(+99879) 224-01-21 Maktab ma`muriyati
» » » Djumaniyazova Gulnora Erkinovna

Djumaniyazova Gulnora Erkinovna

  • 13-05-2014, 22:27
  • admin1
  •  
  • 2794
  •  
  •  
Djumaniyazova Gulnora Erkinovna

Xalq talimi alochisi, mohir va tashabbuskor tashkilotchi Gulnora Djumaniyazova Talim tog`risidagi qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004-2009 yillarga moljallangan Maktab talimini rivojlantirish umummilliy dasturi talablarini amaliyotga tadbiq etish borasida jon kuydirib kelayotgan marifatimiz fidoyilaridan. U istedodli rahbar sifatida jamoani mohirona boshqarib, bir qator ijobiy natijalarni qolga kiritib kelayotir. Jumladan, 2005-2006 oquv yili ilm maskani huzurida Iqtidorli bolalar maktabi tashkil etilgan bolsa, 2008 yili maktab rasman Davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim maktabi maqomiga ega boldi. Keyingi besh yil ichida maktab jamoasi monitoring tahlillariga kora shahar, viloyat miqyosida birinchi orinni egallab kelmoqda. 2006 yildan maktab viloyat miqyosida Iqtidorli bolalar bilan ishlash boyicha, 2009 yildan Yangi pedagogik texnologiyalarni talimga joriy etish yonalishi hamda Tarix va huquqshunoslik fanlari boyicha shahar miqyosida tayanch maktabi sifatida ibratli faoliyat yuritib kelmoqda.

Gulnora Djumaniyazovaning ijodiy izlanishlari samarasi olaroq, maktabda 2006 yili Yangi tahrirdagi DTS va modernizatsiya qilingan uquv dasturlari tajriba-sinoviga bag`ishlangan, 2007 yili Uzluksiz metodik xizmat korsatish tizimini takomillashtirish istiqbollari mavzusida, 2008 yilda Tabiiy fanlarni oqitishda oquv-laboratoriya jihozlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yollari mavzularida ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarda direktor rahbarligida ishlab chiqilgan kimyo, biologiya, fizika, geografiya fanlarlaridan Amaliy mashg`ulotlar va laboratoriyalar daftari, MSNI daftarlarining loyihalari taqdimoti namoyish etilib, ularni amaliyotga tatbiq etish uchun Respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etildi.

Maktab oquvchilari Respublika va xalqaro miqyosda otkazilayotgan turli tadbirlarda, fan olimpiadalarining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Jumladan, Umid Azimov 2005-2006 oquv yilida matematika fanidan fan olimpiadalarining Respublika bosqichida matematika fanidan 2-orinni egallab, Sloveniyada bolib otgan xalqaro olimpiadada ishtirok etdi. Shu oquv yilida Olmas Hamroyev iqtisod fanidan fan olimpiadalarining Respublika bosqichida qatnashdi.

2006-2007 oquv yilida Ozod Zoirov matematika fanidan Vetnamda bolib otgan xalqaro olimpiadada bronza medalini qolga kiritdi. Yunus Sherov iqtisod fani boyicha fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1-orinni egalladi. 

2008-yil bitiruvchisi Nasrullayev Komiljon 2013-yil talabalar o`rtasida matematika fanidan o`tkazilgan Xalqaro olimpiada 2-o`rin sovrindori.

2010-yil maktab bitiruvchilaridan 2013-yil fan olimpiadasining Respublika bosqichi sovrindorlari:
- Hamidov Doston tarix fani 3-o`rin (muddatidan oldin Toshkent Davlat yuridik Universiteti talabasi)
- Sharopova Sitora o`zbek tili fani 2-o`rin  (muddatidan oldin O`zbekiston Milliy Universiteti talabasi)

Farangiz Boboyeva Notiqlik sanati korik-tanlovining Respublika bosqichida 1-orin sohibi boldi. Dilafruz Bahriddinova Respublika Kamalak bolalar tashkiloti tomonidan otkazilgan Sardor-2007 korik-tanlovining Eng tashkilotchi sardor nominatsiyasi g`olibi boldi.
Shohruh Nuriddinov sportning Armrestling turi buyicha Osiyo chempionatining sovrindori, Respublika chempioni, sport ustasi, Odiljon Olimov esa sportning shu turi boyicha respublika chompionatining 1-orin sohibi, Respublika chempioni bolishdi.
 
2007-2008 oquv yilida Temur Temirov nemis tili, Bobir Jalilov kimyo fanlaridan fan olimpiadalarining Respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Shu yili Xurshid Boboqulov Kelajak ovozi Respublika yoshlar tanlovining Ijtimoiy loyiha va biznes reja nominatsiyasi boyicha g`oliblikni qolga kiritdi.
 
2008-2009 oquv yili fan olimpiadalarining viloyat bosqichida maktab oquvchilaridan 13 nafari muvaffaqiyatli ishtirok etgan bolsa, 2009-2010 yili shu sinovda katnashgan 24 nafar oquvchidan 16 nafari fahrli 1, 2, 3 orinlarni egallashdi.

Maktab oqituvchilari Respublika miqyosida otkazilib kelinayotgan turli tadbirlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

2005-2006 oquv yilida Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi korik-tanlovining Respublika bosqichida ikki nafar oqituvchi qatnashib, Zilola Roziyeva rus tili fanidan ikkinchi, Dilrabo Nazarova esa Milliy g`oya va manaviyat asoslari fanidan birinchi orinni egallashdi.
 
2006-2007 oquv yilida esa nemis tili fani oqituvchisi Fotima Boronova, matematika fani oqituvchisi Dilrabo Bozorovalar Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi korik-tanlovining viloyat bosqichida sovrinli orinlarni egallashdi.
 
2007-2008 oquv yilida maktabning uch nafar oqituvchisi mazkur tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, ona tili va adabiyoti fani oqituvchisi Shalola Hamidova 2-orinni egalladi. Shu yili maktab Yil maktabi - 2007 korik-tanlovining Respublika bosqichida 2-orinni egalladi.
 
2008 yili Maktab talimini rivojlantirish Konsepsiyasi yaratilib, viloyat miqyosida ommalashtirildi. Shu yili tarix va huquq fani oqituvchisi Fozil Boriyev Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi korik-tanlovining Respublika bosqichida 2-orinni, Respublika miqyosida otkazilgan pedagogik oqishda XXI asrga munosib talim maruzasi bilan ishtirok etib, 1-orinni egallashga muvaffaq boldi. Maktab Ijdoy muhitni rivojlantirish oquv yili munosabati bilan Eng namunali maktab nominatsiyasining 1-darajali diplomiga ega buldi.

2009 yil sodir etilayotgan huquqbuzarliklarga qarshi kurashda munosib hissasini qoshgani uchun Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasining "Faxriy yorlig`i" bilan mukofotlanib, ham manaviy, ham moddiy rag`batlantirildi.

2009-2010 oquv yilida orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalari va umumiy orta talim maktablari ortasida otkazilgan 3-bosqich fan olimpiadasida umumjamoa hisobida 1-orinni egallaganligi uchun maktab Navoiy viloyati xalq talimi boshqarmasi tomonidan I darajali diplom bilan taqdirlandi.
 
2010 yilda jamiyatimizda ijtimoiy va manaviy muhitni yanada sog`lomlashtirish, yoshlarimizni har tomonlama sog`lom va barkamol etib tarbiyalash, hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini taminlaydigan manaviyat qorg`oni bolmish oilani mustahkamlash, sog`lom muhitni shakllantirish, yoshlar ortasida har qanday salbiy oqibatlar, g`oyalar kelib chiqishining oldini olish hamda "Oila sog`lomligi - mamlakat barqarorligi oyligi davomida yoshlar ortasida otkazilgan tanlovda faol ishtirok etib, maktab jamoasi Navoiy shahar hokimligi tomonidan Oliy darajali diplom bilan taqdirlandi.

2009-2010 oquv yilida maktab oqituvchilarining 4 nafari - Hasanova Dilfuza rus tili, Joliyev Hojiakbar tarix, Nadjabova Feruza ingliz tili, Boltayeva Muqaddam boshlangich talim fanlari boyicha Yilning eng yaxshi fan oqituvchisi korik-tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib, boshlang`ich talim oqituvchisi Boltayeva Muqaddam faxrli II orin, tarix fani oqituvchisi Joliyev Hojiakbar III orin sohibi bolishdi. Maktab hayotiga daxldor bu kabi salmoqli yutuqlar juda kop va yuqorida ularning ayrimlari tilga olindi. Tabiiyki, bu yutuqlarga erishilishida maktab direktorining tashkilotchilik mahorati yana bir bora kozga tashlanadi.

Maktab oquvchilarining fanlarni ozlashtirish darajalari 2009-2010 oquv yilining birinchi yarim yilligi natijalariga kora monitoring tahlillari otkazilganda, samaradorlik 93,6 foizni tashkil etdi.

Gulnora Djumaniyazova jamoat ishlarida ham faol ishtirok etadi. Ozi istiqomat qilayotgan Turon mahallasining faoli sifatida mahallaning obodonchiligi, oilalarning tinch va osoyishtaligi uchun hamisha jon kuydiradi. Viloyatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etadi.
 
Gulnora Djumaniyazova ozining shirinsoz va mehribonligi, ishbilarmonligi, oz tajribalarini yosh mutaxassislarga sidqidildan orgatishi, nafaqat maktab, balki shahar, viloyatning turli hududlaridagi talim muassasalarida faoliyat yuritayotgan hamkasblarini organishdan erinmasligi kabi fazilatlari bilan kopchilik ortasida hurmat-etibor topgan.

Maktab "Yil maktabi-2007 ko`rik-tanlovining Respublika bosqichi II o`rin sovrindori.

Djumaniyazova Gulnora Erkinovna rahbarligidagi maktab reyting ko`rsatkichlariga ko`ra Respublikada (9447 ta maktab o`rtasida) 2011-yilda I o`rin, 2012-yilda I o`rin, 2013-yilda ham Respublika miqyosida I o`rinni egallab kelmoqda.

"Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi ko`rik-tanlovining Respublika bosqichi sovrindorlari:
- 2011-yil G`ulomov Ulug`bek  (informatika, 3-o`rin) 
- 2012-yil Abdiyev Rustam (geografiya,  1-o`rin) 
- 2013-yil Jumayev Samar (fizika, 1-o`rin)
- 2013-yil Salohiddinova Shoira (tarix, 3-o`rin)
 
 

Maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing.



Ma`lumot
Mehmon guruhida bo`lgan Foydalanuvchilar ushbu maqolaga sharh qoldira olishmaydi.

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish