(+99879) 224 01 21 Maktab ma`muriyati
» » » Ne'matova Sayyora Xolovna

Ne'matova Sayyora Xolovna

  • 6-12-2013, 10:09
  • rustam
  •  
  • 2816
  •  
  •  

Ne`matova Sayyora Xolovna 1957-yilda tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti oliy, partiyasiz. 1976-yilda  Leninobod davlat pedagogika institutining Mehnat va fizika fani bo`limini tugatib, 1981-yilda Karmana tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabiga fizika fani o`qituvchisi vazifasida ishlagan.
         Har bir darsni puxta tayyorgarlik ko`rgan holda ko`rgazmali qurollar va o`yinlardan foydalanib o`tganligi sababli uning o`quvchilari viloyat miqiyosidagi olimpiadalarda 1 va 2-o`rinlarni egallaganlar. Maktab va tuman miqiyosida ish tajribasi ommalashtirilgan.
1997-1998 yillarda Navoiy xalq ta`limi bo`limiga qarashli 12-umumta`lim maktabda ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari, 1998-1999 yillarda  Navoiy shahar xalq ta`limi bo`limi metodika kabineti mudiri, 1999-2001 yillrda Navoiy Xalq ta`lim bo`limiga qarashli 12-umumta`lim maktabda ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha director o`rinbosari  vazifasida ishlagan. 2001-yilda Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabi ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor  o`rinbosari vazifasida ish faoliyatini davom ettirdi. 2008-yil O`zbekiston Respublikasi "Xalq ta`limi a`lochisi ko`krak nishonini egallashga sazovor bo`ldi.
         Maktab o`quvchilari "Orasta qizlar ko`rik tanlovi Respublika bosqichida maktab o`quvchi qizlaridan G`aniyeva Nigora va Yo`ldosheva E`zoza lar faol ishtirok etib, "Yosh targ`ibotchi nomenatsiyasiga, "Mustahkam oila yili munosabati bilan  Respublika miqyosidagi "Eng namunali salomatlik burchagi ko`reik ttanlovida faxrli o`rinni,  " Prezident asarlarini  o`rganamiz ko`rik tanlovida respublika miqyosida I faxrli o`rinlarni egallashga muyassar bo`ldilar. Hozirgi kunda uning shogirdlari ta`lim maskanlarida fizika  fanidan saboq berib kelmoqdalar.1981- 1997 yil Karmana tumani 1-umumtalim maktabda fizika fani o`qituvchisi
1997-1998 yil Navoiy xalq talim bo`limiga qarashli 12-umumtalim  maktabda manaviy-marifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari
1998-1999  yil Navoiy shahar xalq talimi bo`limi metodika  kabineti mudiri
1999-2001 yil Navoiy xalq talim bo`limiga qarashli 12-umumtalim maktabda manaviy marifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari
2001-yildan Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan  umumtalim  manaviy-marifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish