(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » 2016-2018-yillarga mo’ljallangan jamoa shartnomasi

2016-2018-yillarga mo’ljallangan jamoa shartnomasi

  • 21-11-2016, 15:09
  • rustam
  •  
  • 1818
  •  
  •  

 

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Mazkur jamoa shartnomasi (keyingi o’rinlarda «Shartnoma») Navoiy shahar 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabida ish beruvchi bilan xodimlar o’rtasidagi mehnatga oid,ijtimoiy-iqtisodiy va kasbga oid munosabatlarni tartibga soluvchi mahalliy normativ hujjat hisoblanib, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, «Aholini ish bilan ta’minlash to’g`risida», «Mehnatni muhofaza qilish to’g`risida», «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g`risida», «Ijtimoiy sheriklik to’g`risida», «Ta’lim to’g`risida»gi Qonunlari, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O’zbekiston Savdo-Sanoat palatasi o’rtasida 2014-2016-yillarga tuzilgan Bosh Kelishuv, O’zbekiston ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi bilan O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi o’rtasida 2015-2017-yillarga mo’ljallangan Tarmoq kelishuvi va boshqa huquqiy va me’yoriy hujjatlarga asoslanib ish beruvchi va xodimlarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish masalalaridagi hamkorligi to’g`risida tuzilgan.

Mazkur Shartnomaning taraflari deb quyidagilar hisoblanadi:

- ish beruvchi maktab direktori Djumaniyazova G.E. timsolida

(bevosita ish beruvchi yoki u vakolat bergan vakillar ko’rsatiladi)

- xodimlar boshlang`ich kasaba uyushma qo’mitasi raisi Abdiyev R.A. timsolida

2. Shartnoma imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi va 2018 yilgacha amal qiladi. Belgilangan muddat tugagach, jamoa shartnomasi taraflar yangi shartnoma tuzguncha yoki amaldagi shartnomani o’zgartirguncha, to’ldirguncha amalda bo’ladi.

3. Mazkur Shartnoma Ish beruvchiga va Muassasaningbarcha xodimlariga, shu jumladan jamoa shartnomasi kuchga kirganidan keyin ishga qabul qilingan shaxslarga ham tatbiq etiladi.

Mazkur Shartnomada nazarda tutilgan hollarda uning ayrim qoidalari quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

·xodimning oila a’zolariga;

·yoshga doir pensiyaga ketishi munosabati bilan mehnat munosabatlari ish beruvchi tomonidan bekor qilingan shaxslarga;

·kasaba uyushma qo’mitasining shtatdagi xodimlariga;

·mehnat vazifalarini bajarish bilan bog`liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli zarar yetkazilishi oqibatida jabrlangan sobiq xodimlarga;

·mehnatda mayib bo’lishi, kasb kasalligi yoki mehnat vazifalarini bajarish bilan bog`liq holda sog`ligiga boshqacha tarzda shikast yetishi sababli vafot etgan xodim karamog`ida bo’lgan va zarar to’lovini olish huquqiga ega bo’lgan mehnatga qobiliyatsiz shaxslarga;

·kasaba uyushmasi a’zolariga (kasaba uyushma byudjeti hisobidan beriladigan qo’shimcha imtiyozlar qismida).

4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 yanvardagi 4-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Kasanachilik to’g`risida»gi Nizomga binoan mazkur Shartnomaning ish haftasining muddatiga (4.1-bandi), tungi vaqtdagi va kechki smenadagi ish uchun oshirilgan miqdorda to’lanadigan haqga (5.12.1-kichik bandi), ish vaqtidan tashkari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun oshirilgan miqdorda to’lanadigan haqga (5.12.2-kichik bandi) oid me’yoriy qoidalari kasanachilarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

5. Kasanachilik mehnatini samarali tashkil etishda kasanachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasidagi ishlarni bajarish uchun zarur uskunalar yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko’rsatish tizimini tashkil etish, asboblar, jihozlar, materiallar va yarimfabrikatlar bilan ta’minlash, kasanachilarni majburiy tarzda texnika xavfsizligiga o’qitish va hokazolarni nazarda tutuvchi barcha shart-sharoitlar yaratilishi lozim.

6. Shartnomagao’zgartirish va qo’shimchalar kiritish taraflarning o’zaro roziligi bilan Mehnat kodeksida uni tuzish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

7. Mehnat to’g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar mazmuniga qilingan ishoralarning barchasida ularning mazkur Shartnomani tuzish chog`idagi tahriri nazarda tutilgan.

8. Ish beruvchi barcha xodimlarni, shu jumladan ishga yangi qabul qilingan xodimlarni, jamoa shartnomasi, shuningdek Kasaba uyushma qo’mitasibilan kelishib qabul qilingan Muassasaning boshqa lokal hujjatlari bilan tanishtirish, jamoa shartnomasining mazmuniga va bajarilishi shartlariga oid ma’lumotlar oshkoraligini (majlislar, mas’ul xodimlar hisobotlari, axborot stendlari va hokazo orqali) ta’minlash majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

9. Tashkilotga ishga kirgan yangi xodim kasaba uyushma qo’mitasi raisi suhbatidan o’tkaziladi.

10. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 9-moddasiga muvofiq, kasaba uyushmasi organlari mehnat to’g`risidagi qonun hujjatlari va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishini tekshirish hamda nazorat qilishni amalga oshiradilar. Kasaba uyushmasi vakillarining muassasaga ushbu masala yuzasidan faoliyat olib borishlariga to’sqinlik qilinmaydi.

11. Xalqaro Mehnat Tashkilotining "Muassasalarda mehnatkashlar vakillarining huquqlarini himoya qilish va ularga beriladigan imkoniyatlar to’g`risida”gi 135-Konvensiyasiga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995-yil 18-dekabrda 196 raqam bilan ro’xatga olingan "Mehnat muhofazasi bo’yicha vakil haqida Nizom”ning 12-bandiga binoan xodimlarning quyidagi toifalari mazkur kelishuv maqsadlarida Mehnatkashlar vakillari deb e’tirof etiladilar:

a) saylab qo’yiladigan kasaba uyushma qo’mitasi raisi va a’zolari;

b) mehnatni muhofaza qilish bo’yicha vakil;

v) mehnat nizolari komissiyasining a’zolari.

Xodimlarning vakillik organlari a’zolarining mehnat sohasidagi qo’shimcha kafolatlari O’zbekiston Respublikasining 25-moddasiga muvofiq belgilanadi.

12. Muassasa pedagog - o’qituvchilari va xodimlarini attestatsiyadan o’tkazish komissiyasi tarkibiga kasaba uyushma qo’mitasi vakilini kiritadi.

II. MUASSASANING IQTISODIY FAOLIYaTI

13. Taraflar mehnat vazifalarining halol va sifatli bajarilishi xodimlar farovonligining negizi ekanligini e’tirof etadilar.

14. O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim to’g`risida”gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, boshqa me’yoriy hujjatlardagi o’qish jarayonini tashkil qilish Ish beruvchining huquqidir. Bu masalada Ish beruvchi kasaba uyushmasini kutilayotgan tashkiliy o’zgarishlar, ish haqi va mehnat sharoiti yuzasidan amalga oshirilishi mo’ljallanayotgan tadbirlar to’g`risida xabardor qilib turadi.

15.Kasaba uyushma qo’mitasi

a) ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid masalalarni, shuningdek ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda xodimlar nomidan ish ko’rish;

b) Kasaba uyushma qo’mitasi vakillarini Muassasa boshqaruvining organlariga saylanishi imkoniyatlaridan foydalanish;

v) kasaba uyushmalariga xos uslublar yordamida Muassasaningbarqaror faoliyat ko’rsatishiga ko’maklashish;

g) ichki mehnat tartibi qoidalariga, mehnat intizomiga rioya etilishiga, mehnat vazifalari o’z vaqtida va sifatli bajarilishiga ko’maklashish;

d) Muassasani boshqarish, jamoa shartnomasi majburiyatlarini takomillashtirish, xodimlarning mehnat shartnomasidagi vazifalarni to’liq va sifatli bajarishlariga ko’maklashuvchi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning joriy va istiqbolli reja va dasturlarini qabul qilish kabi masalalar yuzasidan jamoa muzokaralarini olib borish bo’yicha takliflarni Ish beruvchiga kiritib borish;

ye) xodimlarni ratsionalizatorlik va ixtirochilik ishlarida ishtirok etishlariga ko’maklashish;

j) mamlakatni modernizatsiyalash va yangilash, demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish borasidagi ustuvor dasturlar bajarilishini monitoring qilish ishlarida ishtirok etish;

z) tarmoq ko’rik-tanlovlarida ishtirok etish tashabbuslari bilan chiqish;

i) ijtimoiy himoyalash, ta’limi sohasini rivojlantirish kabi Prezident Farmonlari, Hukumat qarorlari yuzasidan o’quvlar tashkil qilish majburiyatlarini o’z zimmasiga oladi.

16. Xodimlar:

a) o’z mehnat vazifalarini halol bajarish, Ish beruvchiningfarmoyishlari va buyruqlarini o’z vaqtida va sifatli ijro etish;

b) ichki mehnat tartibi qoidalariga, o’rnatilgan mehnat rejimiga va mehnat intizomiga rioya qilish majburiyatlarini o’z zimmasiga oladilar.

III. MEHNAT ShARTNOMASI. BANDLIK KAFOLATLARI

17. Xodim va Ish beruvchi o’rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat to’g`risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar (shu jumaladan tarmoq kelishuvlari, hududuiy (mintaqaviy) kelishuvlar va mazkur Shartnoma) qoidalariga binoan yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bunda mehnat shartnomasi taraflarining birontasi boshqa tarafning uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlari bo’yicha javob bermaydi.

18. Ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi.

19. Mutaxassisligiga, malakasiga va mehnat shartnomasiga muvofiq xodimlar to’la-to’kis ish bilan ta’minlanadilar.

20. Mehnat shartnomasini Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinishi faqatgina Kasaba uyushma qo’mitasiningoldindan rozligini olib amalga oshiriladi (O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno).

Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish haqida kasaba uyushmasi qo’mitasiga kiritilgan taqdimnoma muhokamasida masalasi ko’rilayotgan xodimning shaxsan ishtirok etishi ta’minlanishi shart (xodim ishtirok etishdan bosh torgan yoki uzrsiz sabablarga ko’ra ishtirok etmagan hollar bundan mustasno).

21. Xodimning vaqtincha boshqa ishga o’tkazish haqidagi iltimosi, agar bu iltimos uzrli sabablar tufayli kelib chiqqan va bunday ish Muassasada mavjud bo’lsa, ish beruvchi tomonidan qanoatlantirilishi kerak.

Xodimning tashabbusi bilan boshqa ishga o’tkazish muddati xodim va Ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda mehnat haqi amalda bajarilayotgan ishga qarab (yoki avvalgi o’rtacha ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda) to’lanadi.

Xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazish uchun uzrli sabablar deb quyidagilar hisoblanadi:

a) betob oila a’zosini parvarishlash zaruriyati;

b) ishni ta’lim bilan qo’shib olib borilishi;

v) moliyaviy qiyinchiliklar;

22. Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi munosabati bilan Ish beruvchining tashabbusiga ko’ra xodimni uning roziligisiz vaqtincha boshqa ishga o’tkazishga yo’l qo’yiladi.

Ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o’tkazish uchun ishlab chiqarish zaruriyati deb quyidagi holatlarda bajarilishi lozim bo’lgan tezkor va kechiktirib bo’lmaydigan ishlar hisoblanishi mumkin:

a) boshqa xodimning ishda vaqtinchalik hozir bo’lmagan davrida (o’quv sessiyasiga, mehnat ta’tiliga va haq to’lanmaydigan ta’tilga ketishi, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi sababli);

b) tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz xodisa, tabiiy ofat, va boshqa favqulotda xodisalarning oldini olish zaruriyati yuzaga kelganda;

Vaqtincha boshqa ishga o’tkazishlar muddati ishlab chiqarish zaruriyatini keltirib chiqargan omillarni bartaraf etish vaqti yoki bekor turib qolinishining butun davri bilan belgilanadi. Barcha hollarda Ish beruvchiningtashabbusi bilan xodimni vaqtincha boshqa ishga o’tkazish muddatining chegarasi yil davomida 60 kundan oshmasligi lozim. (Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT)ning O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan 29-Konvensiyasi).

Xodim Ish beruvchining tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga o’tkazilgan davrda unga bajarayotgan ishiga qarab, lekin avvalgi o’rtacha ish haqidan kam bo’lmagan miqdorda ish haqi to’lanadi.

23. Ish beruvchi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etish ehtimoli to’g`risida kamida ikki oy oldin tegishli kasaba uyushmasi organiga axborot taqdim etish va ishdan ozod etish oqibatlarini yengillashtirishga qaratilgan maslahatli ishlarni amalga oshirish majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Ish beruvchi shuningdek kamida ikki oy oldin har bir xodimning kasbi, mutaxassisligi, malakasi va mehnat haqi miqdorini ko’rsatgan holda, bo’lajak ishdan ozod qilish to’g`risidagi ma’lumotlarni mahalliy mehnat organiga ham ma’lum qilish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

Muassasa xodimlarining ro’yxatdagi sonidan kamida 15 foizining bir vaqtning o’zida ishdan ozod etilishi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan ozod etilishi deb hisoblanadi.

24. Ish beruvchi qisqartirilayotgan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o’qitish ishlarini tashkil etish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

25. Xodimlar soni qisqartirilayotganda qisqartirish oqibatlarini yumshatishga qaratilgan quyidagi choralar nazarda tutiladi:

a) o’rindoshlikni, vaqtincha ishlaydigan xodimlar sonini cheklash, bir necha kasbda ishlashni taqiqlash, fuqarolik-huquqiy shartnomalar bo’yicha bajariladigan ishlarni jamoaning o’ziga berish;

b) xodimlarning hoxishiga ko’ra ularga ish haqi saqlanmagan holda qisqa muddatli ta’tillar berish;

v) qisqartirish to’g`risidagi ogohlantirish amal qilayotgan davrda xodimning o’z hoxishi bilan mehnat shartnomasini bekor qilinishini tomonlar kelishuviga binoan ogohlantirish muddatiga muvofiq keladigan pullik kompensatsiya to’lash bilan amalga oshirish;

g) xodimlar soni qisqartirilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi to’g`risida ogohlantirish olgan xodimga ogohlantirish muddati davomida o’ziga qulay vaqtda boshqa ish qidirish uchun haftada bir kun ish haqi saqlangan holda ishga chiqmaslik huquqini berish.

26. Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o’zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan da ishda qoldirish uchun imtiyozli huquq O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 103-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida ko’rsatilgan xodimlar toifalariga beriladi.

27. Agar xodimlar O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 103-moddasining birinchi va ikkinchi qismlariga muvofiq ishda qoldirishda afzallik huquqiga ega bo’lmasalar, u holda xodimlarni ishda qoldirishda afzallik beriladigan quyidagi holatlar inobatga olinadi:

a) nogironlik;

b) pensiya yoshiga yaqinlashib qolganlik (ayollar 53 yosh, erkaklar 58 yosh);

v) ishlayotgan yolg`iz onaning qaramog`ida 14 yoshga to’lmagan bolalar mavjudligi;

IV. ISh VAQTI VA DAM OLISh VAQTI

28. Tomonlar mehnat qonunlarida ko’rsatilgan haftalik ish soatidan oshmagan holda olti kunlik ish haftasi asosida ish tashkil qilishga kelishdilar. Ish kunining davomiyligi, undan foydalanish tartibi, ishning boshlanishi va tugash vaqti, muassasa ichki mehnat tartibidan kelib chiqib belgilanadi.

Pedagog xodimlar haftalik ish soati O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 135-son qarorining 4-ilovasi asosida tarifikatsiyaga muvofiq belgilanadi. Boshqa xodimlar uchun quyidagicha haftalik ish soatlari belgilanadi:

-16 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan xodimlar uchun 36 soat;

- zararli sharoitda ishlovchilar uchun (laborantlar, maxsus farroshlar) 36 soat;

- normal sharoitda ishlaydigan xodimlar uchun 40 soat

- I va II guruh nogironlari uchun 36 soat;

29. Pedagogik yuklamani taqsimlashda pedagog xodimlarning quyidagi toifalariga tanlash huquqi birinchi navbatda beriladi:

a) ko’p bolali ayollarga;

b) I, II-guruh nogironlariga;

30. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 229-moddasida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek quyidagi asoslardan biri mavjud bo’lganda xodimning iltimosiga ko’ra unga to’liqsiz ish vaqti belgilab qo’yilishi shart:

a) oila a’zolaridan birining betobligi;

b) ishni ta’lim bilanqo’shib olib borilishi;

v) profilaktik davolanish zaruriyati;

g) texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o’zgarishlar tufayli xodimlar soni qisqarishining oldini olish;

d) rasmiy ro’yxatga olingan dinlarga mansub xodimlar uchun diniy marosimlarni ado etish hamda ro’za tutish zaruriyati;

31. To’liqsiz ish vaqti sharoitida ishlash muddati xodim bilan Ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo’yiladi. To’liqsiz ish vaqti rejimidagi mehnat uchun ishlangan vaqtga mutanosib ravishda haq to’lanadi.

32. Ish vaqtini jamlab hisobga olish ayrim toifadagi xodimlarni ish vaqtidan tashqari ishlarga jalb etish xususida belgilangan cheklashlarga (O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 220-moddasining beshinchi qismi va 228, 245-moddalariga) rioya qilgan holda joriy etiladi.

Ish vaqti jamlab hisobga olinishi rejimida band bo’lgan xodimlarga har oyda to’lanadigan ish haqi miqdori tenglashtirilishi kafolatlanadi (hisobga olinadigan davr yakunlari bo’yicha to’g`irlab qo’yish sharti bilan). Bunda hisobga olinadigan davr mobayinida ish soatlarining normal miqdoridan ko’p ishlaganlik uchun ish vaqtidan tashqari ishlar uchun o’rnatilgan baholarga binoan haq to’lanadi yoki xodimning hoxishiga ko’ra dam olish kuni beriladi.

33. Ishdan tashqari vaqtlarda ishga jalb etish faqat xodimning roziligi bilan amalga oshiriladi.

34. Xodimlarni kechki vaqtlarda, dam olish va bayram kunlari ishga jalb etishga quyidagi asoslar bo’yicha yo’l qo’yiladi:

a) tabiiy va texnogen tusdagi avariyalar, baxtsiz xodisa, tabiiy ofat, va boshqa favqulotda xodisalarning oldini olish zaruriyati yuzaga kelganda;

Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarni hisobga olgan holda, Ish beruvchining Kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishib qabul qilgan yozma farmoyishiga binoan amalga oshirilishi mumkin.

35. Ish beruvchi va pedagog xodimlarga qonunlar va yo’riqnomalarda ko’rsatilgan uzaytirilgan quyidagi ta’til kunlari belgilanadi:

-rahbar xodimlar uchun _____ kun;

-o’qituvchilarga 48 kunlik (ish kuni);

-to’garak rahbarlariga 36 ish kuni.

36. Pedagog bo’lmagan xodimlarga quyidagicha ta’til berishga kelishildi:

-kutubxonachilar, yetakchilar, laborantlarga 24 ish kunida;

-qolgan texnik xodimlarga 18 ish kunidan iborat ta’til belgilanadi.

37. Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimning ish haqi saqlanib qolinadigan ta’til berish haqidagi iltimosini qanoatlantirishni o’z zimmasiga oladi:

-yaqin qarindoshi vafot etganda – 3 kun;

-xodim va uning farzandining to’y marosimini o’tkazishga – 3 kun;

-kumush-oltin to’ylarda -2 kun;

-yangi uyga ko’chganda – 2 kun;

Yaqin qarindoshlar deb: xodimning ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, farzandi va uning turmush o’rtog`ining ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi hisoblanadilar.

38. Quyidagi hollarda qo’shimcha yillik mehnat ta’tillari beriladi:

a) Mehnat sharoiti noqulay bo’lgan ishlarda (O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan Mehnat sharoitlarini baholash uslubiyoti asosida) _____ kundan ______ kungacha;

b) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11 martdagi 133-sonli qaroriga binoan mehnat sharoiti o’ziga xos bo’lgan ishlar uchun, shuningdek o’ta zararli va o’ta og`ir mehnat sharoiti uchun 12 kundan _____kungacha;

39. O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 144-moddasida ko’rsatib o’tilgan xodimlar toifalaridan tashqari quyidagi xodimlarga mehnat ta’tili ularning hoxishiga ko’ra yozgi yoki ular uchun qulay bo’lgan boshqa vaqtda beriladi:

a) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 20-martdagi 153-sonli qaroriga asosan ijtimoiy ahamiyatga molik kasallik bo’yicha hisobda turgan xodimlarga;

b) betob oila a’zosini parvarishlayotgan xodimlarga;

v) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 18-maydagi PF-3878-sonli Farmoniga binoan tijorat banklaridan ipoteka kreditini olgan yosh oilalar vakillariga;

g) ishlayotgan nafaqaxo’rlarga;

40. Navbatdagi mehnat ta’tiliga ketayotgan xodimga Ish beruvchi tomonidan sog`ligini tiklash uchun qo’shimcha moddiy yordam beriladi. Ta’til uchun haq to’lash ta’til boshlanmasdan oldingi oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.

41. Xodimning arizasiga binoan unga ish haqi saqlanmagan holda ta’til berilishi mumkin, uning muddati xodim bilanIsh beruvchi o’rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi, lekin u o’n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo’lmasligi kerak.

42. Mehnat kodeksining 150-moddasida ko’rsatib o’tilgan xodimlardan tashqari (1941-1945 yillardagi urush qatnashchilariga va imtiyozlari jihatidan ularga tenglashtirilgan I va II guruh nogironlariga, o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolani tarbiyalayotgan ayollarga) yana quyidagi xodimlarga ularning hoxishiga ko’ra ish haqi saqlanmagan holda muqarrar tartibda 14 kalendar kunga qadar ta’til beriladi:

a) betob oila a’zosini parvarishlayotgan shaxslarga;

b) 30 yoshgacha bo’lgan yosh oila a’zolariga;

v) ishlayotgan nafaqaxo’rlarga;

43. Mehnat shartnomasi bekor qilingan da (shu jumladan uning muddati tugashi munosabati bilan ham) xodimning hoxishiga ko’ra, yillik asosiy va qo’shimcha ta’tillarni berib, undan keyin mehnat munosabatlarini bekor qilish mumkin. Bu holda ta’til tugagan kun mehnat shartnomasi bekor qilingan kun deb hisoblanadi.

44. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarorining 4-ilovasiga muvofiq, muassasada quyidagicha qisqartirilgan ish kuni belgilanadi:

- 1-4 sinflar o’qituvchilari, maktablar, barcha tur va nomdagi maktab-internatlarning o’qituvchi-logopedlari o’qituvchi-defektologlari; gimnaziyalar o’qituvchilari, logopedlik xonalari mudirlariga haftasiga 18 soat;

- barcha tur va nomdagi maktablar va maktab-internatlarning 5-11(12) sinflari o’qituvchilari, gimnaziyalar, maktablararo o’quv ishlab chiqarish kombinatlarining o’qituvchilariga haftasiga 20 soat;

- to’garaklar, seksiyalar, studiyalar va darsdan tashqari va maktabdan tashqari ishlarning boshqa shakllari rahbarlari; chet tili, stenografiya, mashinkada yozish kurslari o’qituvchilari; maktablararo kompyuter markazlari o’qituvchilari; o’qitish muddati besh yil bo’lgan umumiy musiqiy, badiiy, xoreografiya ta’limi maktablarining 3-5 sinflari o’qituvchilari; o’qitish muddati yetti yil bo’lgan san’at maktablari (bolalar musiqiy va badiiy, xoreografiya va boshqa maktablar)ning 5-7 sinflari o’qituvchilari; musiqiy va badiiy o’rta maktab va maktab-internatlar 1-11 sinflarining maxsus fanlar o’qituvchilari; bolalar badiiy maktablari va o’qitish muddati to’rt yil bo’lgan umumiy badiiy ta’lim maktablarining 1-4 sinflari o’qituvchilari; sog`liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot muassasalarining o’qituvchilari, o’qituvchi-defektologlari va logopedlari; umumta’lim maktablarining boshlang`ich sinflari va maktabgacha ta’lim muassasalaridagi chet tili bo’yicha mashg`ulotlar guruhlari o’qituvchilariga haftasiga 18 soat;

- eshitish xonalarining o’qituvchi-defektologlari, muassasa xodimlari ro’yxatida bolalar guruhiga bu lavozim ko’zda tutilgan maktab-internatlarning o’qituvchi-logopedlari va o’qituvchi defektologlari; yaslilar, bolalar bog`chalari hamda barcha tur va nomdagi bolalar uylarining o’qituvchi-defektologlari va o’qituvchi-logopedlari; o’qitish muddati besh yil bo’lgan umumiy musiqa, badiiy, xoreografiya ta’limi maktablarining 1-2 sinflari o’qituvchilari; o’qitish muddati yetti yil bo’lgan bolalar musiqa, badiiy, xoreografiya maktablari 1-4 sinflarining o’qituvchilari; musiqa rahbarlari; bolalar uylarining logopedlari; konsertmeysterlar, akkompaniatorlar va madaniyat tashkilotchilariga haftasiga 24 soat;

- jismoniy yoki aqliy rivojlanishda kamchiligi bo’lgan bolalar va o’smirlar uchun maxsus o’quv-tarbiya muassasalarining tarbiyachilariga haftasiga 25 soat;

- barcha tur va nomdagi maktab-internatlar va bolalar uylarining, maxsus hunar-texnika bilim yurtlarining katta tarbiyachilari; maktablar huzuridagi internatlar, maktab-internatlar, barcha tur va nomdagi bolalar uylari, kuni uzaytirilgan maktab (guruh)lar va musiqiy tarbiyalanuvchilar maktablari, sanatoriya-o’rmon maktablari, alohida tarbiyaga muhtoj bolalar va o’smirlar uchun maxsus maktablar, sog`liqni saqlash muassasalari, voyaga yetmaganlar uchun qabul qilish-tarqatish joylari, tarbiya-mehnat koloniyalari, maxsus hunar-texnika bilim yurtlarining tarbiyachilari; jismoniy tarbiya yo’riqchilari, eshitish xonalarining yo’riqchilariga haftasiga 30 soat;

- barcha tur va nomdagi bolalar yaslilari va maktabgacha ta’lim muassasalari, bolalar uylari, maktabdan tashqari muassasalarning katta tarbiyachilari, tarbiyachilariga haftasiga 36 soat;

- sil kasalligining oz va to’xtayotgan shakllari bilan xastalangan aqliy rivojlanishda kamchiligi bo’lgan o’quvchilar va tarbiyalanuvchilar hamda markaziy asab tizimi ruhiyati buzilgan holda shikastlangan bolalar uchun o’quv tarbiya muassasalarining katta yetakchilari, yordamchi tarbiyachilariga haftasiga 36 soat.

V. MEHNATGA HAQ TO’LASh. KAFOLATLI TO’LOVLAR VA KOMPENSATSIYA TO’LOVLARI

45. Xodimlar mehnatiga haq to’lash tizimi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi "Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to’lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to’g`risida”gi 275-sonli qarori hamda boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi.

46. Ish haqini to’lash muddatlari:

· birinchi yarim oy uchun - joriy oyning 17 sanasida;

· ikkinchi yarim oy uchun - keyingi oyning 5 sanasida;

Haq to’lanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga to’g`ri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida to’lanadi

47. Xodimning roziligi bilan ish haqining bir qismi uning plastik kartochkasiga o’tkazib beriladi, bunday o’tkazma miqdori to’lanadigan summaning 50 foizidan oshmaydi.

48. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martdagi 88-sonli «Ish haqi o’z vaqtida to’lanishiga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g`risida»gi qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida muassasada ish haqining o’z vaqtida va to’liq berilishi ta’minlanadi. Qarzdorlik mavjud bo’lgan hollarda mutasaddi idoralarga yozma murojaatlar bilan chiqiladi.

49. Xodimga haq to’lash mazkurShartnomada belgilangan muddatlarga nisbatan xizmat ko’rsatuvchi bankning aybi bilan kechiktirilganda – Ish beruvchi (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 264-sonli Qarori asosida tuzilgan bank va mijoz o’rtasidagi xizmat ko’rsatish shartnomasiga binoan) bank rahbariyatiga jarima undirish to’g`risida talabnoma kiritishni va undirilgan jarimani mehnatga haq to’lashni tartibga solishga yo’naltirishni o’z zimmasiga oladi.

50. Ish beruvchi mehnatga haq to’lashga va mehnatni me’yorlashtirishga oid lokal hujjatlarni, shuningdek ularni joriy etish tartibiniKasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishib oladi.

51. Xodimlarni mukofotlashMuassasaning mukofotlash to’g`risidagi Nizomiga asosan amalga oshiriladi (2-Ilova).

52. Muassasada oshirilgan miqdordagi mehnat haqi, ustamalar, qo’shimcha to’lovlar va kompensatsiyalarning quyidagi turlari va miqdorlari o’rnatiladi:

- tungi vaqtdagi ish uchun 1,5 baravar haq to’lanadi;

- ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish va bayram kunlaridagi ish uchun - 2 baravar miqdorda haq to’lanadi ;

- bir necha kasbda (lavozimda) ishlaganlik, o’rindoshlik asosida ishlaganlik uchun, xizmat ko’rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi uchun xodimlarning mehnat haqi miqdori mehnat shartnomasi taraflari o’rtasidagi kelishuvga ko’ra xodim lavozim maoshining ______ foizidan kam bo’lmagan miqdorda belgilanadi (160-modda);

- O’zbekiston Respublikasi ichidagi xizmat safarlari uchun to’laniladigan kompensatsiyalar "O’zbekiston Respublikasi bo’ylab xizmat safarlari to’g`risidagi yo’riqnoma”ga (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2003 yil 24 iyulda 83 va ¹7/12 son bilan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2003 yil 29 avgustda 1268 raqam bilan ro’yxatga olingan) hamda O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasiga asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi:

a) yo’l xarajatlari normativ asosida;

b) doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bog`liq xarajatlar;

v) O’zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida sutkalik xarajatlar;

g) xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar.

- O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi xizmat safarlari uchun to’lanadigan kompensatsiyalar (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 19 noyabrda 2730-son bilan ro’yxatga olingan O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2015 yil 19 oktyabrdagi 92-son buyrug`i bilan tasdiqlangan) "Vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari O’zbekiston Respublikasi tashqarisiga xizmat safariga yuborilganda xizmat safari xarajatlari uchun mablag`lar berish tartibi to’g`risidagi Nizom”ga binoan amalga oshiriladi;

- Ish beruvchining roziligi bilan va uning manfaatlari yo’lida xodim o’ziga tegishli mol-mulk (asbob-uskunalar, ashyolar va hokazo)dan (avtotransport vositasidan tashqari) foydalanganda ularning O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 144-moddasida keltirilgan me’yorlar asosida hisoblab chiqilgan amortizatsiyasi doirasida xarajatlar qoplanadi;

- Ish beruvchining taklifiga binoan xodim boshqa joydagi ishga ko’chib borganda uning quyidagi qo’shimcha xarajatlari to’lanadi:

a) ko’chish va mol-mulkni ko’chirib borish bilan bog`liq xarajatlar;

b) yangi joyda o’rnashib olish bilan bog`liq xarajatlar;

v) xodim tomonidan ish beruvchi bilan kelishib qilingan boshqa xarajatlar.

- ish jarayonida zararsizlantirish vositalaridan foydalanganligi uchun xojatxona farroshlarning lavozim maoshlariga 10 foiz miqdorida kompensatsiya.

53. Muassasada amaliyot o’tuvchi oliy o’quv yurtlari talabalarining va o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari o’quvchilarining mehnati uchun haq Kasb-hunar kollejlari o’quvchilarining amaliyoti to’g`risidagi nizomga binoan amalga oshiriladi.

54. Ish beruvchining ko’rsatmasiga binoan ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarish (malaka oshirish, xizmat safarida bo’lish, tibbiy ko’rikdan o’tish, navbatchilik, darslar o’tkazish va boshqa turli tadbirlarda qatnashish) maqsadida xodim o’z asosiy ishidan ozod etiladi.

Agarda yuqorida ko’rsatilgan tadbirlar ish vaqtida o’tkazilsa, bu holda xodimning o’rtacha ish haqi saqlanib qolinadi – mazkur tadbirlar ishdan tashqari vaqtda o’tkazilsa, xodimga sarf qilingan vaqtiga mutanosib qo’shimcha dam olish vaqti beriladi.

Xodim ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarayotganda Muassasa bo’yicha tarif stavkalari va lavozim maoshlari miqdori oshirilsa, u holda xodimga mehnat haqi ana shu davrdagi barcha ish kunlar uchun yangi tarif bo’yicha qayta hisoblab chiqilib to’lanadi.

55. Qishloq xo’jaligi ishlariga jalb etilgan xodimlarga mehnat haqi xar bir ishlagan kuni uchun o’rtacha oylik ish haqidan kam bo’lmagan hisobda amalga oshiriladi.

56. Ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega xodimlar lavozim maoshiga har oyda _____ foiz miqdorida ustamalar to’lanadi.

57. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875 sonli "Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari”gi Qarori bilan belgilab qo’yilgan vazifalarni amalga oshirishga ko’maklashish maqsadida xodimlar farzandlarining chet tillariga o’qitish uchun ish beruvchi hisobidan moddiy ko’mak berish.

VI. MEHNAT INTIZOMI

58. Xodimlar tomonidan mehnat vazifalarining bajarilishi mehnat shartnomalari, tarkibiy bo’linmalar to’g`risidagi nizomlar, mansab yo’riqnomalari, Muassasa Nizomi hamda Ichki mehnat tartibi qoidalariga binoan ta’minlanishini va nazorat qilinishini taraflar o’z zimmasiga oladilar.

Ichki intizomni belgilovchi hujjatlar xodimlarga tanishtirilishi Ish beruvchining majburiyati hisoblanadi. Intizom qoidalari bilan tanishtirilmagan xodimga mazkur qoidalarning buzilishi vaji bilan intizomiy jazo choralari qo’llanilishi mumkin emas.

59. Mehnat intizomini buzganlik uchun intizomiy jazolarni qo’llashga belgilangan muddatlar (Mehnat kodeksining 182-moddasi) o’tib ketgandan keyin yo’l qo’yilmaydi.

60. Intizomiy jazo amal qilib turgan muddat mobaynida (Mehnat kodeksining 183-moddasi) xodimga nisbatan rag`batlantirish choralari qo’llanilmydi.

61. Intizomiy jazo qo’llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim.

62. Ish beruvchi :

a) xodimlarni ishdagi muvofaqqiyatlari uchun tarmoq va davlat mukofotlariga taqdim etishni;

b) xodimlarni mehnatdagi yutuqlari uchun hamda yubiley sanalarida (50, 55, 60 yoshga to’lganda):

- pul mukofotlari bilan;

- tashakkur e’lon qilish bilan;

- qimmatbaho sovg`alar bilan;

taqdim etish yo’li bilan rag`batlantirishni o’z zimmasiga oladi.

VII. MEHNAT ShARTNOMASI TARAFLARINING MODDIY JAVOBGARLIGI

63. Ish beruvchi quyidagi hollarda bir yo’la beriladigan nafaqa to’laydi:

a) xodimning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog`liq holda vafot etishi munosabati bilan uning olti yillik o’rtacha ish haqi miqdorida;

b) xodimning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog`liq holda sog`ligiga shikast yetkazilganligi munosabati bilan uning bir yillik o’rtacha ish haqi miqdorida;

64. Ish beruvchi zarar yetkazilgan chog`dagi aniq holatlarni hisobga olib, aybdor xodimdan zararni undirishdan qisman yoki to’liq voz kechishga haqli. Bunday holda yetkazilgan zarar Muassasa foydasi hisobidan qoplanadi.

65. Bevosita pul yoki tovar qimmatliklari bilan muomala qilayotgan xodimlar maxsus yozma shartnoma asosida ularga ishonib topshirilgan qimmatliklarning saqlanishini ta’minlamaganligi uchun to’liq moddiy javobgar bo’ladilar. To’liq moddiy javobgarlik haqida shartnoma tuzilishi lozim bo’lgan xodimlarning toifalari ro’yxati 3-Ilovada keltirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2012 yil 14 fevralda 2326-son bilan ro’yxatga olingan "Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarida qonun hujjatlarining turkumlashtirilgan hisobini yuritish qoidalari”ga binoan bunday organlarning yuridik xizmat xodimi (yuriskonsulti) bilan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2015 yil 22 iyunda 2687-raqam bilan ro’yxatga olingan "Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”ga binoan kassir (g`aznachi) bilan to’liq moddiy javobgarlik to’g`risida shartnoma tuzilishi shart.

66. Bevosita pul yoki tovar boyliklari bilan muomala qiluvchi xodimlar tomonidan ishlar birgalikda bajariladigan va bunda jamoa (brigada) moddiy javobgarligi joriy etiladigan bo’linmalarning ro’yxati 4-Ilovada keltirilgan.

VIII. MEHNATNI MUHOFAZA QILISh

Ish beruvchining majburiyatlari

Ish beruvchi:

67. Mehnatni muhofaza qilish bo’yicha (shartnoma muddatida, har yili) 2016 yilga___________ming (mln.) so’m mablag`ni:

- mehnat muhofazasi bo’yicha bitim (mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining oldini olish sanitariya-sog`lomlashtirish tadbirlari)ga __________ ming(mln.) so’m,

- maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari uchun ____________ ming(mln.) so’m,

- sut yoki unga tenglashtirilgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari uchun ____________ ming(mln.) so’m,

- gigiyena vositalari (yuvish vositalari yoki sovun) uchun ____________ ming(mln.) so’m sex (bo’lim), uchastka va ishlab chiqarishlar bo’yicha taqsimlab chiqqan holda ajratish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.

Barcha rejalashtirilgan va ajratishga kelishilgan mablag`lar miqdori jamoa shartnomasining amal qilish muddati davomida eng kam ish haqi miqdorining oshirib borilishiga mutanosib ravishda oshirib boriladi.

68. Mehnat muhofazasi bo’yicha bitim (kalendar yil uchun tuziladi) jamoa shartnomasiga ilova qilinadi (5-Ilova).

69. Mehnat xavfsizligi standartlariga qat’iy va aniq amal qilish ustidan nazoratni olib borish muassasaning mehnat muhofazasi xizmati yoki rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.

70. O’tgan yilda ishlab chiqarishdagi shikastlanish va kasb kasalliklari holati yilning birinchi fevraligacha tahlil qilib chiqiladi, mehnat muhofazasini yaxshilash rejasi va sanitariya-sog`lomlashtirish tadbirlarining bajarilishiga yakun yasaladi (muassasada baxtsiz xodisa yuz bergan bo’lsa).

71. Mehnat muhofazasi burchagini tashkil etadi hamda targ`ibot-tashviqot vositalari, plakatlar va boshqa anjomlarni sotib oladi.

72. Muassasani qish mavsumida ishlashga tayyorlash bilan bog`liq barcha tadbirlarni 1 oktyabrgacha bajaradi.

73. Sanitariya-maishiy xonalarning uzluksiz ishlashini va ularning tegishli holatda saqlanishini ta’minlaydi.

74. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 24 iyundagi 177-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug`o’rta qilish qoidalari” talablariga muvofiq xodimlarini ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalar va kasb kasalliklaridan sug`o’rta qiladi.

75. Har besh yilda kamida bir marta mehnat sharoitlariga baho berishning O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan O’zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996 yil 28 mayda 247-son bilan ro’yxatga olingan "Mehnat sharoitlarini baholash va mehnat sharoitlari bo’yicha ish o’rinlarini shahodatdan o’tkazish” uslubiyoti asosida ish o’rinlarini mehnat sharoitlari bo’yicha shahodat (attestatsiya)dan o’tkazadi.

76. Mehnat kodeksining 217-moddasiga ko’ra maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan bepul ta’minlanish huquqini beradigan ishlarda ishlovchi xodimlarni jamoa shartnomasining6-Ilovasida belgilangan ro’yxatga muvofiq, belgilangan muddatlarda maxsus kiyim va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlaydi.

77. Mehnat kodeksining 117-moddasiga muvofiq noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band bo’lgan xodimlarga ish vaqtining qisqartirilgan muddatini belgilash hamda 137, 138-moddalariga muvofiq mehnat sharoitlari noqulay va o’ziga xos bo’lgan ishlar uchun yillik qo’shimcha ta’til berish 7-Ilovaga muvofiq amalga oshiriladi (ish o’rinlari mehnat sharoitlari bo’yicha shahodatdan o’tkazilganda).

78.Mehnat Kodeksining 217-moddasiga muvofiq sut (yoki shunga tenglashtirilgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari)ni xodimlarga bepul berish 8-Ilovaga muvofiq amalga oshiriladi (ish o’rinlari mehnat sharoitlari bo’yicha shahodatdan o’tkazilganda).

79. Mehnat Kodeksining 217-moddasiga muvofiq mehnat sharoiti noqulay, zararli va ifloslanishlar bilan bog`liq ishlarda mehnat qiluvchilarga har oyda sovun, gigiyena vositalari bilan bepul ta’minlash hamda ularni bepul olish huquqini beradigan kasb va lavozimlar ro’yxatini tuzish va ta’minlash 9-Ilovaga muvofiq amalga oshiriladi (ish o’rinlari mehnat sharoitlari bo’yicha shahodatdan o’tkazilganda).

80. Mehnat kodeksining 214-moddasiga ko’ra unda ko’rsatib o’tilgan xodimlarning, Sog`liqni saqlash vazirligining 2012 yil 10 iyuldagi 200-sonli buyrug`i bilan belgilangan tartibda dastlabki tarzda va keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tkazilishini xodimlarning chiqimdor bo’lmagan holda tashkil qilinishini 10-Ilovaga muvofiq ta’minlaydi.

81. Xodimlarni mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitish hamda bilimlarini tekshirish to’g`risidagi namunaviy Nizom (O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1996 yil 14 avgustda 272-raqam bilan ro’yxatga olingan) talablariga binoan xodimlarni mehnat muhofazasi bo’yicha o’qitadi hamda bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etadi.

82.

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish