(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Azimova Vazira Oqiljonovna

Azimova Vazira Oqiljonovna

  • 30-09-2015, 16:24
  • rustam
  •  
  • 2429
  •  
  •  

Azimova Vazira Oqiljonovna Azimova Vazira Oqiljonovna 2005-yildan buyon xalq talimi sohasida, 2013-yildan Navoiy shahridagi 11-davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabida ingliz tili fani oqituvchi vazifasida faoliyat korsatib kelmoqda. Kop yillik mehnati davomida oquvchilarga bilim berish borasida yangi pedagogik texnologiyalaridan foydalangan holda bor bilimi va qobiliyatini ishga soldi. Oqituvchi oz fanini sevadi. Darslarni zamon talabiga mos uslublardan foydalanib otadi. Uning oquvchilari olimpiadalarda muntazam ishtirok etib, faxrli orinlarni egalladi.  
  2015-yil oquvchilari "Ingliz tili bilimdonlari korik-tanlovining Respublika bosqichida 3 orinni egalladi.
  2015-yil "Yilning eng yaxshi ingliz tili fani oqituvchisi korik-tanlovining viloyat bosqichida 1-orinni egallab, Respublika bosqichida faol ishtirok etdi va CEFR tizimida C1+ darajasini olib, Londonda malaka oshirish imtiyozini qolga kiritdi. Shuningdek, Buyuk Britaniyaning xalqaro IELTS test sinovlaridan 7 darajani egallashidan tashqari Navoiy viloyatida xalq talimi tizimidagi ingliz tili  fani oqituvchilarining treneri vazifasida samarali faoliyat korsatmoqda.
   Davlat test markazi tomonidan otkazilgan test sinovlaridan muvafaqqiyatli otib, oylik maoshiga ustama olish imtiyozini qolga kiritdi. Kasbiga sadoqat bilan yondashgan o`qituvchi kelajak egalari bolgan barkamol avlodga bilim berib, ularni tarbiyalashdek muhim vazifani sidqidildan ado etib, Vatanimiz ravnaqining rivojlanishida hissa qoshmoqda.
  Hozirgi kunda bir qancha oquvchilari Toshkent Vest minstr universiteti, Jahon tillari universiteti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Samarqand chet tillar instituti, Buxoro Davlat Universitetida va boshqa talim dargohlarida tahsil olmoqdalar.
  U kamtar, mehnatsevar, dono, zukko xodim sifatida jamoada hurmat-etiborga ega. Ish faoliyati davomida fidoyiligi, ishbilarmonligi, kasbdoshlari va ota-onalar oldida yuksak hurmat hamda obroga ega bolganligi, shogirdlar mehrini qozona olganligi uchun jamoada oz munosib orniga ega. Oz sohasining bilimdoni bolgan bu oqituvchi maktab, shahar va viloyat miqyosida ingliz tili fanini oqitishning ilg`or pedagogik texnologiyasi usullaridan foydalanib ochiq darslar otib kelmoqda.
  Ta`lim taraqqiyotiga qo`shgan xizmatlari uchun 2015-yil 1-oktyabr "O`qituvchi va murabbiyar kuni bayrami munosabati bilan "O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi a`lochisi ko`krak-nishoni bilan taqdirlandi. 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish