(+99879) 224 01 21 Maktab ma`muriyati
» » » Ro`ziyev Islom Ortiqovich

Ro`ziyev Islom Ortiqovich

  • 6-12-2013, 10:16
  • rustam
  •  
  • 2417
  •  
  •  
Ro`ziyev Islom Ortiqovich 1983-yildan Navoiy viloyat Xalq talimi sohasida, 2005-yildan Navoiy shahridagi 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabida fidoyilik bilan faoliyat ko`rsatib kelmoqda. Jonkuyarligi, tashkilotchiligi, tashabbuskorligi, har bir vazifaga masuliyat bilan yondashishi tufayli jamoada hurmat-etiborga sazovor bo`lgan. Tirishqoq, o`ziga hamda xodimlarga nisbatan o`ta talabchan. Ro`ziyev Islom Ortiqovich izlanuvchan va ijodkor o`qituvchi, o`z kasbining mohir ustasi. Manaviy-marifiy ishlarni tashkillashtirishda, yani shahar, viloyat, Respublika miqyosida o`tkazilgan barcha ko`rik-tanlov, seminar, ahjumanlarning faol ishtirokchisi.
2004-2005-o`quv yilida 11-umumiy o`rta talim maktab huzurida "Iqtidorli bolalar maktabi tashkil etildi. Iqtidorli va istedodli bolalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda o`zining say-harakatlarini ayamay, ular bilan alohida shug`ullanib kelmoqda. Xushmuomalaligi, bola qalbiga yo`l topa olishi bilan o`quvchilarni o`z faniga qiziqtiradi. O`quvchilari shahar, viloyat fan olimpiadalari, ko`rik-tanlovlar g`oliblari. Yunus Shrov iqtisod fani bo`yicha fan olimpiadalarining Rspublika bosqichida 1-o`rinni egalladi. 2007-2008 o`quv yilida Tmur Tmirov nmis tili, Bobir Jalilov kimyo fanlaridan fan olimpiadalarining Rspublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Shu yili Xurshid Boboqulov Klajak ovozi Rspublika yoshlar tanlovining Ijtimoiy loyiha va bizns rja nominatsiyasi bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritdi. 2008-2009 o`quv yili fan olimpiadalarining viloyat bosqichida maktab o`quvchilaridan 13 nafari muvaffaqiyatli ishtirok etgan bo`lsa, 2009-2010 yili shu sinovda qatnashgan 24 nafar o`quvchidan 16 nafari faxrli 1, 2, 3 o`rinlarni egallashdi. "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi  ko`rik-tanlovining Respublika bosqichida maktabning 4 nafar o`qituvchisi ishtirok etib, ulardan boshlang`ich talim o`qituvchisi Boltayeva Muqaddamning faxrli II o`rin, tarix-huquq fani o`qituvchisi Jo`liyev Hojiakbarning faxrli III o`rin sohibi bo`lishida Ro`ziyev Islom Ortiqovichning xizmatlari alohida etiborga loyiqdir.
1983-1984 yy.-Karmana tumani 1-sonli qishloq xo`jaligi bilim yurtida o`qituvchi                         
1984-1988 yy.-Navoiy viloyati qishloq xo`jaligi boshqarmasida dispecher va axborot xizmati
                          bo`limi boshlig`i                         
1988-1996 yy.-Karmana tumani 20-maktabda matematika fani o`qituvchisi
1996-2005 yy.-Navoiy shahar 12-maktabda matematika fani o`qituvchisi
2005- yildan Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabida matematika fani o`qituvchisi va o`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish