni bilan taqdirlangan. 
2005-yildan Navoiy shahar 11 son Davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim  maktabi direktorligi vazifasida ishlab, jamoaga rahbarlik qilish bilan birga yosh avlodga oliy toifali mutaxassis sifatida fizika fanidan saboq berib kelmoqda.
      2007-yildan O`zbekiston Respublikasi  talim markazi qoshida tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan talim muassasalari "Direktorlar kengashi raisi.
        Djumaniyazova Gulnora Erkinovna maktabda rahbarlik qilgan yillarda quyidagi yutuqlarga erishildi:
Jumladan, 2005-2006 o`quv yilida maktab huzurida "Iqtidorli bolalar maktabi tashkil etilib, iqtidorli bolalarni tanlash hamda ular bilan olib boriladigan talim - tarbiyaviy ishlar tizimi yaratildi va 2008 yilning oktyabr oyidan maktabga rasman "Davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktab maqomi berildi.
- 2006 yil yakuniga ko`ra Viloyat xalq talimi boshqarmasi tomonidan "Eng fidoyi direktor deb topilib, diplom bilan taqdirlandi;
- 2007 yil "Yil maktabi - 2007 ko`rik-tanlovining Respublika bosqichida faxrli II o`rinni egalladi;
- 2008-2009  o`quv yili "Ijodiy muhitni rivojlantirish o`quv yili munosabati bilan "Eng namunali maktab deb tan olinib, I darajali diplom bilan taqdirlandi;
- 2009 yil sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashda munosib hissasini qo`shgani uchun Djumaniyazova Gulnora Erkinovna Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining "Faxriy yorlig`i bilan mukofotlanib, ham manaviy, ham moddiy rag`batlantirildi.
     Djumaniyazova Gulnora Erkinovna "Talim to`grisidagi Қonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, "2004-2009 yillarga mo`ljallangan maktab talimini rivojlantirish Umummilliy Dasturi talablaridan kelib chiqib, maktab talimini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqdi va ishi viloyat miqyosida ommalashtirildi.
2009 yil sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashda munosib hissasini qo`shgani uchun Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining "Faxriy yorlig`i" bilan mukofotlanib, ham manaviy, ham moddiy rag`batlantirildi.
2009-2010  o`quv yilida o`rta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari va umumiy o`rta talim maktablari o`rtasida o`tkazilgan 3-bosqich fan olimpiadasida umumjamoa hisobida 1-o`rinni egallaganligi uchun maktab Navoiy viloyati xalq talimi boshqarmasi tomonidan  I darajali diplom bilan taqdirlandi. 2010 yilda jamiyatimizda ijtimoiy va manaviy muhitni yanada sog`lomlashtirish, yoshlarimizni har tomonlama sog`lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini taminlaydigan manaviyat qo`rg`oni bo`lmish oilani mustahkamlash, sog`lom muhitni shakllantirish, yoshlar o`rtasida har qanday salbiy oqibatlar, g`oyalar kelib chiqishining oldini olish maqsadida o`tkazilgan "Oila sog`lomligi - mamlakat barqarorligi oyligi davomida yoshlar o`rtasida o`tkazilgan tanlovda faol ishtirok etib, maktab jamoasi Navoiy shahar hokimligi tomonidan Oliy darajali diplom va kompyuter bilan taqdirlangan bo`lsa, 2011 yil 15 noyabrdan 15 dekabrgacha "Kamolot atrofida birlashamiz oyligi yakuniga ko`ra oliy o`quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, umumtalim maktablari o`rtasida oliy o`rinni egallab, diplom va kompyuter bilan taqdirlandi. 
1983-1984 yy.   -Xorazm viloyati Xiva shahridagi 1-hunar texnika bilim yurtida fizika fani o`qituvchisi
1984-1997 yy.   -Navoiy viloyati Karmana shahridagi 15-o`rta maktabda fizika fani  o`qituvchisi
1997- 2001 yy.  -Navoiy shahar Xalq talimi bo`limi metodika kabineti mudiri
2001-2004 yy.   -Navoiy viloyati Navoiy shahridagi 11-maktab fizika fani o`qituvchisi,  o`quv ishlari bo`yicha  direktor o`rinbosari
2005-yildan Navoiy shahridagi 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim  maktab   direktori

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish