(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Muassasa xodimlarini mukofotlash to`g`risidagi Nizom

Muassasa xodimlarini mukofotlash to`g`risidagi Nizom

  • 21-11-2016, 14:55
  • rustam
  •  
  • 2178
  •  
  •  
Muassasa xodimlarini mukofotlash to`g`risidagi Nizom
MUASSASA XODIMLARINI MUKOFOTLASH TOG`RISIDAGI NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Mazkur Nizom Ozbekiston Respublikasining "Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari tog`risidagi Qonuni hamda Ozbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ozbekiston talim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Ustavlariga asosan, xodimlarning mehnat faoliyati samaradorligini oshirish va ijtimoiy himoyalashni takomillashtirishga xizmat qiladi.
Nizom xodimlarni mehnat natijalari boyicha, ularni moddiy manfaatdorligini oshirish, rag`batlantirish, mukofotlash, mehnat faoliyati miqyosi darajasida shaxsiy ustamalar belgilash, yarim yil va yil yakunlari boyicha mukofotlash tolovi shartlarini belgilaydi.
II. XODIMLARNI MUKOFOTLASh VA RAG`BATLANTIRISh MEZONLARI
2.1              Muassasa xodimlarini mukofotlash va rag`batlantirish ularning lavozim maoshlariga xodimlarning ish faoliyati natijalari, mehnat samaradorligini oshirishda bajarilgan ishlarga qoshgan shaxsiy ulushi va yutuqlari asosida belgilanadi.
2.2              Xodimlarni mukofotlash, rag`batlantirish mezonlari va shartlari quyidagi omillarga asosan belgilanadi:
-       belgilangan ish rejalarini har oyda va yil yakunlari boyicha toliq va sifatli bajarib borish, yuksak ijrochilik intizomiga amal kilish;
-       xodimning asosiy vazifasiga bevosita aloqasi bolmagan jamoatchilik asosida yuklatilgan vazifalarni belgilangan muddatlarda tolik va sifatli bajarish;
-       ish uslublarini yaxshilash, rivojlantirish va yangiliklarni tadbiq etish masalalarida faol ishtirok etish;
-       muassasada mehnat samaradorligini oshirish maqsadida soddalashtirilgan shakldagi ish uslublarini ishlab chiqish yuzasidan takliflarni joriy etish;
-       rahbariyat tomonidan berilgan topshiriqlarni mukammal ravishda va belgilangan muddatda bajarish;
-    mehnat natijalarini yaxshilash sohasida yutuqlarga erishish;
-       muassasa faoliyatini rivojlantirishda, xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy va xuquqiy himoya qilish tizimini takomillashtirish borasida yangi yonalishdagi uslubiy qollanmalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etish va shaxsiy namuna korsatish;
-       Ozbekiston Respublikasi Qonunlari, Hukumat Qarorlari hamda tizim faoliyatiga tegishli barcha qonuniy va meyoriy hujjatlar hamda qollanmalarni tadbiq etish masalalarida yuqori natijalarga erishish;
-       muassasa faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar, loyihalar ishlab chiqish va ushbu masalalarga oid bolgan xalkaro va respublika miqyosidagi grantlarni jalb etish;
-       respublika mustaqilligini va ravnaqini mustahkamlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol mehnat qilish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini, huquqlarini himoyalashda namuna korsatish va kasaba uyushmasining faoliyatiga salmoqli hissa qoshish.
III. XODIMLARNI MUKOFOTLASh, RAG`BATLANTIRISh VA USTAMA HAQ TOLASh TARTIBI
3.1.           Har bir xodim uchun mukofotlash, rag`batlantirish va ustama haq tolash yoki aksincha ushbu imtiyoz turlaridan qisman yoki toliq mahrum qilish masalalari muassasa rahbarining farmoyishi bilan amalga oshiriladi.
3.2.           Boshka holatlarda mukofotlash, rag`batlantirish va boshka imtiyozlar bilan taqdirlash masalalari kasaba uyushmasining bildirishnomasiga muvofiq muassasa rahbari farmoyishi asosida amalga oshiriladi.
3.3.           Orindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga mukofot pullari xodimning lavozim ish haki miqdorida tolanadi.
3.4.            Joriy davr yoki yil yakuni natijalari boyicha tolanadigan pul mukofotlari kalendar yili davomida toliq ishlagan xodimlarga beriladi. Shuningdek, kalendar yili davomida toliq ishlab, mukofot hisoblanishi arafasida ishdan boshagan xodimlarga mukofot pullari belgilangan tartibda muassasa rahbariyati yoki apparati kasaba uyushmasi qomitasining tavsiyalari asosida berilishi mumkin.
3.5.           Muassasa rahbari va apparati kasaba uyushmasi qomitasi tomonidan quyidagi holatlarda kelendar yili davomida toliq ishlamagan xodimlarga mukofot hisoblanishi mumkin:
-       rahbar lavozimiga tayinlanishi munosabati bilan;
-       nafaqaga chiqishi munosabati bilan;
-       kasaba uyushmasi organlaridan tavsiyalar qabul qilinsa yoki muassasaning alohida taklifi bilan ishga chaqirilgan xodimlarga;
-       nogironlik muddati va bola parvarish muddati tugashi munosabati bilan;
-       shtatlar qiskarishi munosabati bilan;
IV. XODIMLARNI MUKOFOTLASh VA RAG`BATLANTIRISh TURLARI
Mukofot quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
-   xodimlarning munosib ish faoliyatlari va ish rejalaridan tashqari berilgan topshiriqlarni oz vaqtida toliq bajarganligi uchun tolanadigan pul mukofotlari;
-   joriy davr yoki yil yakuni natijalari boyicha tolanadigan pul mukofotlari;
-   bayram va qadrli kun sanalari munosabati bilan beriladigan bir martalik pul mukofotlari;
-   muassasa rahbarining mukofoti.
Rag`batlantirish quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
-   tashakkurnoma elon qilish;
-   esdalik va qimmatbaho sovg`alar bilan rag`batlantirish;
-   muassasaning "Faxriy yorlig`i bilan taqdirlash;
-   yuqori tashkilotlar "Faxriy yorlig`i ga tavsiya qilish;
-   davlat mukofotlariga tavsiya qilish.
V. XODIMLARNI MUKOFOTLASh MIQDORLARI
5.1 Xodimlar asosiy faoliyatining natijalari boyicha har oyda lavozim maoshining 50 foizi miqdorida, shuningdek yiliga xodimning olti oylik lavozim maoshidan kop bolmagan miqdorda mukofotlanadi.
5.2.      Xodimlarning munosib ish faoliyatlari, ish rejalaridan tashqari berilgan topshiriqlarni oz vaqtida toliq bajargani, samarali natijalarga erishgani va yozgi sog`lomlashtirish mavsumlarida faol ishtirok etgani uchun tolanadigan pul mukofotlari har bir xodimning shaxsiy namunasiga muvofiq ravishda xodimlar lavozim maoshining 50 foizidan 100 foizigacha bolgan miqdorlarda mukofotlanadi.
5.3.      Hisobot yilining birinchi yarim yili uchun xodimlar lavozim maoshining 50 foizidan 100 foizigacha hamda yil yakuni natijalari boyicha pul mukofotlari har bir xodimning mehnat faoliyatida erishgan shaxsiy natijalariga kora, xodimlar ish haqi boyicha yillik ortacha daromadlaridan kelib chiqqan holda mukofotlanadi.
5.4.      Bayram va qadrli kun sanalari munosabati bilan beriladigan bir martalik pul mukofotlari, jumladan, "Yangi yil, "Navroz, "Mustaqillik kuni, "Konstitutsiya kuni, "Roza xayiti va "Qurbon xayiti hamda kasb bayramlari munosabati bilan moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, xodimlarning mehnatlariga mutanosib ravishda, xodimlar lavozim maoshining  50 foizidan 100 foizigacha bolgan miqdorlarda mukofotlanishi mumkin.
5.5.      14 yanvar "Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan muassasada ishlovchi erkaklar va Vatan himoyasi hamda qurolli kuchlar armiyasi safida xarbiy xizmatda ishtirok etgan ayollarni moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, esdalik sovg`alar bilan taqdirlash va respublikada belgilangan eng kam ish haqining 2 barobaridan 4 barobarigacha mukofotlash mumkin.
5.6.     Ayollarni qadrlash va ezozlash maqsadida 8 mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Muassasada, uning tasarrufidagi tashkilot va muassasalarda ishlovchi ayollar hamda muassasada faol mehnat qilib nafaqaga chiqqan ayollarni moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, esdalik sovg`alar bilan taqdirlash va respublikada belgilangan eng kam ish haqining 2 barobaridan 4 barobarigacha mukofotlash mumkin.
5.7.     Muassasa rahbarining mukofoti bilan, ushbu Tartibning 2.2 bandi "Xodimlarni mukofotlash va rag`batlantirish mezonlari da kozda tutilgan omillar hamda xodimlarning alohida korsatgan xizmatlari va samarali mehnatlariga muvofiq ravishda, xodimlar lavozim maoshining bir barobarigacha mukofotlanishi mumkin.
VI. XODIMLARNI RAG`BATLANTIRISh MIQDORLARI
6.1.   Mehnat faoliyatida erishgan yutuqlari, rahbariyatning topshiriqlarini toliq va samarali bajarganligi, kasaba uyushmasi va Muassasa faoliyatini rivojlantirishga qoshgan xissasi uchun muassasa rahbarining farmoyishi bilan tashakkurnoma elon qilinadi va respublikada belgilangan eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi.
6.2. Tizimda samarali mehnat qilgan va namunali faoliyat yuritgan xodimlar muassasa rahbarining tavsiyasi va farmoyishiga asosan muassasaning ''Faxriy yorlig`i" bilan taqdirlangan respublikada belgilangan eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida pul mukofoti bilan rag`batlantiriladi.
6.3. Tizimda samarali mehnat qilgan va namunali faoliyat yuritgan xodimlar muassasa rahbari tomonidan yuqori tashkilotning ''Fahriy yorlig`i" bilan taqdirlash uchun tavsiya etish orqali rag`batlantiriladi.
6.4.    Respublika mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashda qoshgan ulkan hissalari hamda tizimda namunali faoliyati uchun muassasa apparat xodimlari muassasa rahbari toomnidan davlat mukofotlariga tavsiya qimlish yoli bilan rag`batlantiriladi.
6.5.    Xayfsan olgan xodimlar rag`batlantirish tolovlaridan bir yillik mehnat faoliyati davomida mahrum qilinadilar (xayfsan bekor kilingan holatlar bundan mustasno).
6.6. Xodimlarni boshqa turdagi rag`batlantirish, ularga moddiy yordam korsatish, kompensatsiya va boshka tolovlar muassasaning jamoa shartnomasi asosida amalga oshiriladi.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish