(+99879) 224 01 21 Maktab ma`muriyati
» » » Radjabova Nazira Safarovna

Radjabova Nazira Safarovna

  • 6-12-2013, 10:06
  • rustam
  •  
  • 2661
  •  
  •  

Radjabova Nazira Safarovna 1962-yilda tug`ilgan, millati o`zbek, ma`lumoti oliy, partiyasiz. 1984-yilda  Buxoro davlat pedagogika institutining chet tillar fakulteti, ingliz tili bo`limini tugatib, Karmana tumanidagi 11-umumiy o`rta ta`lim maktabiga ingliz tili fani o`qituvchisi bo`lib kelgan.
         Har bir darsni puxta tayyorgarlik ko`rgan holda ko`rgazmali qurollar va o`yinlardan foydalanib o`tganligi sababli uning o`quvchilari viloyat miqiyosidagi olimpiadalarda 1 va 2-o`rinlarni egallaganlar. Maktab va tuman miqiyosida ish tajribasi ommalashtirilgan.
1991-yilda "Xorijiy tillar darslarida o`yinlar va didaktik ashyolar orqali o`quvchilar faolligini oshirish” deb nomlangan ma`ruzasi bilan Respublika pedagoglar o`quvcida ishtirok etib, "Xalq ta`limi a`lochisi” ko`krak nishonini egallashga sazovor bo`ldi. "Yil o`qituvchisi-1993”  ko`rik tanlovida faol ishtirok etib, viloyatda 2-o`rinni egalladi. 2004-yilda "Eng yaxshi dars ishlanmasi” mavzusidagi tuman va viloyat tanlovlarida 1-o`rinni egalladi.
         2008-yilda Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta`lim maktabida ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari vazifasida ish faoliyatini davom ettirdi.
         Maktab o`quvchilari sport sohasida, "Zulfiyaxonim izdoshlari” ko`rik tanlovlarida, "Zakovat” intelektual o`yinlarida, " Prezident asarlarini  o`rganamiz” ko`rik tanlovlarida viloyat, Respublika, xalqaro miqiyosda o`tkazilgan tanlovlarda faol ishtirok etib, faxrli o`rinlarni egallaganlar. Hozirgi kunda uning shogirdlari ta`lim maskanlarida ingliz tili fanidan saboq bermoqdalar 1984-1992 yil Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 11-umumiy o`rta ta’lim maktabda ingliz tili fani o`qituvchisi

1992-2005 yil Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 11-umumiy o`rta ta’lim maktabda o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari
2005-2007 yil Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 11-umumiy o`rta ta’lim maktab direktori
2007-2008 yil Karmana tumanidagi  11-umumiy o`rta ta’lim maktabida ingliz tili fani o`qituvchisi
2008-yildan Navoiy shaxar 11–davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi  ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.




MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish